Guruhiy munosabatlarni qaror toptirishga qaratilgan treninglarning samaradorligi
O’smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat- voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, shaxslararo munosabatda, o’zini anglashda va xulq-atvorning tashqi shakllarida o’z ifodasini topadi.
Korreksion dasturning maqsadi:
O’smirlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yosh hususiyatlari bilan bog’liq inqirozlardan muvafaqiyatli o’tishga ko’maklashish, turli metod va psixogimnastik mashqlar orqali ular uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, o’smirlarda kechuvchi psixologik fiziologik o’zgarishlar davriga o’zini anglashga yordam berish va o’z hatti harakatlarni nazorat qila olishga o’rgatish, muloqotchanlik hususiyatlarini to’gri yo’naltirish kabi qator maqsadlarni o’z oldiga qo’ygan.
Korreksion dasturning vazifalari:
O’zini bilishga intilishi, o’z ichki dunyosiga kira olish va unda mo’ljal olishni shakllantirish uchun sharoit yaratish
Ishtirokchilarning his- tuyg’ular haqidagi bilimlarini kengaytirish, o’z tuyg’ularini va emotsional reaksiyalarini boshqarishni shakllantirish
Muloqot qilish qoidalarini, o’z fikrini bayon qilishni, ma’lum qarorga kelish va boshqalarni tushunish ko’nikmalarini shakllantirish
O’z hayotiy imkoniyatlarni, yo’lini maqsadlarini va ularni egallashni anglashga ko’maklashish.
Korreksion dastur obyekti: 9-sinf o’quvchilari
Ishtirokchilar soni: 30 ta
DIAGNOSTIK QISM
Qo’llaniladigan metodlar:
Shaxslar aro munosabatlar interpersonal tashxisning modifikatsiyalashtirilgan varinatiga doir metodikalar:
“T.Liri-Sobchik” testi
“Oila rasmi”metodikasi
Dostları ilə paylaş: |