O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

16.4.2. Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari 
 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari yuqori sinflarda 
o’tkaziladi va o’quvchilarni iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlaydi va 
bir vaqtni o’zida iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borish usullarini egallashadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha o’quv ekskursiyalari xam ikki 
guruxga bo’linadi: umumiy iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari; maxsus 
iqtisodiy o’quv ekskursiyalari.
Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari. 
Umumiy 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari o’quv yilining oxirida ma’lum 
bir predmet to’la o’rganilib bo’lingandan so’ng olingan bilim va ko’nikmalarni 
mustaxkamlash uchun o’tkaziladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda 
o’tkaziladi. 
O’quv 
ekskursiyalariga 
tayyorgarlik 
davrida 
o’qituvchi ekskursiya 
o’tkaziladigan joyni tanlaydi, mazkur joy iqtisodiy geografik sharoiti xaqida 
ma’lumotlarni to’playdi. O’quv ekskursiyai rejasi ishlab chiqladi. 
O’quv ekskursiyaini o’tkazish. O’quv ekskursiyai o’tkaziladigan kun 
belgilangan vaqtda o’quvchilar yig’ilishganda o’qituvchi yana bir marta suxbat 
o’tkazadi. O’quv ekskursiyaining maqsadi, vazifalari, obyekti va ekskursiya 
davomida o’quvchilar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar tushuntiriladi. SHundan
so’ng o’quv ekskursiyai boshlanadi. 
Ma’lum bir joyning ijtimoiy geografik sharoitini o’rganish quyidagi tartibda 
olib boriladi. 
Obyektni iqtisodiy geografik o’rnini aniqlash. Iqtisodiy geografik obyektlarni 
geografik o’rnini asosiy davlat axamiyatiga ega bo’lgan avtomobilь, xavo va temir 
yo’llarga nisbatan, tuman, viloyat va markazlarni xamda poytaxtga nisbatan, yirik 
daryolar va dengizlarga nisbatan joylanishi. 
So’ngra joyning ya’ni obyektning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari o’rganiladi. 
Tabiiy resurslarni o’rganishda ularni quyidagi guruxlarga bo’lib o’rganish 
maqsadga muofiqdir: yer resurslari, suv resurlslari, mineral resurslar, tuproq 
resurslari, bioligik resurslar, rekratsion resurslar. 
Aholi va mehnat resurslari quyidagi tartibda o’rganiladi: qishloq yoki maktab 
joylashgan joy axolisining joylashishi, ularning kasbi, statistik ma’lumotlar 
asosida axolining boshqa ko’rsatgichlari xam aniqlanadi. Obyektning xo’jaligi 
o’rganiladi. Bunda sanoatning asosiy tarmoqlari, dexqonchilik va chorvachilikning 
qaysi tarmog’i yaxshi rivojlanganligi aniqlanadi va aynan shu tarmoqqa ko’proq 
e’tibor beriladi. 
Agar qishloq yoki maktab joylashgan joydan davlat yoki viloyat axamiyatiga 
ega bo’lsa ular xaqida ma’lumotlar aniqlanadi. Bunday yo’llar mavjud bo’lmagan 
tadqiqotlarda qishloqdagi yoki shahardagi yo’llarni o’rnini tavsifi beriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin