206
3- guruh uchun tarqatma material
Idrok to’g’risida tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari.
Idrok deb narsa yoki xodisalarning inson ongiga bevosita ta’sir etishi
natijasida tartibga solinib, Alohida sezgilarni narsa va vokealarni yaxlit bir
obrazi tarzida birlashtirib aks ettirilishiga aytiladi.
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilganligi,
anglanganligi, konstantligi uning muxim xususiyatlaridir.
Idrokning predmetliligi deganda uning aniq bir predmetga qaratilishini
tushunamiz.
Idrokning yaxlitligi deganda narsa va xodisalarni yaxlitligicha ongimizda
aks ettirishni tushunamiz. Idrok sezgi a’zolariga ta’sir kiluvchi narsalarning
ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ularoq, narsalarning yaxlit
obrazidir.
Idrokning konstantligi ham uning muxim xususiyatlaridan biridir.
Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shakli,
katta kichikligi, rangi
va shu kabilarni nisbatan uzgarmas tarzda Idrok kilamiz Masalan, teatrda
utirgan odamlarning yuzlariga uzokdan karasak,
ular bizga uzgarmas, hakikiy
odamlardek ko’rinadi, aslida kuz tur pardasiga uzokdagi narsalarning aksi
kichik bo’lib tushadi. Yoki yuqori etajdan turib pastga karasak odamlar,
mashinalar juda kichik bo’lib ko’rinadi, lekin
biz ularni uz xolicha Idrok
kilamiz. Ayni bir narsa yoki xodisani ayrim kishilarning Idrok etishida
ko’rinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo’ladi. Bu
xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga boglik xususiyatlardir. Kishilar
ayni bir narsa yoki xodisani yoshlari, ma’lumoti,
turmush tajribasi, kasbi,
temperament, xarakter, qobiliyat va kizikishlarida ko’rinadigan shaxsiy
xususiyatlariga qarab xar xil Idrok etadilar.
Idrok turlariga quyidagilar kiradi:
Fazoni Idrok qilish.
Vaqtni Idrok qilish.
Harakatni Idrok qilish.
Illyuziya deb atrofdagi narsa va xodisalarni notugri Idrok qilishga
aytiladi. Buni geometrik illyuziyalar deb nom
olgan illyuziyalarda yakkol
ko’rish mumkin. Masalan, uzunligi barovar bo’lgan ikki chizikning boshiga
ikki xil strelkalar chizilsa, strelkasi tashqariga karagan chizik unisiga nisbatan
uzun bo’lib ko’rinadi.
Gallyusinasiya tashki olamda yuk narsalarni Idrok qilishdir.
Yuk narsalarning kuzga ko’rinishi,
yuk ovozning eshitilishi, yuk xidning
dimokka urilishi gallyusinasiyadir. Gallyusinasiya paytida kishi guyo bir
narsani aniq kurgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek tuyuladi.
Dostları ilə paylaş: