O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


issiqlik tarmoqlarining suv tartibi



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə73/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

issiqlik tarmoqlarining suv tartibi. 

2-rasm.Issiqlik ta’minotining chizmasi: 
1-tarmoq nasosi, 2-asosiy tarmoq suvining isitgichi, 3-asosiy isitgichga turbinadan olinadigan bug', 
4-o'ta kuchli isitgich, 5-o'ta kuchli isitgichga turbinadan olingan bug', 6-tarmoq suvining yo'li, 7-
issiqlikdan foydalanuvchi, 8-tarmoq suvining qaytish yo'li, 9-qo'shimcha suvning nasosi, 10-QSTQ. 
Bu rasmda issiqlik tarmoqlarining asosiy qurilmalaridan ikkita isitgichlar ko'rsatilgan: asosiy (2)
va o'ta kuchli (4). Issiqlik energiyasi ko'p miqdorda kerak bo'lganida (qish vaqtida) ko'pincha o'ta
kuchli isitgichning o'rniga suv isitish bug' qozoni ishlatiladi.Turbinadan isitgichlarga kelgan bug' (3,5),
tarmoq suvini isitadi va kondensatga aylanib, kondensatorga qaytadi.Isitilgan tarmoq suvi esa
foydalanuvchiga yuboriladi (7) va ortiqchasini (8) tarmoq nasos orqali (1) yana isitgichlarga
yo'naltiradi.Issiqlik tarmoqlari ikki xil bo'ladi: ochiq va yopiq. Ochiq tarmoqlarda foydalanuvchilarga
issiq suv beriladi va uning sifati TFQ bo'yicha ichimlik suvining normalariga teng bo'lishi kerak.
Yopiq tarmoqlarda qo'shimcha va tarmoqlar suvlarining sifatini emirilish tezligini kamaytirishi kerak.
Undan tashqari issiqlik tarmoqlarining holati tarmoqlar tizimlarida qatlamlarni oldini olishi kerak. Bu
vazifa deaerasiya jarayoni bilan bajariladi.
Yopiq konturlar yo'qotishlarga ham ega bo'ladi. Bu yo'qotishlar qo'shimcha suv bilan to'ldiriladi
va 0,5 % tarmoq suvning xajmidan olinadi. Havo harorati past bo'lganda (-230° S), rezerv soni bo'lishi
kerak va u qo'shimcha suvdan 5 %ini tashkil etadi. Shuning uchun o'rnatilgan to'plash sig'imlaridan
(hajmi 2000(5000 m
3
) qo'shimcha suv nasos bilan (2-rasm 9) tarmoq suvining yo'liga (6) yuboriladi.
Issiqlik tarmoqlarining ishonchli ishi suvning ko'rsatkichlar normasiga bog'liq. Birinchidan,
qo'shimcha suvni tozalash shart va shuning uchun qo'shimcha suvning tozalash qurilmalarida
kimyoviy usullardan foydalaniladi. Bu ion almashtirish, tindirish, cho'kma hosil qilish usullari.
Tozalash chizmalaridan quyidagilari ishlatiladi: Na,- I,- I -Na- kationitlash, kislotalanish,



88
ohaklantirish, soda-ohaklantirish. Undan tashqari, kamdan-kam hollarda magnit bilan tozalash


usulidan foydalaniladi.
Tarmoq suvida har xil aralashmalar mavjud bo'lib, ularning miqdori va suvning elektr
o'tkazuvchanligi katta bo'ladi. Suv tartiblari buzilganda, aralashmalardan metall yuzasida qatlamlar
hosil bo'ladi.
Tarmoqlar tizimida ular ikki xil bo'ladi:
yuqori haroratda - kalsiy sulfat,
past haroratda - kalsiy karbonat birikmalari.
Ushbu jarayonning natijasida tarmoq suvining harorati tushadi va isitish xonalarida havo
harorati pasayadi.
Shuning uchun, tarmoq suvlarining sifatini tarmoq qurilmalarining harorat tarkibiga qarab
normalarini belgilash kerak.
Tarmoqli suv tarkibida emirilish jarayonini qo'zg'atadigan gazlar CO
2
, O
2
ko'p miqdorda bo'ladi.
Ular metall yuzasida emirish jarayonini tezlashtirib, avariya holatiga olib kelishi mumkin. TFK
normalarida kislorod miqdori 50 mkg/kg gacha bo'lishi ruxsat beriladi, CO
2
bo'lmasligi kerak va
tarmoq suvini albatta deaerasiyalash kerak. Shuning uchun tarmoq qurilmalarining ichida vakuum
deaeratori ishlatiladi.
Suv ko'rsatkichlaridan pH, harorat, ishqorlik, qattiqliklarga katta ahamiyat beriladi. Undan
tashqari, hozir yana bir kerakli ko'rsatkich tatbiq qilingan. Bu karbonat indeksidir, I
K
.
I
K
ni hisoblash uchun suvning umumiy ishqorliligini qattiqligiga ko'paytirish kerak va quyidagi
birlikda o'lchanadi, (mkg-ekv/kg)
2
. I
K
-ning yuqori chegara qiymatlari jadvalda berilgan. Agar
hisoblangan I
K
bu jalvaldagi yuqori chegara qiymatidan yuqori bo'lsa, tarmoq suvlarida qatlamlar
hosil bo'ladi va uning tezligi katta bo'lishi mumkin (1 g/m
2
s dan ko'proq).

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin