O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydigan o’quv vositalaridan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
15.1.2. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydigan o’quv vositalaridan 
foydalanish texnologiyasi 
 


158 
O’quv vositalarini mazkur guruhi ikkiga bo’linadi: hajmli o’quv vositalari va 
geografik voqea va xodisalarni tasviri. Ushbu ikki guruh geografik obyekt voqea 
va hodisalarni tasvirlaydi. 
Hajmli o’qitish vositalari bilan ishlash texnologiyasi
. Geografiya 
darslarida hajmli o’qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ularga modellar va 
maketlar kiradi. Modellar geografik voqea va xodisalarni hamda obyektlarni uch 
o’qli (hajmiy) tasviri xisoblanadi. Ular ma’lum bir masshtabda kichraytirilgan
bo’ladi yoki o’z o’lchamida tasvirlanadi. Ammo hajmli modellarda xatoliklarga 
ham yo’l qo’yiladi. 
Qurilishiga ko’ra modellar quyidagi turlarga bo’linadi: bo’linmaydigan, 
bo’linadigan, kesmali, ochilmali, statistik va faoliyatdagi. 
Geografiya darslarida Yer sharining modeli ko’proq ishlatiladi. Barcha 
voqea va ho disalarni modellarini o’quv maqsadlarida yasash maqsadga muvofiq 
emas. Masalan, vulkanni, geyzelarni, tog’larni, tsunami, sel, toranodolarni sodir 
bo’lishi modelini qurish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular tabiiy
jarayonlarning sodir bo’lishini aniq tasvirlay olmaydi. Ammo harakatdagi artezian 
qudug’ini modelini yasab o’quv jarayonida bemalol ishlatish mumkin. Dars 
jarayonida termometr, barometr, flyunger, kompas va boshqa asboblarni 
modellaridan ham foydalanish mumkin. Modellar yordam o’quvchilar ularni 
tuzilishini va ishlashini tesh o’rganib olishadi. Modellar yordamida kanallar, 
to’g’onlar va suv omborlari tuzilishi va ishlashini ham ko’rsatish mumkin. 
Geografiya ta’limida maketlar ham keng qo’llaniladi. Maketlar geografik 
obyektlar, voqea va hodisalarning soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. Ular 
tabiiy geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik maketlarga bo’linadi. 
Tabiiy gegrafik maketlarga landshaftlar, relyef, daryo vodiysi, tog’lar, 
chuqqilar, g’orlar maketlari kiradi. 
Yer yuzasi shakllarini o’rganishda relyef shakllari maketlari juda katta
ahamiyatga ega. Relyef bo’yicha bilimlarni o’quvchilarni o’zlashtirishi juda qiyin 
kechadi, chunki relyef uchta o’lchamli hisoblanadi. Shuning uchun relyefni 
o’rganishda dalada olib borilgan kuzatishlar katta ahamiyatga ega. Joyda relyefni 
shakllanishini ko’ribgina qolmasdan balki o’rganilayotgan obyekt bevosita 
o’rganiladi, o’lchamlari aniqlanadi, har tomonlama o’rganiladi va aniq tasavvurlar 
hosil bo’ladi. Relyef haqidagi bilimlarni o’zlashtirishni oson yo’llaridan biri 
geografiya maydonida ularning shakllarini maketlarini yasashdir. 
Maketlardan foydalanib dars o’tganda o’qituvchi maketni hamma tomonini 
ko’rsatishi lozim, shundagina mazkur maketda tasvirlangan geografik obyekt yoki 
voqea va xodisalar haqida o’quvchilar ongida to’la va aniq tasavvurlar hosil 
bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin