178
Uyga vazifa ko’p hollarda darsning oxirida beriladi. Bunda o’quvchilar uy
vazifasini maqsadi va moxiyatini tushunib yetishmaydi. Ko’p xollarda o’qituvchi
xam uy vazifasini berib ham , tushuntirib xam ulgurmaydi. SHuning uchun uyga
vazifa
darsning boshida, yangi mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng berilsa uni qanday
bajarishni o’quvchilarga to’laroq tushuntirib berish mumkin.
Uyga berilgan vazifani tushuntirganda uni o’ziga xos xususiyatlarini xisobga
olmoq zarurdir. Matin bo’yicha beriladigan
vazifalarni xaritalar, jadvallar va
chizmalar bo’yicha beriladigan topshiriqlarni aloxida tushuntirish lozim.
16.3. Geografiya darslarining tiplari
Geografiya darslari ta’lmni tashkil qilishning eng asosiy turlardan xisoblanadi.
Geografiya darslari didaktik maqsadlarga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kirish
darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; aralash dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi.
16.3.1. Kirish darsi
Kirish darsi umumta’lim maktablarida geografiya
predmetlarini va yirik
mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi.
Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha bilim va
ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat: o’quv yilini boshida
o’tkaziladigan kirish darslari; yirik mavzularni o’rganishdan olidin tashkil
qilinadigan
kirish darslari; chorak boshlanishida o’tkaziladigan kirish darslari.
O’quv yilining boshida birinchi darsda o’qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi:
- darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish;
- darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar, jadvallar);
- darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish. Toza tutish yirtmaslik, chizmaslik,
yozmaslik va h.k.
Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish mumkin.
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” (5-sinf) kursida Yer qobiqlari bo’limini
o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda quyidagii xolatlarga e’tibor
bermoq lozim:
- geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib tuzilganligi, ya’ni litosfera,
gidrosfera,
atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi;
- har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq moddalardan,
gidrosfera suyuq modalardan (suv), atmosfera gazsimon moddalardan, biosfera esa
tirik moddalardan iborat ekanligi haqida bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng
o’quvchilar ongida Yer qobiqlari haqida tushunchalar
shakllanadi va umumiy
tasavvurlar xosil bo’ladi.
Iqtisodiy geografiya darslarida ham xuddi shunday kirish darslarini tashkil
qilish mumkin. Masalan, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi” kursida jahon
xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin: unda quyidagi holatlarga
o’quvchilar diqqati qaratiladi:
- jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi;
- jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi.
179
- shundan so’ng sonoat, qishloq xo’jaligi. Transport
va xalqaro iqtisodiy
aloqalarni tuzilishi alohida tushuntriladi. Masalan, transport tarmog’i quyidagi
qismlarga bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron.
Bundan tashqri kirish darslarida quyidagi maqsadlar ham amalga oshiriladi;
bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar pisixalogik
jihatdan tayyorlanadi;
o’quvchilarga geografiya fani va geografik bilimlariga nisbatan qiziqish uyg’otiladi.
Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi uchun unda darsni barcha
elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish,
ayrim
xollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa berish amalga
oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi material o’tiladi, uyga vazifa
berilmasligi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: