O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


FANNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH MEZONI



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə115/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

FANNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH MEZONI.
Baholash mezoni o‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar, malaka ko‘nikmalar tekshiriladi;
Oraliq nazorat – semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o‘quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtixonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o‘tkaziladi;
Yakuniy nazorat –kasb-hunar maktabida o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.

Baholash mеzoni:

Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o‘tkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta‘lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarning bajarilishi zarur:

  1. Har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralar tomonidan ma’qullangan variantlar asosida boshlang‘ich nazorat o‘tkaziladi. Boshlang‘ich nazorat reyting monitoring va tahlil guruhi tomonidan o‘tkaziladi;

  2. O‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda Qaytar nazorat belgilanadi. Ushbu bo‘limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;

  3. Yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida

reyting monitoringi va taxlili guruhi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Har bir nazorat (so‘rov) turi turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar
5 ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchi mazkur fan bo‘yicha quyidagi mezon asosida baholanadi:

  • O‘quvchining darslarga qatnashganlik darajasi;

  • Nazariy mashg‘ulotlaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to‘liqligi;

  • Yozma va og‘zaki nazorat turi natijasi bo‘yicha;

  • O‘quvchining mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi va o‘zlashtirishi.

5 ball -“A’lo”
4 ball- “Yaxshi”
3 ball- “Qoniqarli”
2 ball- “Qoniqarsiz”
Elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan o‘quvchilarning bilimini baholash mezoni.

T/r

Baholash mezoni

Baho

1.

Davlat ta‘lim standartlaridan kelib chiqib, darslarda 95% gacha qatnashgan, mustaqil fikrladigan, olgan bilimlarini to‘liq tushuntirib bera oladigan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan, har jihatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan.

5

2.

O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, mustaqil fikrlash orqali olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan.

4

3.

Mustaqil fikrlash orqali olgan bilimlarini qisman tushuntirib bera oladigan ,fan haqida qisman ma’lumotga ega bo‘lsan.

3

4.

Yuqoridagi shartlarni 50-60%ni bajarishda qiynalgan o‘quvchilar qo‘shimcha va Qaytar topshirgan

2

Izoh: Fanning ma‘ruza mashg‘ulotlari asosan o‘quvchilar bilan baxsmunozara va savol-javob tartibida olib boriladi. Bunday darslarning samarali o‘tkazilishi uchun talabalar dars mavzulari bo‘yicha ko‘p roq mustaqil tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. Mashg‘ulotlarda talabalarga testlar beriladi va ayrim mavzular bo‘yicha misollar yechiladi. Fanni chuqurroq o‘rganishi uchun har bir talabaga mustaqil ta‘lim olishlari uchun referat yozish,qo‘shimcha mashg‘ulotlar tayyorlash uchun topshiriqlar beriladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin