185
Bilimlarni umumlashtirishni ahamiyati quyidagi hollarda namoyon bo’ladi:
- bilimlarni umumlashtirish o’quvchilar ongida dunyoqarash g’oyalarni
shakillantirishda muhim ahamiyatga ega;
- bilimlarni umumlashtirish har bir geografiya predmetidagi bilimlarni tizimlashda
ya’ni tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Geografiya ursida tabiiy hududiy
komplekslar, dunyoning yaxlitligi va bir butunligi, jahon xo’jalik tizimi va h.k
Bilimlarni tizimlashtirish deganda
geografik voqea va xodisalar, obyektlarni
tarqalishi va taqsimlanishi tushuniladi. Bunda geografik voqea va hodisalar hamda
obyektlar o’xshash belgilarga ko’ra tizimlarga yoki guruhlarga bo’linadi. Masalan,
daryo vodiylari,
tekislik landshaftlari, cho’llar, rivojlanayotgan davlatlar,
rivojlangan davlatlar, yevropoidlar, mongoloidlar, negroidlar va h.k.
Shuning uchun umumlashtruvchi darslarini yirik bo’limlarni o’rganib
bo’lgandan so’ng o’tkaziladi.
Umumlashtiruvchi darslarning muhim xususiyatlaridan biri o’quvchilar
bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish asosida yangi bilim va ko’nikmalarga
ega bo’lishadi. Shuning uchun o’quvchilar o’zlarining bilimlariga asoslanib
dunyoqarash g’oyalarni
umumiy belgilari, tomoillari qonuniyatlarini egallash
bo’yicha geografik ko’nikmalarga ega bo’lishadi.
Dostları ilə paylaş: