O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə114/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash. Bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashdir.Berilgan kontseptual qoidalarga asosan, «Elektrotexnika va elektronika asoslari» fanining maqsadi, tuzilishi, o‘quvma’lumotining mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda, berilgan sharoitda va o‘quv rejasida belgilangan vaqtda, fan bo‘yicha davlat ta‘lim standartlarida erishishni ta’minlaydigan kommunikatsiya, ma’lumot, boshqarish va o‘qitishning uslublari hamda vositalari yaxlitlikda tanlab olindi.
O‘qitish uslublari va texnikalari. Ma‘ruza (kirish, mavzuiy, ma’lumotli, ko‘rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni echish), munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor-so‘rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va o‘zaro o‘qitishga asoslangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o‘qitish.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy vositalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi va ma‘ruza matni) bilan bir qatorda chizmani organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor, Qaytar aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Qaytar aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalari: Joriy oraliq va yakuniy nazorat natijalarini tahlil qilishga asoslangan kuzatish, tezkor-so‘rov, o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘ulotining bosqichlari, belgilangan maqsadga erishishda ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchining faoliyati, nafaqat auditoriya ishini, balki mustaqil va auditoriyadan tashqari ishlar nazoratini (joriy, oraliq, yakuniy) belgilab beruvchi o‘quv mashg‘ulotlarini texnologik xarita ko‘rinishida rejalashtirish.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulot jarayonida (o‘quv vazifalari va testlarni bajargani uchun baholash, ta‘lim oluvchining har bir o‘quv mashg‘ulotidagi o‘quv faoliyatini reyting baholash), ham butun kurs davomida (har bir ta‘lim oluvchining reyting bahosiga asosan joriy, oraliq va yakuniy natijalari) ta‘lim natijalarini rejali tarzda kuzatib borish.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin