49
avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartirish ko‘rsatkichi yomon-
lashadi, chunki avtopoyezd burilishida tirkama burilish markaziga
qarab siljiydi. Shuning uchun avtopoyezd harakatlanish bo‘lagining
keng ligi yakka avtomobilnikidan katta bo‘ladi. O‘tuvchanlikning
tayanch-tishlanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi.
Maksimal tortish kuchi, past uzatmada, avtomobil hosil qilish
mumkin bo‘lgan eng katta tortish kuchi. Tishlashish og‘irligi
avtomobilni yetaklovchi g‘ildiraklarga to‘g‘ri keladigan og‘irlik
kuchi. Tishlashish og‘irligi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘tuvchanlik shuncha
yuqori bo‘ladi.
Tayanch yuzaga shinaning nisbiy bosimi, shinaga vertikal
yukning kontakt yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich avtomobil o‘tuvchanligi uchun katta ahamiyatga
ega. Nisbiy bosim qancha kam bo‘lsa, tuproq shuncha kam yemirila-
di, g‘ildirak izining chuqurligi shuncha kam bo‘ladi, g‘ildirash qa-
rshiligi kamayib avtomobilning o‘tuvchanligi yuqori bo‘ladi.
Izning izga tushish koeffitsiyenti, oldingi g‘ildirak izining orqa
g‘ildirak iziga nisbati bilan aniqlanadi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari
to‘la mos tushganda, orqa g‘ildirak oldingi g‘ildirak izidan yurgani
uchun dumalash qarshiligi eng kam bo‘ladi. Oldingi va orqa g‘ildirak
izlari mos tushmaganda, oldingi g‘ildirak qoldirgan iz devorlarni orqa
g‘ildirak yemirishi uchun qo‘shimcha energiya sarflanadi. Shuning
uchun yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillarning orqa o‘qiga yakka
shina o‘rnatiladi va shu bilan g‘ildirash qarshiligi kamaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: