O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’quvchtlar bilimlarini tekshirish va cisobga olish darslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

O’quvchtlar bilimlarini tekshirish va cisobga olish darslari.
Yirik 
mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng mazkur darslar o’tkaziladi. Bunday darslar 
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: dars maqsadi va vazifasini qo’yish; bilimlarni 
tekgshirish va xisobga olishni shakllari va usullari haqida o’quvchilarga 
ma’lumotlar yoki ko’rsatmalar berish; baholash mezonlarini e’lon qilish. 
Mazkur darslarni quyidagi mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng uyushtirish 
mumkin: Yer qobiqlari (5-sinf); har bir materik tabiiy sharoiti; har bir minitaqaning
iqtisodiy geografik sharoiti va h.k. 
16.4. Ekskursiya – geografiyani o’qitishning muhim shakli 
Geograf
ik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv 
dasturiga muvofiq, o’qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muxit yoki 
sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog’liq holda 
o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan o’quv-tarbiya 
jarayonining muhim shakli sanaladi. 
O’quv ekskursiyalari umuma’lim maktablari ta’limiy–tarbiyaviy
ishlarda katta o’rin tutadi.O’quv ekskursiyalarida yil davomida olingan bilimlar 
mustaxkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish 
ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Ekskursiyaning turlari. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko’ra, bir 
soatlik, bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin.
Bir soatga mo’ljallangan ekskursiya – geografiya maydonchasida yoki o’quv 
tajriba yer maydonchasida o’tkaziladi.
Bir kunga mo’ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, 
fermer xo’jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog’iga, suv omboriga


186 
uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo’lim mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Ko’p kunlik ekskursiya – o’quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, 
bunga tarix, geografiya, biologiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim 
fani o’qituvchilari bilan birgalikda o’tkaziladi. Ko’p kunlik ekskursiya – rejasini 
pedagogik kengashda tasdiqlanadi. 
O’quv ekskursiyalari maktablarda bahorda va kuzda o’tkaziladi. 
Ularning asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi. 
O’quv ekskursiyalarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va
ko’nikmalarni yanada mustaxkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda 
kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir. 
Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan xolda o’quv ekskursiyalarning 
asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 
1. Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni 
yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik 
ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantirish. 
2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy
sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini) aniqlash va 
ularga qarab mo’ljal olish ko’nikmalarini shakllantirish; 
3. Joyning relyefini o’rganish va relyef to’g’risidagi bilimlar va ko’nikmalarni 
yanada chuqurlashtirish xamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini 
o’rganish ko’nikmalari shakillantirilishi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi 
omillarni ham o’rganish usullari bilan tanishtiradi. 
4. Joyning geologik tuzilishini o’rganish metodikasi bilan tanishtirish. 
5. Ob-havoni kuzatish vva suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini 
shakillantirish. O’quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim. 
6. Joyning tuproq qoplamini o’rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash 
ko’nikmalarini shakillantirish 
7. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish usuli bilan tanishtirish. O’simliklarni 
qavatlarga (yaruslarga) bo’lib o’rganish ko’nikmasini shakillantirish. 
8. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. 
9. Landshaftlarniajratish ko’nikmalarini shakllantirish. 
10. Korxonani o’rganish ko’nikmasini shakllantirish. 
Demak, mazkur vazifani bajarish davomida o’quvchilarning olgan geografik 
bilimlari va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi, ularda tabiatni va tabiiy geografik 
jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va ko’nikmalariga ega bo’ladilar. 
Bu esa keyingi sinflardagi geografik bilimlarni o’zlashtirishda juda katta zamin 
yaratadi. 
O’quv ekskursiyalari tabiiy geografiya kurslari (V-VII sinflar) bo’yicha 4-
marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1-marta ishlab 
chiqarish korxonasiga uyushtiriladi. 
O’quv ekskursiyalari quyidagi turlarga bo’linadi: 
- tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari; 
- iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari; 
- o’lkashunoslik o’quv ekskursiyalari; 


187 
- maxsus o’quv ekskursiyalari (geografik, beogeografik, meteorologik va h.k). 
O’quv ekskursiyalari turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi 
tanlaydi. 
Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarining asosiy maqsadi o’quvchilarni 
maktabda 
olgan 
bilim 
va 
ko’nikmalarini yanada mustaxkamlashdir.
Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar ishlab chiqarish 
jarayonini o’rganishadi va sanoat geografiyasi xaqida bilim va ko’nikmalari 
kengaytiriladi. 
O’lkashunoslik bo’yichao’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar o’lkani 
tabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o’rganishadi va
tegishli ma’lumotlar yig’iladi. 
Maxsus geografik sayoxatlar o’qituvchini dasturiga binoan olib boriladi. Ular 
ko’pincha joyning geologik sharoitini va foydali qazilmalarini, tuprog’i, o’simligi 
va hayvonot dunyosini yoki ko’nikmalarini o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi. 
O’quv ekskursiyalariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo’linadi: nazariy; amaliy; tashkiliy. 
Nazariy tayyorgarlik jarayonida o’quv ekskursiyaida amalga oshiriladigan 
ishlar xususiyati va turiga ko’ra o’quvchilarni bilimlari mustaxkamlanadi. Tabiatga 
uyushtiriladigan ekskursiyalarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy 
geografik bilimlar mustaxkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, 
atmosfera, biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustaxkamlanadi. 
Amaliy tayyorgarlik bosqichida o’quvchilarga ekskursiya davomida zarur 
bo’ladigan ish usullari haqida bilim va ko’nikmalar shakllantiriladi. Agar agar 
o’quv ekskursiya daryo vodiysi bo’ylab o’tkaziladigan bo’lsa daryoni ko’ndalang 
kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. 
Agar o’quv ekskursiyaida reja olish ko’zda tutilgan bo’lsa turlari bo’yicha amaliy 
ko’nikmalar shakillangan bo’lmog’i lozim. 
Tashkiliy tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat: 
- o’qituvchi ekskursiyani mavzusini e’lon qiladi. Mavzu tabiiy geografik yoki 
iqtisodiy geografik bo’lishi mumkin. Masalan, qishloqda suv xavzalarini 
o’rganish, maktab atrofidagi o’simliklarni o’rganish, ishlab chiqarish korxonasini 
o’rganish; 
-o’qituvchi ekskursiyani maqsadi va rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
O’quv ekskursiyaining maqsadini o’qituvchi aniqlaydi. Uning maqsadi 
o’quvchilarga topografik xaritalar bilan joyd ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
O’quv ekskursiyaini rejasi bilan o’quvchilarni tanishtirish. Rejada yo’nalish, 
to’xtash joylari ko’rsatilgan bo’lishi lozim; 
-sinf ma’lum bir guruxga bo’linadi; har bir guruxda 5-6tadan o’quvchi 
bo’lishi lozim. Xar bir guruxni raxbari tayinlanadi. Xar bir guruxni vazifalari 
tushuntiriladi; 
- o’quvchilar qanday kiyim kiyishi, nimalarni o’zlari bilan olib borishini va 
ekskursiyada o’zlarini qanday tutishlarini va xavfsizlik muxofazasi qoidalariga 
roya qilishlari xaqia ko’rsatma beriladi. 
O’qituvchi ekskursiyani maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan xolda 
jihozlar, priborlar va anjomlar ro’yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O’quv 


188 
ekskursiyalarida quyidagi jihoz asboblar va uskunalar lozim bo’lishi mumkin: 
kompas, termometr, reyka, arqon, xarita, barometr, tuproq parmasi (bur) va h.k. 
O’quv ekskursiyalarini quyidagi xollarda o’tkazish mumkin: yangi mavzuni 
o’rganishdan oldin; qator mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng. 
O’quv ekskursiyalarini muvoffaqiyatli o’tkazish ekskursiya o’tkaziladigan 
joyni tanlashga bog’lik. Agar ekskursiyani mavzusi relyef shakllarini o’rganishga 
bag’ishlangan bo’lsa iloji boricha relьelefi xilma xil bo’lgan joy tanlanishi lozim. 
Tog’ jinslariga bag’ishlangan ekskursiyalarni o’tkazishda geologik ochilmalar 
mavjud bo’lgan joylar tanlanadi. 
O’quv ekskursiyalari o’tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim: 
- tanlangan joy o’quv mavzulari va o’quv o’lkashunoslik maqsadi va 
vazifalariga mos kelishi zarur. Demak, o’lkashunoslik materiallari bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan mavzu va masalalarni o’rganishda; 
- o’ziga xos o’quv ekskursiyai obyektlari bo’yicha ma’lumotlar to’plash, 
o’rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko’rish imkonini yaratmog’i lozim; 
- o’quv ekskursiyalari davomida tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmog’i lozim. 
Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo’qolib 
borayotgan o’simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini 
mavjudligi va h.k; 
- o’quv ekskursiyalarida o’quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo’lgan 
xususiyatlarni xisobga olish; 
- geografiya va o’lkashunoslik obyektlarini o’zgarishini o’quvchilar 
tomonidan qabul qilinishini xissiy-emotsional xususiyatlarini xisobga olish; 
- ma’lum bir geografiya predmetlari bo’yicha aniq mavzularning o’quv 
tarbiyaviy talablarini xisobga olish; 
- o’qituvchi va o’quvchilarni o’quv ekskursiyaini o’tkazishga tayyorgarlik 
darajasini xisobga olish; 
- o’quv sayxatlarida ma’lumotlarni yig’ish imkonini xisobga olish. Mazkur 
ma’lumotlar qayta ishlangandan so’ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin