O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə75/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

bug'latgichlarning suv tartibi. 
IESlarda qo'shimcha suv kimyoviy va termik usullar bilan tozalanadi.Kimyoviy tozalashda ion
almashinuv jarayonlari olib boriladi. Termik usulda suv bug'latgichlarda (3-rasm) tuzsizlantiriladi.



90


3 - rasm. Vertikal bug'latgich chizmasi (bir pog'onali barbotaj yuvish uskunasi bilan): 
1-ikkinchi bug'ning chiqish yo'li, 2-pardali separator, 3-isitish bug'ining berish joyining yo'li, 
4-ta'minot suvining berish yo'li, 5-bug'ning yuvish to'sqichi, 6-suvni ko'rsatuvchi shisha, 7-
isitish bug' kondensatining chiqish yo'li, 8-isitgichdan suvning to'kish joyi, 9-barabandan 
tuzli suvning chiqarish jarayonining joyi, 10-yo'naltiriluvchi poydevor,11-isitgichning 
tanasi,12-isitish qismi, 13-tushirilib qo'yiladigan quvur.
Bu bug'latgichlar IESlarning prinsipial issiqlik chizmasiga kiradi. Suvni isitish uchun
turbinalardan bug' olinadi (3). U suvni isitadi va kondensatga aylanib (7), IESlarning asosiy sikliga
qaytadi, past bosimli isitgich joyiga. Ta'minot suv bug'latgichga kirib (4) qizdiriladi va bug'ga aylanadi
ikkinchi bug' (1). U kondensatorga o'tib, kondensatga aylanadi va asosiy turbina kondensatiga
qo'shiladi. Ikkinchi bug' toza bo'lishi uchun qizdirgichlarda bug' yuvish uskunalari o'rnatiladi (2,5).
Bug'latgichlar uchun qo'shimcha suv albatta Na kationit filtr orqali yumshatiladi va olingan distill
sifati, TFQ normasiga qarab, quyidagi bo'lishi kerak Na - birikmalari - 100 mkg/kg - gacha;
Uglerod (IV) oksidi (CO
2
) - 2 mg/kg - gacha.Distillyatning sifati o'zgarmasligi uchun bug'latgichlarda
barabandan tuzli suvning chiqarish jarayoni olib boriladi. Ta'minot suvning tuz miqdori ko‟pligida
(2000 mg/kg dan ko'proq) kalsiy birikmalari cho'kmaga tushmasligi uchun bug'latgichning suv
hajmiga fosfat tuzlarini yuborishiga ruxsat berilgan. Bu jarayon ko'pgina o'rta bosimli IEMlarda
ishlatiladi.
Ba'zan bug'latgichlardan distillyat o'rniga foydalanuvchilarga bug' yuborish mumkin. Bu bug'latgichlar
bug' o'zgarish uskunalari deb aytiladi. Turbinadan bug'ni olmasligi sababi, bug'larda zararli moddalar
bo'lishi mumkin (ammiak, gidrazin) yoki IEM qurilmalarining suvi ishqorli bo'lishi mumkin. Shuning
uchun bu bug'larni tibbiy va ovqat tayyorlash korxonalariga yuborish mumkin emas.
Bug' o'zgarish uskunalarining ta'minot suvi albatta yumshatilgan bo'lishi shart va tuzli suvning
chiqarish jarayonini albatta olib borish kerak. Bu uskunalarda ikkinchi bug' sovutiladi va to'g'ri
foydalanuvchilarga yuboriladi.



91


Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin