15.2.2. Televedeniyadan geografiya darslarida foydalanish XXI asrda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va internet
tarmoqlarining jadal rivojlanishi geografiya darslrida mavzu mazmunidan kelib
chiqqan holda turli o’quv ko’rsatuvlaridan bevosita foydalanish imkoniyatini
bermoqa. Televediniyaning “Dunyo bo’ylab” va boshqa kanallardagi gi eng
qiziqarli o’quv fil’mlari olib boriladi. .
Geografiya darslarida televedeniyadan foydalanishni ikki yo’nalishga bo’lish
mumkin:
kundalik
teleko’rsatuvlardan
foydalanish;
videokassetalardan
foydalanish.
Kundalik teleko’rsatuvlardan foydalanish uchun teledasturlardan kerakli
dars mavzusiga mos tushadigan ko’rsatuvlar tanlab olinadi va ular videokasseta,
disk yoki fleshkaga yozib olinadi yoki internetdan yuklab olinadi. So’ngra mazkur
yozib olingan material kerakli mavzuni o’tishda namoyish qilinadi.
Tayyor videokassetalardan foydalanish. Geografiya predmetlari mavzulari
bo’yicha videokassetalar kartotekasini tashkil qilish mumkin. Hozirgi davrda har
bir geografiya xonasida albatta videomagnitafonlar bo’lishi zarur. Ma’lum bir
mavzuni o’rganayotganda unga mos bo’lgan videokassetani olib namoyish qilish
mumkin.
Televideniyadan foydalanishga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
- namoyish etiladigan telelavha dars mavzusiga mos bo’lishi shart;
- videomagnitafon va televizor bir kun oldin tayyorlab qo’yilishi lozim;
- namoyish etiladigan videolavhalar aniq va ravshan ko’rinmog’i lozim;
- Videolavha dars vaqtini to’la ishg’ol qilishi lozim emas. Darsni boshida va
oxirida o’qituvchini izohi va tushuntirishi uchun hamda xulosasi uchun vaqt
qoldirishi lozim;
- video darslarni ko’rish o’qituvchi nazoratida olib borilishi lozim;
Bundan tashqari geografiya darslarida radio eshittirishlardan, magnitafon
yozuvlaridan ham foydalanish mumkin.