O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

15.3. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi 
15.3.1. Geografiya darsligining tuzilishi. 
 
Geografiya ta’limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo’lib hisoblanadi, 
shuning uchun ular asosiy o’qitish vositalaridir. 
Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo’lishi, metodik aparati 
pedagogik jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi 
o’quvchilarni o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Darslik juda ko’p ta’limiy 
vazifalarni bajaradi. Darslik bilan ishlaganda o’quvchilar quyidagi ishlarni 
bajarishadi: matn bilan ishlash usullari; kartografik ma’lumotlar bilan ishlash 
usullari; statistik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar, 
fotogrfiyalar bilan ishlash usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari; 
matndan tashqaridagi materiallar bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan 
ishlash usullari va h.k. 
Geografiya o’qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va 
o’zlashtirgan taqdirdagina darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish 
mumkin. 
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo’linadi (3-rasm): a) darslikning 
o’quv matni: b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri 
yana o’z navbatda alohida – alohida qismlarga bo’linib ketadi. 
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o’quvchilar uchun 
yangi ma’lumotlar beriladi. 
Matndan tashqaridagi ma’lumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini bajaradi. 
Matndan tashqaridagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: a) savol va topshiriqlar; 
b)mundarija, shriftlar; v)ko’rgazma metodlar. 
Har bir darslikda juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular 
tushunchalarni o’zlashtirishga, geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalarni 
aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni 
turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn ichida; matnning oxirida. 
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar tomonidan 
ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, biror 
hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar haqidagi 
bilimlarini faollashtirish. 
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini yangi 
o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida berilgan savol va 
topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltiradi. Masalan, 
daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan nima, daryo vodiysi, daryoni 
to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash mumkin. 
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan 
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni umumiy 
dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi. 
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi haritalar; 
muqovadagi haritalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va 


165 
fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko’rgazmalar faqat matn 
mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbaii bo’lib ham hisoblanadi. 
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug’atida 
mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yhati beriladi. 


166 
3-rasm. Geografik darsliklarni tuzilishi ( I.V. Dushina sxemasi asosida) 
D A R S L I K 
Asosiy 
Matndan tashqari 
qismlar 
O’quv matni 
Tushunti-
ruvchi 
Qo’shimcha 
O’zlashtirish
ni tashkil 
qilish 
apparati 
Yo’naltirish 
apparati 
Ko’rgazmali 
materiallar 
Savol va 
topshiriqlar 
tizimi 
Mundarija, 
shriftlar, 
signalli 
belgilar 
Kartalar, 
chizmalar, 
diagrammalar, 
ststistik 
jadvallar va h.k. 
Izoh 
N
aza
ri
y

Met
o
d
o
lo
g
iy

T
u
sh
u
n
ti
ri
sh
Bay
o
n
A
tama
lar l
ug
’a
ti
Izo
h


167 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin