O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə148/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   171
psixologiya -fayllar.org

4- guruh uchun tarqatma material 
Xotira. Xotira jarayonlari va turlari. Xotira va faoliyat.
O’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda
olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir.



207
U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan


materialni esda saqlash, tanish va esga tushirish va unitishdan iboratdir.
Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganish bo’yicha
psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalar mavjuddir.
Psixologik nazariya.  Bu nazariya tarixiy jihatdan eng eski nazariya bo’lib, u
fanda ko’p va turli – tuman nazariyalarning olg’a surilganligi bilan mashhurdir.
Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday
rol o’ynashligi va bunda faollikning mohiyatiga qanday yondoshuv zarurligi
bilan baholash mumkin.
Nazariyaning birinchi guruhi assosiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga
ko’ra, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning o’zida yoki bevosita birin-
ketin paydo bo’lsa, u holda hosilalar o’rtasida assosiativ boglanishlar tarkib
topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo’lishi ongda uning
barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assosiasiyalar
uch turli bo’ladi: o’xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assosiasiyalari.
Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari
haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I. P.
Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng
muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik
mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi.
Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham
shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan
jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib ketishi esa uno’tishga sabab
bo’ladi.
Bioximik nazariya. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o’rganishning
neyrofiziologik usuli bioximik tadkikotlar darajasiga tobora yaqinlashib va
kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning uzaro tutashgan joyida olib
borilayotgan ko’plab tadkikotlarda uz tasdigini topdi.
Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat. Birinchi boskichda
(qo’zg’atuvchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga
kaytuvchi fiziologik uzgarishlarni keltirib chikaradigan kiska muddatli
elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi boskich birinchi boskich negizida
yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bo’lishi bilan boglik
bo’lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi boskich sekundlar yoki
minutlar maboynida davom etadi va uni kiska muddatli esda olib kolishning
fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Xujayralarda kaytarilmaydigan
uzgarishlarga olib keladigan ikkinchi boskich uzok muddatli xotiraning
mexanizmi xosoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashki qo’zg’atuvchilar ta’siri
ostida nerv xujayralarida ruy beradigan o’ziga xos ximiyaviy uzgarishlarning
izlarini mustaxkamlash, esda saklab kolish va yana kayta esga tushurish
jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin