17-mavzu. O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi
va uning tarixiy ahamiyati.
Mustaqillikka erishuv yo`lida
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning natijasi bo’ldi. O’zbek xalqi qariyib 3000 yillik tariximizda qisqa vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi o’z tarixiy davlatchiligiga ega bо`lgan Turkistonni mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, goh oshkora bo`lsin xalqimiz azal-azaldan o’z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intildi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o’zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek xalqining mustaqillik uchun bо`lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o’zbek xalqiga munosib yo`lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 198-yil 23-iyunda O’zbekistonga rahbarlikka keldi. O’zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo`ladigan munosabatlarni o’zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo`lmasligini va buning uchun respublikaning to`liq mustaqilligini ta'minlash zarurligini tushunib yetdi. Uning tashabbusi bilan O’zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-avgustda "kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo’jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to’g’risida" maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g`oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo`lsa ham, I.A.Karimov o’z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o`sha yilning 4 oyida aholi qo`shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi.
O`ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko’proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo’ldi. Tomorqa xo’jaligi maydonining o`sishi, unga bо`lgan e'tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo’jaligining keskin o`sishiga olib keldi. 1989-2000 yillar mobaynida don yetishtirish 2,5 baravar o`sib, don bo`yicha chetga qaramlikdan qutulgan ekanmiz, bu muvaffaqiyatga erishishimizda tomorqachilarning ham munosib hissasi bor. Yana qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ham tomorqachilarning ulushi katta. Masalan, shu davrda kartoshka ishlab chiqarish, meva, sut mahsulotlari yetishtirishda ham ijobiy o`sishlarga erishildi. Mazkur mahsulotlarning asosiy qismi tomorqadan olinishi hech kim uchun sir emas.
Shuningdek, o`sha vaqtda hali ham "Paxta ishi", "O’zbeklar ishi" kabi uydirmalar bilan o’zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi. O’zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhirn qadamlardan biri O’zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida O’zbekiston hukumati avvalo respublika va o’zbeklar boshiga yog`ilayotgan malomat toshlariga chek qo`yish, "Paxta ishi", "O’zbeklar ishi" degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o’zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to`xtatish zarurligi uqtirildi. 1989-yil 21 oktabrda O’zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O’zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o’zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma'naviy va siyosiy hayotida ro`y bergan g`oyat muhim voqea bo’ldi.
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A. Karimovning siyosati bevosita o’zbek xalqi xohish-irodasi, sa'y-harakati bilan qo`shilib ketib, ittifoq rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo`ydi. O’zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990-yil 24-martida bo`lib o`tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to’g’risida qaror qabul qilindi va O’zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo`lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o’zgarishlarni takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma'nodagi mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo`ysunmaslik, o’z taqdirini o’zi belgilash tamoyili yotadi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o’zaro aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o`rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o’z taraqqiyot yo`lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O’zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo`ravonlik oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug`um o`tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita boshlagan edi.
O’zbekistonning mustaqilligi yo`lidagi yana bir muhim qadam O’zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi "Mustaqillik Deklaratsiyasi"dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko’rsatdilar. "Mustaqillik Deklaratsiyasi"da har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta'kidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo`lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo`lib, uning 1-moddasida "O’zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir",-deb, yozib qo`yilgan. Sessiya qabul qilgan bu "Mustaqillik Deklaratsiyasi" xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991-yil 22-iyulida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo`ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O’zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o`tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O`sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo’q edi. Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo`lmas, o’z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bо`lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o`tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g`ayri konstitutsion yo`llar bilan davlat to`ntarishi o`tkazish bilan bo`lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O’zbekiston hukumati o’zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o’zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989-yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991-yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish ko’rsatilgan, 1991-yil 14-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to`rtinchi sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti LKarimov nutq so’zladi. Mazkur nutq matbuotda "Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik" degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O’zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o’z munosabatini bildirib, O’zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o`tdi. 1991 yil Navro’z bayrami arafasida Prezident avf etish to’g’risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo`r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o`sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e'lon qilar edi. 1991-yil 19-avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to`ntarilishiga urinish bo’ldi.
To`ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo'1 qo`ymaslik hamda mamlakatdagi marokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin O’zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to`ntarilishini qo`llab-quvvatlash yo`lidagi ig`vogarona' harakatlarga uchmaslik uchun o’zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O`sha vaqtda O’zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qafiy tarzda O’zbekiston nuqtayi-nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati: "Markazdan, kim bo’lishidan qafiy nazar, Qonunga xilof ko’rsatmalarni bajarish mumkin emas",-deb hisobladi. 20 avgustda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog`iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo’ldi. Unda O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O’zbekistonning o’z mustaqilligiga erishish yo`li qafiy ekanligini ta'kidiadi. O’zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g`ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko’rsatmalari noqonuniy deb e'lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya'ni markaz va respublikalar o`rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan har bir jumhuriyat o’z holiga tashlab qo`yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g`ri baholagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti LKarimov Oliy. Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko’zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq naybatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o’z ishini boshladi. O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Unda "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida" hamda "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i to'g`risida"gi masalalar kun tartibiga qo`yilib, qizg`in muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqtlligi to’g’risida Prezident I.A. Karimov ma'ruza qildi. U o’z nutqida 1991-yil o`rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a'zolarining xalqlar ozodligi, jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro`y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari ,noddama-modda muhokamadan so`ng O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonunni qabul qildilar. So`ngra Respublika Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonot qabul qilindi. O'zbekiston SSR ning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o’zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliybayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro`yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi.
"O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g`risida"gi qonun 17 moddadan iborat bo`lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o`ynaydigan bo’ldi.
Ushbu qonunda O’zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e'lon qilindi, ma'muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo`linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o’z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekistonning Qoraqolpog`iston bilan munosabatlari xususida so’z borib, O’zbekiston Qoraqolpog`istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O’zbekiston tarkibida ekanligi e'tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o`sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho`qqisi bo’ldi. Shunday qilib, o’zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo'l bilan, yurtboshimiz I.A. Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo'1 tutishi orqali erishildi.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog`liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o`tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O’zbekiston Respulikasi referendumini o`tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda; "Siz Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma'qullaysizmi?" mavzuida referendium o`tkazishga katta tayyorgarlik ko`rildi. Referendum yakuniga ko`ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O’zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O’zbekiston mustaqil respublika deb e'Ion qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo`r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo`shma Shtatlarining o`sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko`rish mumkin. 24-sentabrda Toshkentda xalqaro anjurnan o`tkazildi. o’zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O’zbekiston Prezidenti nutq so’zladi. 1991 yil 14 sentyabrida O’zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII syezdida I.A.Karimov taklifi bilan O’zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e'lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko’rsatmasligi e'tiborga olinib, ushbu partiya o`rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e'lon qilindi. O’zbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi. O’zbekiston Respublikasinirig Davlat Bayrog`i to’g’risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog`inirtg variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo`mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog`i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo`lib o`tgan VIII sessiyasi "O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`i to’g’risida" qonun qabul qildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`i ulug` ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma'naviy jihatlarini ham o’zida aks ettirmog`i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog`i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo`lib qoldi. 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi" to’g’risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega. Gerb rangli tasvirda bo`lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog`i va "O’zbekiston" degan yozuvlar tilla rangda, g`o’za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog`lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i tasvirlangan lenta to`rt xil rangda berilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g`risida"gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining prezidentlik shakli rivojlandi. 1991-yil 29-dekabrda o’zbek xalqi xohish-irodasi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko’rilib, O’zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o`tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod-O’zbekiston XDP va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va "Erk'" Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo`yildi.
Saylovlar yakuniga ko`ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari raajlis bayonlarini ko`rib chiqib. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug`aniyevich Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
Dostları ilə paylaş: |