O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


VII-BOB  F.RUZVELTNING INSTITUTSIONAL SIYOSATI



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

VII-BOB 
F.RUZVELTNING INSTITUTSIONAL SIYOSATI 
7.1. F.D.Ruzvel`tning “New Deal-Yangi Kelishuv ” iqtisodiy 
siyosati mohiyati va amalga oshirilgan islohotlar. 
 SHunday keskin vaziyatda AQSHda birma-bir noroziliklar, 
namoyishlar yuzaga kela boshlanadi va nihoyat 1932-yilda prezidentlik 
saylovlarida demokratlar partiyasi vakili F.Delano Ruzvel`t g`alaba 
qozonadi. YAngi Prezident mamlakatni depressiyadan olib chiqish 
uchun o`zining ―New Deal – YAngi shartnoma‖ dasturi bilan siyosiy 
arenaga chiqadi. Aynan Ruzvel`tning g`alaba qozonishga asosiy 
sabablardan biri u mamlakatni inqirozdan olib chiqa olishiga barchani 
ishontira oldi, hamda chin insoniy fazilatlar bilan tang ahvoldagi xalq 
ishonchini to`la qozondi. 1932 yilgi saylov oldi dasturida Ruzvel`t 
quyidagicha nutq so`zladi: ―XX asrning bugungi sharoitida insonning 
tabiiy va ajralmas huquqlarini himoya qilish zarur. Har bir inson yashash 
huquqiga ega, uning yashash sharoitlarini etarlicha ta`minlash rad 
etilmaydi.
Hukumat har-bir kishiga o`z mehnati evaziga ijtimoiy hayot 
farovonligi va ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan boylikka erishishga 
imkoniyat berishi zarur‖ va bu bilan D.Ruzvel`t ilk bor inson huquqlari 
va davlat mas`uliyati o`rtasidagi munosabatlar muammosini ko`ndalang 
qo`ydi. 
F.D.Ruzvel`t hokimiyatga kelgan ilk kundan boshlab favqulodda 
choralar ko`ra boshladi. 1933 yil 9 martda Kongressni navbatdan 
tashqari sessiyasini chaqirdi, hamda sessiya io`i 3 oydan ortiq davom 
etdi. Kongressda AQSH ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalarini 
qamrab olgan ko`plab qonunlar qabul qilindi va Ruzvel`t faoliyatining 
birinchi yuz kunida AQSH siyosati uchun yangicha tamoyillari qo`yildi. 
Bu davr tarixga ―New Deal – YAngi shartnoma‖ning birinchi yuz kuni 
nomi bilan kirdi. 
Ruzvel`tning keyinchalik ruhida olib borilgan YAngi kelishuv 
islohotlari 
liberal 
klassik 
iqtisodiyoti 
davriga 
yakun 
yasadi. 
F.ruzvel`tdan oldin AQSHda davlat iqtisodiyotida ―night watchman‖ 


74 
ya`ni tungi qo`riqchi vazifasini bajargan. Bu ibora odatda davlatning 
iqtisodiyotga minimal holdagi rolini bildirish uchun ishlatiladi. 
Ruzvel`tning yangi kelishuv siyosati 3 bosqichini o`z ichiga oladi.
1-bosqich (1933-1934). AQSH moliyaviy iqtisodiy tizimining 
korporativ 
tuzilmasini 
saqlab 
qolish 
va 
maksimal 
darajada 
mustahkamlash edi. Inqirozning ekstremal sharoitida Ruzvel`t barcha 
antimonopol ritorikalardan ongli ravishda voz kechdi va iqtisoditni 
yazshilash hamda kapitalizm tizim asoslarini mustahkamlash maqsadida 
yirik korporativ biznes bilan to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik qilish yo`liga 
o`tdi. 
2-bosqich (1935-1937). Qaty tiklanishning ijtimoiy jihatdan katta 
e`tibor berildi. Milliy mehnat munosabatlari va Vagner qonuni qabul 
qilindi. Kasaba uyushmalari faoliyati va uning kafolatlarining eng 
yuqori shakli ―yopiq do`kon‖ tamoyilini qonuniylashtirdi. Ishchilarning 
ish tashlash va piket o`tkazish huquqi ham ta`minlandi. Federal ijtimoiy 
ta`minot qonuni qabul qilindi. 1935 yil 14 avgustda qabul qilingan 
qonunga ko`ra ikki turdagi – qarilik pensiyalari hamda ishsizlik 
nafaqalari joriy etildi. 
3-bosqich 
(1937-1939). 
Liberal 
islohotlar 
siyosatini 
institutsiolizatsiya qilish loyihasi va Oliy sudni isloh qilish taklifi bilan 
chiqdi. Bunda u oq uy xodimlari sonini kengaytirish, Prezidentning 
ijroya apparatini tuzish, shuningdek unga ijroya hokimiyat tuzilmasi va 
faoliyat xarakterini o`zgartirish vakolatini berish ko`zda tutilgan edi. 
So`zimiz yakunida aytish mumkinki, YAngi kelishuv AQSH 
tarixida ilk bor fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini davlat tomonidan 
himoya qioig tamoyillarini amalga oshirish imkonini berdi va Amerikani 
bugungi siyosiy arenalardagi barqarorligi ham bevosita F.D. Ruzvel`t 
nomi bilan bog`liq. Zero u AQSH tarixida to`rt marotaba qayta 
saylangan yagona Prezident bo`lib qolmoqda. Ba`zi adabiyotlarda 
keltirilishicha, Ruzvel`t nafaqat Amerika va uning xalqiga qilgan 
cheksiz islohotlari uchun, balki uning chin insoniyligi, jur`ati, hamda 
qat`iyati uchun ham qadrlanmog`i zarur. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin