189
Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari
maktab tabiiy geografiya
kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyushtiriladi.
Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi:
1. O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga
quyidagilar kiradi: ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlash va uni xaritasini toptsh
yoki xomaki rejasini tuzish; ekskursiyani vaqtini
va davomiyligini aniqlash;
ekskursiya uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yxatini tuzish va u ularni
topish; o’quvchilar bilan suxbat o’tkazish va ularni ma’lum bir guruxlarga bo’lish;
2. O’quv ekskursiyaini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ma’lum bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat
o’tkaziladi. Unda o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi.
Xar bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning)
geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga nisbatan,
daryoga nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy ob’ektlarga
nisbatan aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari agar topografik xarita mavjud bo’lsa nuqtaning matematik
geografik o’rni xam aniqlanadi. SHundan so’ng
nuqtaning umumiy tabiiy
geografik o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari,
relyefi, gidrografik tarmoqlari, tuproqlari o’simlik va hayvonot dunyosi hamda
landshaftlari o’rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik ekskursiyalarda
o’quvchilar xar bir nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish
va baxolash ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Bu esa
yil davomida olgan tabiiy
geografik bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash va yanada chuqurlashtirish
imkonini beradi.
Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo’lgan
joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr yotqiziqlari va qanday
tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko’proq to’rtlamchi davr
yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li o’lkalarda bir necha geologik davrlarga
xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari
joylashganligi aniqlanadi. Ular magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning
qaysi guruhiga mansubligi aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil
bo’lganligi tushuntiriladi. CHo’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda
ularni
qatlamsimon joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va xar qatlamdagi
jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi.
Masalan agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning ustida
qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa demak dastlab kuchli
oqim ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin oqim sharoitida qum
qatlami xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo
sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan.
Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda ekskursiya davomida g’isht
xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi mumkin.
Joyni relyefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi
omillar va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim.
Bundan tashqari
tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan reьlef shakillari xam
aloxida ajratib ko’rsatilishi zarur.
190
Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin. Shunining
uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib,
mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o’tiladi
va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib beriladi.
Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor beriladi.
O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi: daraxtlar,
butalar, o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruxlarga bo’lib yuboriladi:
sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar.
Xar bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish.
Maxsus tabiiy geografik ekskursiyalari
ayrim mavzularni o’tib bo’lgandan
so’ng amaliy ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida o’tkaziladi. Masalan,
litosfera,
gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib bo’lgandan so’ng
uyushtirish mumkin.
Maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalarini o’tkazish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi: o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari xamda o’tkazish
joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv ekskursiyai xaqida va
ekskursiya o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar bilan suxbat o’tkaziladi.
Maxsus o’quv ekskursiyalari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin:
joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relyefini o’rganish; joynining ichki
suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganish;
joyning landshaftlarini o’rganish;
Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalaridan farq qilib maxsus tabiiy
geografik ekskursiyalarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har
tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik
tuzilishi ochilma mavjud
bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov, 1985)
1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti
yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo’yiladi.
2. Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash. Xar bir qatlamning qalinligi
va tog’ jinslarining xolatini o’rganish.
3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Xar bir qatlamni chizish
davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat,
qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash. Qatlamlar
chizmasida pastdan yuqoriga qarab xarflar bilan belgilanadi.
4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari,
xolati tavsifi
tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning
namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish xolati aniqlanadi:
gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa uning qiyaligi aniqlanadi.
Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish mumkin.
5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi
mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan xolda olish lozim bo’lsa o’lchami
10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin
(sham) eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra monolitga
etiketka yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo’lishi lozim.
Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik,
monolit olingan yil, oy, kun.