O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish.
Bunda matn ma’lum bir qismlarga 
bo’linib o’quvchilarga bo’lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja tuzish 
vazifasi beriladi. Masalan, O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va foydali 
qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: 
- paleozoy erasida hududning rivojlanishi; 
- mezozoy erasida hududining rivojlanishi; 
- kaynazoy erasida hududning rivojlanishi; 
- zilzilalar; 


168 
- foydali qazilmalar. 
Shulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish mumkin: 
yoqilg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, neft, gaz), qora metall konlari, rangli metallar 
konlar, mineral o’g’itlar konlari, qurilish xom ashyosi konlari (marmar, oxak, qum, 
granit). 
Darslikdagi haritalar bilan ishlash.
Har bir sinf geografiya darsligining 
matnidagi mavzuga oid turli xil haritalari mavjud. Haritalar 6,7,8 va 9-sinf 
darsliklarida ko’proq. Matndagi haritalar asosan mustaqil ishlarni bajarishda ko’proq 
ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-sahifasida Yevrosiyoning tabiiy geografik
o’lkalari haritasi berilgan. Ushbu harita bo’yicha quyidagi topshiriqlarni 
o’quvchilarga berish mumkin: 
- Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini aniqlang 
va ularning geografik joylanishiga baho bering: 
- Yevropada joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang: 
- O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi o’lkalar orasida joylashgan: 
- Shimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va h.k. 
Shunday taxlitda har bir mavzuli harita bo’yicha o’quvchilarga mustaqil ish 
uchun vazifa berish mumkin. 
Darsliklarda juda ko’p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va 
iqtisodiy geografik obyektlarning tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun kartadagi 
rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin. Geografiya 
darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: buyuk olim va 
sayyohlarning rasmlari; tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar 
(tog’lar, tekisliklar, vodiylar, chuqurlar va h.k); tabiiy geografik jarayonlarning 
oqibatlari va ko’rinishlarini tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zilzila 
va h.k); iqtisodiy geografik obyektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv 
ombolari, qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k). 
Chizmalar haritalarga o’xshab darslikda juda ko’p uchraydi. Ular geografik
aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga tegishli qonuniyatlarni 
o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yerga Quyoshdan keladigan 
issiqlikni miqdori uning tushish burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar. 
Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
-boshlang’ich tabiiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar (litosfera, 
gidrosfera, atmosfera, biosfera, yer va olam mavzularida); 
-materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiyo va O’zbekiston 
tabiiy geografiya kurslari bo’yicha berilgan chizmalar; 
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. Mazkur 
chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik tarmog’ini ma’lum bir 
qismlarini ko’rsatkichlarini tasvirlaydi. 
Umumta’lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan keng 
foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda berilgan. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matndagi jadvallar ko’proq o’rin olgan. 
Jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar berilgan. Ular orasida ma’lum bir 
iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya darsliklardagi jadvallarni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
siyosiy geografik; demografik; tabiiy resurslar; sanoat; qishloq xo’jaligi; transport va 


169 
xalqaro iqtisodiy aloqalar; regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan 
jadvallar. 
Jadvallarni tahlili bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar berish 
mumkin. 
Har bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi 
sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli o’qish, matndagi 
savollarga javob berish, matnning rejasini tuzish, matndagi asosiy fikrni aniqlash 
muhim o’rin tutadi.
VI sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”ni o’rganishda quyidagi 
holatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash, matnning mazmuni bo’yicha 
chizmalar, rasmlar va jadvallar tuzish, matndan ma’lumotlarni ko’chirib olish, 
geografik obyektlar ro’yxatini tuzish, matnni kengaytirilgan rejasini tuzish.
7-sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz 
murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin: 
matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil aloqalar va
bog’liqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o’lkalar), iqlimiy 
jadvallar tuzish va h.k.
VIII- sinfda “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kursi o’tiladi. 
Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja 
tuzish, turli xil haritalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,ma’muriy, iqtisodiy, 
transport va h.k.), jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslar, tarmoqlar bo’yicha 
iqtisodiy ko’rsatkichlar), chizmalar (diagrammalar bilan ishlash) va h.k. 
IX- sinfda “Jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi” kursi o’tiladi. Mazkur 
kursni o’rganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi: matnni o’qib 
xulosalar tayyorlash, iqtisodiy geografik haritalarni tahlil qilib ma’lum bir davlatni 
iqtisodiy geografik tavsifini tuzish yoki bo’lmasa sanoat va qishloq xo’jaligi 
rivojlangan hududlarni aniqlash, jadvalllarni tahlili asosida turli xil chizmalar va 
diagrammalar tuzish va h.k. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin