O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

16.3.3. Yangi mavzuni o’rganish darsi 
 
Mazkur dars turi to’la yangi mavzuni o’tishga bag’ishlanadi. Shuning uchun 
unda uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash qismi bo’lmaydi. Mazkur dars 
quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
- darsni hajmi katta bo’lgan taqdirda; 
- dars murakkab bo’lgan taqdirda. 
Mazkur darsda bilimlar chuqur va har tomonlama ochib beriladi. Mazkur 
darslar uchun mavzuni o’qituvchi oldindan tanlab oladi va unga tegishli o’quv 
vositalarini tayyorlaydi. 
Ushbu darslarda asosiy o’qitish metodi bo’lib tushuntirish hisoblanadi. Bunda 
o’qituvchi sinf taxtasidan, haritalardan, chizmalardan, rasm va jadvallardan hamda 
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishi lozim. 
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga qator topshiriqlar 
berish mumkin. Bunda ular olgan bilimlarni amalda qo’llashadi, yoki bo’lmasa bir 
necha vazifalarni bajarishni topshiriq sifatida berish mumkin. Bu esa yangi 
materiallarni o’zlashtirishni osonlashtiradi. Masalan, dunyo siyosty haritasini 
o’rganayotganda tarixiy va siyosiy haritadan foydalanib qo’yidagi vazifalarni 
o’quvchilarga topshirish mumkin: 
- XX asrning boshigicha dunyoda qanday yirik davlatlar bor edi; 
- XX asrning boshlarida Afrikada qanday mustaqil davlatlar mavjud edi; 
- birinchi jahon urushdan so’ng jahon siyosiy haritasidan qanday davlatlar 
davlat sifatida yo’q bo’ldi; 
- ikkinchi jahon urushidan so’ng qanday mustaqil davlatlar vujudga keldi; 


181 
- XX asrning oxirida qaysi davlatlar parchalanib ketdi va qanday yangi
davlatlar paydo bo’ldi; 
- XXI asrda qaysi davlatlar mustaqillikni qo’lga kiritd va x.k. 
Yangi mavzuni o’rganish darsi qo’yidagi tarkibiy qismlardan iborat: darsni 
maqsadini aniqlash; yangi mavzuni tushuntirish davomida o’quvchilarni bilish 
faoliyatini tashkil qilishi lozim; mavzuni alohida mantiqiy qismlari bo’yicha 
umulashtirish va mustahkamlash; o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni amalda 
qo’llash bo’yicha o’quvchilarga topshiriqlar berish; uyga vazifa berish. 
Mazkur darslarda quyidagi mavzularni o’rganish mumkin; “Yer po’stining tuzulishi 
(V-sinf); “O’rta Osiyoning tabiiy geografik rayonlashtirish” “O’zbekistonni 
iqtisodiy rayonlashtirish” (VIII- sinf); “Jahon siyosiy haritasi”, “Jahon tabiiy 
resurslari”, “Jahon aholisi ”va x.k. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin