O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


  7.2. Buyuk Depressiya iqtisodiy inqirozi kelib chiqish sabablari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

 


75 
7.2. Buyuk Depressiya iqtisodiy inqirozi kelib chiqish sabablari 
va oqibatlari. 
Ushbu iqtisodiy inqiroz ―buyuk depressiyasi‖ nomi bilan mashhur 
bo`lib, o`zining juda katta salbiy oqibatlari va dunyo iqtisodiyotiga 
ko`rsatgan ijtimoiy-iqtisodiy zararining ko`lamdorligi bilan eng ko`p 
o`rganilgan hamda ko`plab tadqiqotlar olib borilgan inqirozlardan biri 
bo`lib hisoblanadi.
Inqiroz iqtisodiy faollikning keskin pasayganligi, asosiy jahon 
valyutalarining oltin standartlaridan qoz kechganligi, ishsizlar sonining 
keskin oshganligi va o`zining iqtisodiyotga ko`rsatgan zarari, iste`mol 
hajmining pasayib ketganligi bilan tarixda chuqur iz qoldirgan. 
Mazkur inqiroz N`yu-York fond birjasida sodir bo`lgan 
tanazzuldan boshlangan bo`lib, ma`lumotlarga ko`ra 1929-yilning 28-
29-oktyabr` kunlari birjaning asosiy indekslari birdaniga 25 foizga 
pasayib ketishi sodir bo`lgan. Ushbu holatni bartaraf etish va oldingi 
holatga keltirish uchun qilingan sa`y harakatlarga qaramasdan 
narxlarning qulashi davom etavergan. 1933 yilda o`zining yuqori 
cho`qqisiga chiqib, Dou-Jons indeksining 83 foizga pasayishi, ya`ni 365 
dan 63 punktga pasayib ketganligiga qayd etilgan.
Mazkur holat asta-sekinlik bilan butun Amerika iqtisodiyotini, 
xususan, tarmoq va sohalarning butunlay parokanda bo`lishiga olib 
kelgan. Fond birjasining tanazzulidan bir yil o`tar-o`tmas tijorat 
banklarining birma-bir yopilishi sodir bo`la boshlagan. 1929-1933-yillar 
oralig`ida AQSHda 9000 tijorat banki o`z faoliyatini to`xtatishga majbur 
bo`lgan. O`sha paytda faoliyat yuritgan korxonalarning 2/3 qismi 
yopilib, moliyaviy tizim qariib majruh holga tushib qolgan edi. Buning 
oqibatida xalqaro kapitallarning ayirboshlanishi va harakatning izdan 
chiqish vujudga keladi. 
1929-1933-yillar oralig`ida AQSHning yalpi ichki maxsuloti 46 
foizga, iste`mol tovarlari narxi indeksi esa, 32 foizga pasaygan. 
Fermerlarning talafoti esa, boshqa tarmoq va sohalarga qaraganda 
yanada ayanchliroq kasb etib, qishloq xo`jaligi maxsulotlarining narxi 
60 foizga pasayib, iqtisodiyotda ishsizlar soni o`zining misli 
ko`rilmagan darajasiga etib keladi.


76 
1933-yil holatiga jami mehnat resurslarining 25 foizi o`zish 
o`rinlaridan ayrilib, ishsizlar armiyasini yuzaga keltirgan edi. 1930-
yilning iyulida Amerika iqtisodiyotini tashqaridan kirib kelayotgan 
tovar, xizmat va kuchli raqobatdan himoya qilish maqsadida import 
uchun Smit Xouli boji kiritilgan edi. Kuchli protektsionizm siyosati va 
davlat bojlarining yuqori stavkada belgilanishi oqibatida Evropa 
mamlakatlarining iqtisodiyotiga ham asta -sekinlik bilan ta`sir ko`rsata 
boshlaydi.
Birinchilardan bo`lib, o`sha paytda AQSH bilan o`zaro savdo 
aloqalari katta bo`lgan davlatlar, xususan Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Frantsiya mamlakatlari iqtisodiyoti katta talofat ko`ra boshlaydi. Inqiroz 
mobaynida (1929-1933 yillar) sanoat ishlab chiqarish hajmi Buyuk 
Britaniyada 24 foizga, Germaniyada 41 foizga va Frantsiyada 32 foizga 
pasayishi sodir bo`lgan edi. Buning natijasida ushbu korxonalarning 
aktsiyalari qiymati Buyuek Britaniyada 48 foizga va Frantsiyada 60 
foizga pasayib ketadi. Evropaning eng yirik davlatlarida sodir bo`lgan 
inqiroz butun Evropani qamrab ola boshlaydi.
Statistik ko`rsatkichlarining guvohlik berilishicha, sanoat ishlab 
chiqarish indeksi CHexoslovakiyada - 40 foiz, Pol`shada - 45 foiz, 
YUgoslaviyada - 50 foizga pasayib ketadi. Bundan ham yomoni mazkur 
inqiroz ijtimoiy xarakter kasb etib, ommaviy ishsizlikni ham keltirib 
chiqaradi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra 1933-yilda 32 ta mamlakatda 
o`z ta`sirini o`tkazgan Buyuk depressiya oqibatida ishsizlar soni 44 
million kishini tashkil etgan bo`lsa, shundan 14 million nafari AQSHga 
to`g`ri kelgan. 
Jahon iqtisodiy inqirozi qariib 10 yil davom etadi. Bu o`z 
navbatida mamlakatlar iqtisodiyotini izdan chiqarishi bilan birga
ularning siyosiy tizimlarga ham jiddiy ta`sir ko`rsata boshlagan edi. 
Ushbu yillarda bozorni egallash uchun halol bo`lmagan kurashlar, 
xalqaro savdo erkinligiga har tomonlama tajovuzlar, import tovarlari 
uchun belgilangan davlat bojlari va kvotalarining avj olganligi, savdo va 
valyuta urushlari, demping siyosatining qo`llanilishi kabi bozor 
iqtisodiyotiga zid bo`lgan chora-tadbirlarning tadbiq etilishi natijasida 
davlatlar o`rtasidagi o`zaro nizolarning illat olishi va kuchlilarning 


77 
kuchsizlar ustidan hukmronlik o`rnatishi bilan bog`liq gegemonlik 
ishtahalarining yuzaga keltirishiga sabab bo`lgan va buning oqibatida 
millatchilik, kommunistik va fashistik qarashlar harakatlarning yanada 
urchishi, shuningdek dunyo sahnasida Adol`f Gitler kabi dohiylarning 
yuzaga kelganligini tarix yaxshi eslaydi. Alaloqibat, Amerikada 
boshlangan ―Buyuk depressiya‖ Evropa maydonlarida ikkinchi jahon 
urushining boshlanishiga olib keladi. 


78 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin