41
arxivlariga topshirish zarurligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishlari lozim.
Shaxsiy arxivlar hujjatlari qonunda belgilangan tartibda ikki tomonlama shartnoma
asosida mulkchilik huquqi saqlangan holda davlat arxivlarida saqlanishi mumkin.
Tayanch iboralar
Arxivlarni komplektlash – arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish
Arxivlarni yangi hujjatlar
bilan to’ldirish
– davlat arxivlari fondlariga muntazam ravishda
yangi hujjatlarni qabul qilish
Arxivlarni to’ldirish
manbalari
– davlar arxivlariga yangi hujjatlar yuboradigan
idoraviy
arxivlar, shaxsiy arxivlar, muzey va
kutubxonalarning qo’lyozmalar
fondlari
Markaziy (respublika)
ahamiyatiga molik
fondlar
– markaziy davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari hujjatlari saqlanadigan arxiv fondlari
Mahalliy ahamiyatga
molik fondlar
– viloyat, shahar, tuman
va qishloqlar miqyosida
faoliyat olib borgan tashkilot va muassasalar
hujjatlari saqlanadigan fondlar
Arxiv hujjatlarini
depozitar saqlash
– ularni hujjat egasi bilan arxiv, muzey, kutubxona
o’rtasidagi
kelishuv
(shartnoma)
bo’yicha
belgilangan shartlar
asosida mulkdorning arxiv
hujjatlariga nisbatan mulk huquqini saqlab qolgan
holda arxivda, muzeyda, kutubxonada saqlash.
Nazorat savollari
1. «Arxivlarni komplektlash» degan tushunchani izohlab bering.
2. Davlat va idoraviy arxivlar qanday yo’l bilan to’ldirib boriladi?
3. Qaysi arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi?
4. Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad nima?
5. DAF hujjatlari qanday yo’llar bilan markaziy va viloyat arxiv-lariga
taqsimlanadi?
6. Qanday hujjatlar (fondlar)
markaziy ahamiyatga, qaysilari esa mahalliy
ahamiyatga molik hujjatlar hisoblanadi?
7. Davlat arxivlarini to’ldiruvchi asosiy manbalarni sanab o’ting.
8. Istiqlolchilik harakatining atoqli arboblaridan biri Shermuhammadbek xorijga
o’zi bilan bir qancha hujjatlarni olib ketganligi ehtimoldan holi emas. Hozirgi
42
kunda bu hujjatlar uning xorijdagi farzandlari yoki
boshqa qarindoshlarining
shaxsiy arxivlarida saqlanishi mumkin. Tasavvur qiling, O’zbekiston hukumati
Sizga bu hujjatlarni respublikaga qaytarish vazifasini topshirdi. Siz vazifani
bajarish uchun nima qilasiz?
9. Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirish ishlariga qaysi mutasaddi
tashkilotlar rahbarlik qiladi?
10. Fuqarolarning shaxsiy arxivlarida saqlanayotgan
hujjatlar qanday tartibda
davlat arxiviga olinishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: