III. O‟zbekistonning hamdo‟stlik davlatlari va boshqa xorijiy
mamlaktalarga nisbatan tutgan iqtisodiy-geografik o‟rni (makrogeografik
o‟rni).
O‘zbekistonning hamdo‘stlik davlatlaridagi muxim iqtisodiy bazalardan va
jahonning iq tisodiy
jixatdan
rivojlangan
mamlaktalar
bilan
bog‘lanish
imkoniyatlarining cheklanganligi hisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy-
geografik o‘rnining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi ma‘lum
bo‘ladi.
O‘zbekiston respublikasi xalqaro xamjamiyatning teng xuquqli sub‘yekti,
jaxon xo‘jaligining ajralmas bir qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
yangi turi – bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidan bormoqda.
Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston xalqaro
aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jixatidan
qulay geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni
bog‘lab turgan buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu yerda
savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini
boyitishi jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo
– Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar shu yerda kesishadi.
O‘zbekistonning xududiy-makon xususiyatlari, uning geografik o‘rni
bizning ichki va tashki siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta
axamiyatga ega.
Markaziy osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jixatdan markaziy o‘rin tutgan
O‘zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta‘minlash, strategik muxim
bo‘lgan ushbu mintaqada hamkorlikka mustaxkam zamin yaratish jarayonida
sezilarli rol o‘ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega. Uning xududi o‘zining
mavjud va potentsial tabiiy hamda xom ashyo zaxiralari bilan hozirdanoq 21 –
- 7 -
asr arafasida dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida aloxida axamiyati kasb
etmoqda.
Xorijiy mamlaktalar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda
O‘zbekiston oldida imkoniyatlar ochilmoqda.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan buyon iqtisodiy-geografik
o‘rnini tobora yaxshilab bormoqda. Bular natijsida respublika ishlab chiqarish
kuchlarining yanada tez rivojlanishiga erishish uchun imkoniyat darajasi ortib
bormoqda.
O‘zbekistonning noyob tabiiy imkoniyatlari, qulay iqlim sharoitlari, ulkan
xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishlok xo‘jalik xom ashyosining
katta zaxiralari asosli ravishda mintaqa va dunyoning eng boy mamlaktalari
qatoriga olib chiqadi.
O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jaxon xaritasida
ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. Bu esa butun
dunyoga mashxur chet el kompaniyalari va banklarining e‘tiborini jalb etishi
aniq.
Prezidentimiz aytib o‘tkanlaridek, O‘zbekiston hududida ―Mendeleyev
jadvali‖dagi deyarli barcha elementlarni uchratish mumkin. Mana shunday ekan,
biz Yaratgan inom etgan bu ozod, obod, tinch va jaxon hamjamiyatida o‘ziga xos
va mos mavqega ega bo‘lgan mamlakatda Allohga ming – ming shukronalar
keltirgan holda u bergan ne‘matlardan oqilona foydalanib, yurtimiz tinchligi va
farovonligi uchun tinmay mehnat qilib yashamog‘imiz zarurdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi
moddiy va nomoddiy maxsulotlar avvalo xalqimiz iste‘moli uchun
yo‘naltirilmoqada hamda iste‘moldan ortgan qismi Respublikamizda mavjud
bo‘lmagan moddiy ne‘matlar, shuningdek fan texnika taraqqiyoti, tejamkor,
yuqori mexnat unumdorligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini olib kelish
maqsadida chet davlatlarga eksport qilinmoqda.
- 8 -
Davlat mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston oldida jahon iqtisodiyotiga
qo‘shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O‘nlab yillar mobaynida iqtisodiy
siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xalq xo‘jaligi tarkibida chuqur
nomutanosibliklarga olib kelgan edi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi
deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib,
iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechgan, ijtimoiy
omillar e‘tiborga olinmagan, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining
moddiy-texnika bazasi past darajada qolib ketgan edi. Rivojlanishning
bunday yo‘li oqibatida respublikada iste‘mol qilinadigan
mahsulotlarning chorak qismidan ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish
maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa
mamlakatlardan keltirilgan va import qilingan. Mustaqillikning ilk yillarida
O‘zbekistondan chetga chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko‘prog‘ini
xom ashyo – paxta va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etardi. Umuman
olganda O‘zbekistonning respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning
deyarli arzimas qismini, tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan
kamroqni tashkil etardi. Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va
respublikalararo hamda tashqi eksportning foiz nisbati respublika moliya
balansi, valyuta resurslari va davlat byudjetida surunkali taqchillikni vujudga
keltirgan edi. Shu sababli tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning
vazifalarini tubdan o‘zgartirish, xo‘jalikni tashqi bozorga yo‘naltirish
respublikadagi ahvolni barqarorlashtirishni ta‘minlash maqsadida Prezidentimiz
tomonlaridan zarur chora tadbirlar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil rivojlanish
yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni izchil amalgam oshirishga kirishdi. Bu
jarayonda qisqa davr mobaynida shunday rivojlanish yo‘li uchun poydevor
yaratildi. Bunga ko‘ra Respublikamiz Prezidenti tomonidan bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning besh tamoyili taklif qilindi.
Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- 9 -
1.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi;
2.
Davlat bosh islohotchi;
3.
Qonun ustuvorligi;
4.
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish.
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, «…ayni paytda biz o‘z vaqtida tanlab olgan
iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekanini va amalda o‘zini to‘la
oqlaganini hayotning o‘zi yana va yana tasdiqlab bermoqda»
1
.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni
erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi
savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror
sur‘atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekiston
bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga o‘z mahsulotlarini eksport
qiladi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga erishish uchun Prezidentimiz tomonidan tegishli
qaror va Farmonlar qabul qilindi.
―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Eksport qiluvchi korxonalarni
rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatdosh mahsulotlarni eksportga yetkazib
berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘grisida»gi 2012 –
yil 26 – martdagi PQ – 173 – sonli va ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora
– tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida» 2012 – yil 10 – sentabrdagi PQ – 1816-
sonli qarorlari yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining eksport
salohiyatiga ega va borgan sari bu salohiyat yuksalib bormoqda. Ya‘ni
O‘zbekiston bugungi kunda xorijiy davlatlarga quyidagi mahsulot va tovarlarni
eksport qilmoqda:
1
Karimov I.A. Barcha reja dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. –
T.:«O‘zbekiston»,2011.4-b
- 10 -
Dostları ilə paylaş: |