192
Maxsus iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalarida xo’jalikni ayrim
tarmoqlari aloxida chuqur va xar tomonlama o’rganiladi. Masalan, joyning miniral
resurslari; suv resurslari; ishlab chiqarish korxonalari va h.k
Mazkur o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilarda sanoat va qishloq
xo’jaligi xaqida chuqur bilim va ko’nikmalar shakilantiriladi.
Sanoat korxonalarini quyidagi tortibda o’rganish mumkin:
1. Korxonaning
barpo etilish vaqti, sabablari, rivojlanishning asosiy
bosqichlari.
2 Korxonaning iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy obyektlarga nisbatan
joylashishi (joy relyefi,
suv xavzalari, o’rmonlar, foydali qazilma konlari va h.k);
transport yo’llariga, boshqa aholi manzilgoxlariga va yirik xo’jalik obyektlariga
nisbatan joylashishi.
3. Korxonani qaysi vazirlikka bo’yso’nishi: tuzilishi; texnologik jarayonini
o’ziga
xos xususiyati; texnologik jihatdan qurollanganligi va avtomatlashtirish
darajasi; korxonani ishlab chiqarish aloqalari; fan texnika yutuqlarini qo’llanilishi.
4.Korxonani ixtisoslashuvi va uni asoslash; mahsulot turlari;
foydalanilgan
xom-ashyo, yoqilg’i va materiallar turlari va ularni tejash; elektro texnika
ta’minoti; chiqindilardan foydalanish.
5.Korxonadagi ishchilar soni va ularni mehnat kategoriyalari,
kasblar va
malakalar bo’yicha tarkibi; ishchilarni ma’lumotlik darajasi; mehnat va hayot
sharoiti va ularni yaxshilash choralari.
6.Mehnat unumdorligi o’sishi; mahsulot sifatini oshirish va tannarxni
pasaytirish.
7.Korxonani rivojlantirish yilliklari.
Qishloq xo’jalik korxonalari quyidagi tartibda qrganiladi:
1. Qishloq xo’jalik korxonasining (fermer xo’jaligi) vujudga kelish vaqti va
sabablari. Tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari.
Tabiiy va iqtisodiy
obyektlarga nisbatan geografik joylashishi; suv ayirg’ichda, vodiyda, botiqda,
terassada, yoyilmada joylashishi; yo’llarga (asosiy, ikkinchi darajli, temir yo’llar
va h.k.) va axoli punktilariga nisbatan joylanishi.
2. Qishloq xo’jaligi korxonasining o’lchamlari:
ekin maydoni, axolisi va
uning zichligi (1m
2
ga)
3. Fermer xo’jaligining yer fondi, ularning o’lchamlari va turlari.
Foydalanilayotgan yerlar; yaxshilangan yerlar (sug’orilish, qurilish, sho’r
yuvish, jarlarni tekislash).
4. Fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi (don, sabzavot,
texnika ekinlari,
bog’dorchilik, uzumchilik).
5. CHorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaligi: ixtisoslashuvi
(qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik va h.k). yem-
xashak ta’migoti.
Dostları ilə paylaş: