184
Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa hamda obyektlarni
tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida hamma
xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modulь texnologiyasidan
foydalanib o’rganish mumkin. Masalan, jahon sanoatini o’rganishda
uni quyidagi
modullarga bo’lib o’rganish mumkin: metallurgiya sanoati; mashinasozlik;
yengil
sanoat; qurilish xom ashyosi sanoati; oziq-ovqat sanoati; va h.k. ular o’z
navbatida yana maydaroq modullarga bo’linib ketishadi. Masalan, mashinasozlikni
yana quyidagi modulchalarga bo’lib yuborish mumkin:
avtomobilsozlik;
stanoksozlik; podshipnik ishlab chiqarish; teplovozsozlik; samalyotsozlik;
ekskovatorsozlik; vagonsozlik; qishloq xo’jaligi
mashina sozligi; kema sozlik; va
h.k.
Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsi quyidagi qismlarga
bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni qo’yish; o’quvchilarni o’quv vositalari
bilan tanishtirish (darslik, harita, jadvallar, diagrammalar).
Ular amaliy
mashg’ulotlarni bajarishda zarur bo’ladi; o’quv ishlari usullarini o’zlashtirish
bo’yicha ko’rsatmalar berish; amaliy ishlarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
berish; bajarilgan amaliy ishlar natijalarini rasmiylashtirish; qilingan ishlarni
yakunlash; uyga vazifa beish va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish.
Amaliy ishlar bajarishni samaradorligi ishni aniq tashkil qilishga bog’liq
bo’lib, bunda qiyoslash; solishtirish; oddiy hisob -kitoblarni bajarish; ma’lum reja
yoki qolip asosida geografik voqea va
hodisalarni tavsifini tuzish; bog’liqliklarni
aniqlash; harita bilan ishlash va h.k.
.
Dostları ilə paylaş: