O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

O’qitish metodini tanlash.
O’qitish metodlarini tanlash darsni maqsadi va 
o’quv materiallari mazmuniga bog’liq. 


198 
O’qitish metodini tanlash o’rganiladigan mavzuni mazkur kursda tutgan 
o’rniga bog’liq. Ma’lum bir kursni o’rgangan sari o’quvchilarni bilimlari ortib 
boradi, shundan so’ng reproduktiv usulni qo’llash mumkin. Bundan tashqari ijodiy 
usullarni ham qo’llash mumkin. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini 
ikkinchi regional qismini o’quvchilar xaritalar yordamida mustaqil o’rganishlari 
mumkin. Xuddi shunday ishlarni o’quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy 
geografiyasini aloxida davlatga bag’ishlangan qismini o’rganishda xam amalga 
oshirishlari mumkin. O’qitish metodlarini tanlashda o’quvchilarni yoshlari ham 
xisobga olinmog’i lozim. Quyi sinf o’quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan eshita 
olishmaydi. Tez toliqishadi va zerikishadi. SHuning uchun quyi sinflarda 
o’qituvchi o’qitish metodlarini tez-tez o’zgartirib turishi zarur. Bunda o’yinlardan 
foydavlanish katta samara beradi, chunki bunday sharoitda o’quvchilar toliqmaydi 
va kerakli bilim va ko’nikmalarni tez o’zlashtiradilar. 
 Dars uchun o’quv vositalarini tanlash
ham muxim ishlardan xisoblanadi. 
O’quv vositalarini tanlash o’qituvchi uchun unga murakkab bo’lmagan ish 
xisoblanadi, chunki dasturda xar bir mavzu bo’yicha zarur bo’lgan o’quv 
vositalarining turlari berilgan bo’ladi. O’qituvchini vazifasi ulardan darsning qaysi 
qismida va qanday foydalanishni aniqlash xisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha 
savollar va topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va
ko’nikmalarini egallashlarini osonlashtiradi. 
O’quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni xisobga olish zarur: 
- o’quv vositalari darsni mazmuniga mo bo’lishi lozim; 
- o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi zarur; 
- o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi lozim; 
- o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon 
yaratishi lozim; 
- o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini 
osonlashtirishi lozim. 
O’qitish metodi va vositalari to’ri tanlangan darsning samaradorligi yuqori 
bo’ladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin