O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


FANNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə113/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

FANNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA
BAHOLASH
«Elektrotexnika va elektronika asoslari» o‘quv fani bo‘yicha ta‘lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy majmuaviy yondashuvlarni ko‘rsatib beramiz:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirish, ta‘lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va tezlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‘rtasida demokratik, tenglik, hamkorlik kabi o‘zaro sub’ektiv munosabatlarga, faoliyat maqsadi va mazmunning birgalikda shakllantirish va erishilgan natijalarni baholashga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish asosida ta‘lim oluvchining o‘zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu jarayon ilmiy bilimlarni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini aniqlash, dialektik tafakkurni va ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo‘llashni shakllantirishni ta’minlaydi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin