O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Geografiyadan o’quv dasturlari tahlili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

8.2.Geografiyadan o’quv dasturlari tahlili 
 
Maktablarda o’qitilgan har bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi 
lozim bo’lgan bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar 
yig’indisini ifoda qiluvchi xujjat – o’quv dasturi hisoblanadi. Unda o’quv fanini 
o’qitishdan maqsad, vazifalar, o’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar, 
ko’nikmalar kompleksi o’z ifodasini topadi. 
Geografiya kursining o’quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda 
geografiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o’quv fanlardan tashkil 
topganligi ana shu o’quv fanlar mazmunidagi o’zgarishlar qisqacha bayon etilgan. 
Xususan, Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi V- sinfda, Materiklar va okeanlar 
tabiiy geografiyasi VI-sinfda, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi VII 
sinfda, O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi VIII- sinfda, Jahon 
mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi IX-sinfda, Amaliy geografiya o’quv 
fani X- sinf va akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitilishi qayd qilingan.
Geografiya kursining o’qitishga oid metodik ko’rsatmalarda “darsda va 
sinfdan tashqari mashg’ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy 
g’oyalar, tushunchalarning o’quvchilar tomonidan puxta va ongli o’zlashtirilishiga 
e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan.
O’quv dasturidan ko’zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning 
uyg’unligini amalga oshirishdan iborat. Geografiya o’qitishda o’qitiladigan 
mavzular mazmuni bilan uzviy bog’liq holda, o’quvchilarning axloqiy, 


53 
vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat 
berish lozimligi ta’kidlangan.
Geografik o’quv mavzularga o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish 
uchun geografik harita, tabiiy-tasviriy, dinamik, jadval, sxematik ko’rgazmali va 
audio, video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va 
o’quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish 
maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O’quv dasturida Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi o’quv fani uchun 34 
soat (haftasiga 1 soat), Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’qub fani uchun 
68 soat (haftasiga 2 soat), O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi o’quv 
fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi 
o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Amaliy geografiya o’quv 
fani uchun 34 soat (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 40 soat, haftasiga 1
soat) vaqt ajratilganligi ta’kidlanadi.
O’quv dasturida har bir o’quv fani bo’yicha o’qitiladigan asosiy mavzular 
mazmuni, ularni o’tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O’quv dasturida ana shu 
mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o’qitish kerakligi haqida ham 
ma’lumotalr berilgan.
Masalan, maktab Tabiiy geografiya boshlang’ich kursida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin