Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org
1 - rasm. Qozon barabanida cho'kma hosil bo'lishini oldini olish uchun bug' separasiyalanishini suvli muhitda teshikli list yordamida amalga oshirish. Qozon agregatlarida eng ko'p qatlamlar hosil bo'ladigan qismi bu ekran quvurlaridir. Bu bug'
hosil bo'ladigan quvurlarda qatlamlarning hosil bo'lishi.metalllarning issiqlik o'tkazuvchanligini
kamaytirib,quvurlarning o'ta qizib ketishiga olib keladi. Quvur devorining o'txona tomonidagi xarorati
qo'yidagicha aniqlanadi.
tg = tq + Tq(δ g / λ g + δ qat / λ qat + 1/α 2 ) bu erda tg – quvur devori xarorati °S tq- qaynayotgan suvning xarorati - °S Tq-issiqlik
oqimining zichligini vt/m
2
δ
g
va δ
qat
-
quvur devori va qatlamning qalinligi λ
g
va λ
qat
– quvur
devorining va qatlamning issiqlik o‟tkazuvchanlik koeffisenti.
Yuqoridagi tenglamadan ko'rinadiki quvur devori yuzasining xarorati issiqlik oqimi zichligiga
qatlamning qalinligiga to'g'ri issiqlik o'tkazuvchanlik koeffisientiga teskari proporsional ekan.Bu erda
(α
2
– hosil bo'lgan qatlam uchun suvga issiqlik uzatish koeffisienti.
Hozirgi zamon qozon agregatlari radision qismi yuzalarida xaroratning juda katta bo'lish issiqlik
oqimining zichligi 600-700 kvt/m
2
ko'tarilishi sababli quvur devoridan qaynayotgan suvga
uzatilayotgan issiqlikning kamayishi quvur devorining yuzalari xarorati 500-600
o
S gacha ko'tarilib
ketib, metall mustaxkamligiga ta'sir qilib,uning shikastlanishiga,unda teshiklar, yoriqlar hosil
bo'lishiga olib keladi.Qozon agregatlarini ishlatish jarayonida quvur devoridagi qatlamlar kuchib
tushib,quvurlarning gorzantal joylashgan qismlarida egilgan joylarida to'planib, suv yuradigan
quvurlarning ko'ndalang yuzalarining toraytirib, suvning aylanishini kamaytiradi.Bu qatlam va
quyqalarning hosil bo'lmasligi uchun IESlarda ishlatiladigan suvlar suv tozalash inshoatlarida
tarkibidagi qatlamlar hosil qiladigan moddalardan turli usullarda tozalanadi.Ammo ta'minot suvining
asosini tashkil qiluvchi kondensatning turbina kondensatorida sovutuvchi suvning turli yo'llar bilan
qo'shilishi natijasida kondensatning ifloslanishi quvurlarda qatlamlar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi.