208
uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda xotira uchta mezonga muvofiq
bo’linadi:
Psixik faollik xususiyatiga kura harakat, emosional obrazli va so’z-mantiqli
turlariga bo’linadi.
Faoliyat maksadiga kura ixtiyorli va ixtiyorsiz turlarga bo’linadi.
Materiallarni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga kura,
kiska
muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira turlariga bo’linadi.
Xotira tiplari. Xar kimning o’ziga xos xotira xususiyatlari mavjud.
Xotiradagi bu farq uning kuchida ifodalanadi. Birovda xotira kuchli bo’lsa,
boshqa birovda kuchsizdir.
Xotiraning kuchli yoki kuchsiz bo’lishini biz esda koldirish va uno’tishning
tezlik darajasiga qarab belgilaymiz. Tez esga olib, juda sekin unutish kuchli
xotiraning belgisi bo’lsa, sekin esda olib kolib, tez uno’tish kuchsiz xotira
belgisidir. Shunga qarab kishilardagi xotirani turt tipga bo’lamiz:
Esda koldirish
Unitish
Tez
Sekin
Sekin
Sekin
Tez
Tez
Sekin
Tez
Xotirani yana ko’rish, eshitish, harakat degan tiplarga ham ajratish mumkin.
Lekin sof xotira kam uchrab, ko’proq aralash xotira (ko’rish- harakat, ko’rish-
eshitish, harakat-eshitish kabi) xillari uchraydi.
8- amaliy mashg’ulot mavzusi: Tafakkur va hayol.
Reja:
1. Tafakkur so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar, iboralar keladi.
(Aqliy xujum) - 5 daqiqa
2. Tafakkur shakllari va operasiyalari(«Charxpalak» pedagogik texnologiyasi
asosida) -15 daqiqa
3. Fikrlash, umumlashtirish xususiyatlarini va qobiliyatini «Ortiqchasini
o’chirish metodi» va «Fikrlash qobiliyatingiz qanday» testi orqali o’rganish
bo’yicha amaliy mashq – 20 daqiqa
4. Tafakkur turlari. Muammoli vaziyat va masala yechish. Tafakkurning
individual xususiyatlari. Hayol to’g’risida tushuncha. Hayol va uning turlari.
Hayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat. (Kichik guruhlarda ishlash metodi
orqali)
5. Darsga yakun yasash - 5 daqiqa
Dostları ilə paylaş: