O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Tayanch so’z va iboralar
: O’qitish jarayoni, o’qitish shakllari, dars,dars 
tiplari, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, 
o’zaro uzviy bog’liqlik. 
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Geografiyani o’qitishda foydalaniladigan o’qitish shakllarini aniqlang. 
2.
Darsning darsdan tashqari ishlar bilan o’zaro uzviy bog’liqligini 
nimalardan iborat?. 
3.
Darsning ekskursiya bilan o’zaro uzviy bog’liqligini isbotlang. 
4. Darsning sinfdan tashqari mashg’ulotlar bilan o’zaro uzviy bog’liqligini 
мисоллар ёрдамида исботланг 
5. Kirish darsi qanday sharoitlarda o’tiladi? 
6. Aralash dars qanday tarkibiy qismlardan iborat? 


194 
7. Yangi mavzuni o’rganish darsi qanday sharoitda o’tkazidadi? 
8. Darsning asosiy turlari chizmasini chizing. 
9. O’quv ekskursiyalarini maqsad va vazifalari nimadan iborat? 
10. Tabiiy geografik ekskursiyalarning asosiy maqsadi nima? 
11. O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlikni qanday turlarini bilasiz? 
12. O’quv ekskursiyalari o’tkaziladigan joylarni tanlashda nimalarga e’tibor 
beriladi? 
13. Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari qanday turlarga bo’linadi? 
14. Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari qaysi sinflarda 
o’tkaziladi? 
15. Sanoat korxonalari qanday tartibda o’rganiladi? 
16. Qishloq xo’jalik korxonalari qanday tartibda o’rganiladi? 
17. Tarixiy-geeografik o’lkashunoslikni obyektlariga nimalar kiradi? 
XVII BOB.
GEOGRAFIYA DARSLARINI REJALASHTIRISH 
17.1. Geografiya darsning yillik va kundalik rejasini ishlab chiqish 
 
Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida 
geografiyani o’qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan 
asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan 
darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy 
bog’liq. Chunki darsda darsdan tashqari ishlar masalan, geografiya maydonchasida 
olib borilgan o’lchov ma’lumotlari, tayyorlangan ko’rgazmali qurollar,
ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kollektsiyalardan foydalaniladi. Sinfdan 
tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning geografiya o’quv fanlaridan o’zlashtirgan 
bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga 
ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi. 
Demak, geografiyani o’qitishda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari 
mashg’ulotlar, ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni 
o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirish lozim. 
O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish 
asnosida geografik ta’lim samaradorligiga erishish, o’quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish, umumgeografik va xususiy tushunchalar hamda 
o’quv-amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr 
yuritishga o’rgatishni nazarda tutadi.
Geografiyani o’qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun 
o’qituvchi o’quv yili boshida yillik reja tuzishi lozim. Mazkur reja geografiyani 
o’qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan 
o’rin olgan boblar va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va 
ta’tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, 
ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.
Geografiya darslarini rejalashtirish ikki qismdan iborat: yillik va dars rejasi, 
darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars 


195 
rejalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni 
egallashi shuncha tez va oson bo’ladi. 
Geografiya o’qituvchi yillik, ya’ni yillik reja tuzishi uchun: 

O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, 
bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq 
tasavvur qilishi; 

Mavzularni o’qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi 
maqsadlari, 
o’quvchilarda 
shakllantiriladigan 
biologik 
tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish 
metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi. 

O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni 
va muddatlarini aniqlashi; 

Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini 
belgilashi; 

Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo 
bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi; 

O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni 
tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi; 

Amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan
jihoz va asboblarini aniqlashi lozim. 
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi yillik rejada o’qitish jarayonining 
yaxlitligini nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, 
unda o’qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni 
o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi. 
Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida geografiya bo’yicha 
o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining quyidagi shakllari qabul 
qilingan: dars va ular bilan bog’liq bo’lgan ekskursiyalar, uy vazifalari, darsdan 
tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu o’qitishning 
barcha shakllari – o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars bilan uzviy bog’liqdir, 
ular geografik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy ko’nikmalarni 
rivojlantiradi. 
Yillik rejalashtirishda ma’lum bir geografiya predmeti bo’limlari bo’yicha 
o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda 
o’qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro 
bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularni 
shakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, 
amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli
rejalashtirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: a) ma’lum bir kurs 
bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; b) ma’lum bir kurs 
bo’yicha dars turlarini aniqlashga; v) o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlikda 
faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashga. Odatda mavzuli rejalar 
soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar 
kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jallangan bo’ladi. 


196 
Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy xususiyati 
ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. Shu munosabat 
bilan har bir geografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar 
tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich bo’lmog’i 
lozim. Shuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf predmeti bo’yicha, 
bo’limlar va mavzular bo’yicha rejasi ma’lum bir – biri bilan bog’langan tizim deb 
qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas 
bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz mumkin: tabiiy 
geografiya va iqtisodiy geografiya. Ushbu ikki tizim bir-birini to’ldirishi lozim. 
Tabiiy geografik tizimning o’zi alohida geografiya predmeti tizimidan, ular esa 
bo’limlar, mavzular tizimlaridan iborat. Shuning uchun har bir darsni ma’lum bir 
yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim deb qarash mumkin. 
Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli xil 
didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi material 
o’rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin ya’ni 
tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan bilim va 
ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish. 
Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda geografiyani o’qitishda 
foydalaniladigan yillik rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida 
berilmoqda. 
Boblar va 
mavzular 
Soat 
Sana 
Sinf Fanlararo
bog’lanish 
Ekskur-
siya 
Sinfdan 
tashqari 
ishlar 
O’quv yili uchun tuzilgan yillik reja qat’iy emas, unga yil davomida muayyan 
holatlarni hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish, ekskursiya va 
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari o’zgartirilishi 
mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin