O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
16.3.2. Aralash dars 
 
Umum ta’lim maktablarida eng keng tarqalgan dars turi. Aralash darslarda bir 
necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi va ularda o’quv jarayonini barcha 
qismlari mavjud: yangi bilimlarni o’zlashtirish; olingan bilimlarni tahlil qilish va 
fikrlash; olingan bilimlarni mustahkamlash; olingan bilimlarni esda saqlab qolish; 
o’zlashtrilgan bilimlarni qo’llash. 
Mazkur darslarda quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi: yangi mavzuni 
o’rganish; geografik ko’nikmalarni shakillantirish; olingan bilim va ko’nikmalarni 
tekshirish. 
Aralash dars quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashkiliy qism. Ushbu qismda 
yo’qlama qilinadi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi ya’ni o’quv qurollari bor 
yo’qligi aniqlanadi; uyga berilgan vazifa tekshiriladi; yangi darsni maqsad va 
vazifalari tushuntiriladi, oldingi dars bilan yangi mavzu o’rtasida bog’liqlik 
aniqlanadi va tushuntiriladi; yangi mavzu o’rganiladi va umumlashtiriladi; olingan 
bilimlar mustahkamlanadi va darsda o’quvchilar faoliyati tekshiriladi; uyga azifa 
beriladi va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. ( I.V. Dushina, 1985). 
Aralash darsning har bir tarkibiy qismidagi maqsadlarini amalga oshirish 
uchun alohida o’ziga xos metodlar tanlanadi, o’qituvchi va o’quvchilar birgalikda 
faoliyatini shakillari ishlab chiqiladi. Ammo shuni ham aytish mumkinki aralash 
darsni muntazam ravishda bir xil qolipda o’tishi o’quvchilarni darsga 
qiziquvchanligini va diqqatini pasaytirib yuboradi hamda ularni zeriktirib qo’yadi. 
Shuning uchun aralash darsni tarkibini, metodlari va faoliyat shakillarini tez-tez 
almashtirib turish lozim bo’ladi. 
Aralash dars quyidagi hollarda o’tkaziladi: yirik ko’p soatlarga mo’ljallangan 
mavzularni o’rganishda; o’tkaziladigan mavzu oldin o’tilgandars mazmuni bilan 
bog’langan bo’lsa. 
Agar aralash dars mavzusi oldingi o’tilgan dars bilan bog’langan bo’lsa, darsni 
o’quvchilar o’tgan darsdla o’zlashtirilgan bilimlarni tekshirish va aholashdan 
boshlanadi. Bunday hollarda uyga vazifa yangi mavzuni o’tishdan oldin yoki 
o’zlashttirilgan bilimlarni mustahkamlashdan oldin beriladi. Uyga vazifa berilganda 
uni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmalar aniq va tushunarli bo’lishi lozim. 
Aralash darsda berilgan materialni mustahkamlashda o’quvchilar o’zlashtirishi 
lozim bo’lgan eng muhim bilim va ko’nikmalar ajratilmog’i lozim. 


180 
Masalan, 5-sinf darsidagi Olam va Yer bo’limini o’rganayotganda koinot, 
yulduzlar, gallaktika, Quyosh, Quyosh tizimi sayyoralar, yo’ldoshlar, meteoritlar 
tushunchalarini yaxshi o’zlashtirilishiga katta e’tibor beriladi. 
Hozirgi paytda geografiya ta’limi mazmunida nazariy bilimlar miqiyosini ortib 
borishini 
xisobga 
olib 
bilimlarni 
mustahkamlashni 
yangi 
mavzuni 
tushuntirayotganda amalga oshirish mumkin. masalan, tog’ jinslari mavzusini 
o’tishda magmatik, cho’qindi va metmorfik tog’ jinslarini xosil bo’lishi va 
tarqalishini tushuntirish davomida mazkur bilim va ko’nikmalarni birdaniga 
mustahkamlab va umumlashtirib ketish mumkin. 
Bunda o’quv materiali ma’lum bir mantiqiy qismlarga bo’linadi va har bir 
mantiqiy qism bo’yicha bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi va umumlashtiriladi. 
Masalan, magmatik tog’ jinslarini tushuntirgandan so’ng olingan bilimlar birdaniga 
mustahkamlab ketish mumkin. Bunda magmatik tog’ jinslarini xosil bo’lishi, turlari 
(intruziv, effiziv) va ularni xosaalariga urg’u beriladi. 
Demak, aralash darsni tarkibiy qismlari qotib qolgan narsa emas, uni doimo 
o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Ba’zi xollarda avval yangi mavzuni o’tib, so’ngra 
uyga berilgan vazifani tekshirish mumkin, ayrim hollarda darsni uyga vazifa berish 
bilan ham boshlash mumkin. 
Aralash darsni 5-sinfda “Yer qobiqlari” 6-sinfda har bir materik va okeanni 
tabiiy sharoitini, 9-sinfda materiklar yoki ayrim mintaqalarning iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiyasini o’tishda qo’llash mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin