176
predmetlar bilan chambarchas bog’langan. Geografiya predmetining noyob va o’ziga
xos ta’limiy va tarbiyaviy vazifasi atrof muxit to’g’risida, xo’jalik va ijtimoiy soxa
bo’yicha turli xil bilimlarni umumlashtirishiga imkon beradi. Geografiya darslarida
tarix, geografiya, ximiya, fizika, matematika fanlari bilan
aloqalarni aniqlash va
asoslab berish o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtiradi.
Geografiya darslarida o’lkashunoslik tamoillariga amal qilish.
Geografiya
fani tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni bergani uchun unda o’lkashunoslik
tamoillaridan foydalanishni katta imkoniyatlari mavjud. Geografiya predmetlaridagi
deyarli barcha mavzularni o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanib o’rganish
mumkin. Relyef mavzusini maktab atrofidagi relyef shakllari orqali tushuntirish
mumkin, gidrosfera mavzusini maktab atrofidagi
suv obьektlar misolida, qishloq
xo’jaligi yoki sanoatni o’z yashayotgan joyi misolida o’tish mumkin.
Mazkur
tamoilni qo’llash geografik bilimlarni oson va tez o’zlashtirishiga xamda hamda
o’quvchilarni o’z vataniga va yashab turgan
joyiga mexr muxabbat ruxida
tarbiyalashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: