O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
arxivshunoslik (1)

Hisob hujjatlari, ularning 
davlat va idoraviy arxivlarda 
yuritilishi 
Муаммоли савол: Архив ҳужжатлари қандай ҳисобга 
олинади? 


44 
ma’lumot beruvchi varaqa hamdir. Ammo fondlar varaqasi arxivdagi fondlarning 
tartib raqami bo’yicha olib borilishi sababli bu hol kerakli fondni izlab topish 
imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shu sababli ularga qo’shimcha ravishda fondlar 
varaqasi ko’rsatkichi (ukazatelp) tuziladi. 
4. Ro’yxatlar. 
Yig’majildlar ro’yxati – bu arxiv ma’lumotnomasi bo’lib, unda arxiv 
fondidagi hujjatlarning sarlavhasi, tarkibi va mazmunini aks ettiriladi. 
5. Yig’majildlarga ilova qilinadigan ularning ichki ro’yxati (mundarijasi). 
6. Fondlar tavsifnomasi. Har bir fondning tarixi va ahvoli haqida ma’lumot 
beruvchi hujjat. 
7. Arxiv pasporti (shahodatnomasi). Har yilning boshida tuzilib, arhiv 
haqida hartomonlama ma’lumot beruvchi hisobotnoma. Unda arxivda 
saqlanayotgan hujjatlarning hajmi, ularni saqlash sharoitlari to’g’risida, 
arxivdagi kadrlar haqida ma’lumot beriladi. Shahodatnomaning 2-
bo’limida arxivdagi fondlar, ularda saqlanayotgan yig’majildlar miqdori 
haqida hamda boshqa ma’lumotlar bo’lishi mumkin. 
Arxiv materiallarining hisobi faqat arxivning o’zida emas, balki viloyat 
arxiv bo’limlarida hamda respublika bosh arxiv Boshqarmasida ham olib boriladi. 
Ular arxivlar tayyorlab bergan fond kartochkalari asosida fondlar katalogini 
tuzadilar. Fond kartochkasi – bu fond varag’ining qisqartirilgan variantidir. 
Idoraviy arxivlarda fondlar va yig’majildlar hisobi olib boriladi. Asosiy 
hisob hujjatlari – bu yig’majildlar ro’yxati, fondlar ro’yxati, fondlar varaqalari, 
arxiv shahodatnomasi hisoblanadi. Bular orasida yig’majildlar ro’yxati asosiy o’rin 
egallaydi. Bu ro’yxat doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar uchun alohida-
alohida tuziladi (masalan, 91-ro’yxat, 1-v-ro’yxat va hokazo). Muassasa 
arxivlarining hujjatlari davlat arxivlari hujjatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu 
boisdan mazkur muassasaning materiallari qisman davlat arxivlarida saqlanayotgan 
bo’lsa, u holda joriy arxiv xodimlari fondlar va ro’yxatlar tartibini davlat arxiv 
xodimlari bilan kelishgan holda muvofiqlashtirib berishlari kerak. 
Davlat arxivlaridagi yig’majildlar vaqti-vaqti 
bilan tekshirib turiladi. 
Ularni tekshirishdan asosiy maqsad yig’majildlarni mavjudligiga ishonch 
hosil qilish, nurab qolgan yoki zarar ko’rgan yig’majildlarni aniqlash, ularning 
qaysi biri restavrasiya yoki dezinfeksiya qilinishi, mikrofilpmlashtirilishini 
aniqlashdan iboratdir. 
Tekshiruvlar har bir arxivning joriy va istiqbolli rejalari asosida olib 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin