O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Dars – geografiyani o’qitishning asisiy shakli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
16.2. Dars – geografiyani o’qitishning asisiy shakli 
 
O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi. 
SHuning uchun dars geografiya ta’limining eng asosiy va markaziy qismi 
xisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi darsga ajratilgan aniq vaqt davomida 
belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Har bir darsni 
maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan bilim 
va ko’nikmalarni samarali bilish uchun geografiya darslariga qator talablar 
qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-
darsning ta’limiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning 
mazmunini ilmiyligiga erishish;
-
dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim;
-
tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
-
tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
-
geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi lozim; 
-
har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim;
-
har bir geografiya darsida o’lkashunoslik ta’moyillari xisobga olinmog’i 
zarur. 
Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish.
Geografiya 
darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni 
samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi. 
Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy 
tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakllantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va 


174 
bilimlar takrorlanadi va mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirish ta’minlanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni 
shakllantirish davom ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlash
qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy-siyosiy, 
ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya 
berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish.
 
Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. 
Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga 
imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shaklantirishga, 
geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni
ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqillik 
davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini 
bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida 
tarbiyalash katta samara beradi. 
Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsadlari bilan 
bog’langan bo’lmog’i lozim.Masalan, “O’rta Osiyoning relyefi va foydali 
qazilmalari” mavzusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relyef 
shakllarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relyef shakllari 
haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relyef shakllarini hosil bo’lishida shamolni 
o’rni va ahamiyatini ochib berish; relyefni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki va 
tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali 
qazilma konlarini joylashishini o’rganish va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi 
bilan bog’liqligini ochib berish; xarita asosida relyefga tavsif berish ko’nikmalarini 
shaklantirishni davom ettirish.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin