O‟zbekiston Respublikasi Oliy va O‟rta Maxsus Ta‟lim Vazirligi Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti



Yüklə 268,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix24.12.2023
ölçüsü268,67 Kb.
#191154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kitob 9250 uzsmart.uz

“Dunyo savdo bilan oboddir” 
Amir Temur 
1.
 
O‟zbekistonning iqtisodiy geografik joylashuvi, eksport 
salohiyati va jahon iqtisodiyotida tutgan o‟rni. 
 
Ma‘lumki, O‘zbekiston Yevroosiyo materigining deyarli qoq markazida, 
dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash 
regionlarga xos barcha qulayliklar respublikamizga xos emas. 
O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik joylashuvi xususiyatlarini, uch 
jixatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
I. O‟zbekistonning O‟rta Osiyodagi mustaqil davlatlarga nisbatan 
tutgan iqtisodiy-geografik o‟rni (mikrogeografik o‟rni);
O‘zbekistonning O‘rta Osiyo mustaqil davlatlariga nisbatan tutgan o‘rni 
avvalo uning iqtisodiy mintaqaning markaziy qismida joylashganligi, juda kulay 
transport imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu respublikaning rivojlanishi uchun 
qulaylik yaratadi. O‘zbekiston iqtisodiy-geografik o‘rni tufayli (tabiiy sharoiti va 
resurslari ham) uzoq tarixiy rivojlanish davrlaridan boshlab O‘rta Osiyoning eng 
rivojlangan o‘lkasi hisoblangan. 
Respublikamizning iqtisodiy jixatdan rivojlanishiga paxtachilik majmuasi 
hamda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘ziga xos temir yo‘l darvozasi 
hisoblanishi ham ancha imkoniyatlarni yaratgan. 
II. O‟zbekistonning unga yaqin davlatlar guruxiga nisbatan tutgan 
iqtisodiy-geografik o‟rni (mezogeografik o‟rni);
O‘zbekistonning mezogeografik o‘rni avvalo uning Markaziy Osiyo-
Qozog‘iston mikromintaqasidagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda ham 
respublikaning markaziy mavqega ega ekanligi asosiy ijobiy holat hisoblanadi. 
Bu avvalo O‘zbekiston xududining juda katta masofada Qozog‘iston xududi bilan 


- 6 - 
tutashganligida ko‘rinadi. Bu imkoniyatlar Qozog‘iston bilan O‘zbekiston 
o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun juda qulay. 

Yüklə 268,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin