70
baholanishi juda ijobiy bo‗lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
ayniqsa AQShda qadrlangan.
Oldingi
―intellektual inqilobchilarning ‖ 50-yillarga kelib
kapitalizmni maqtashga o‗tishlari, ishlab chiqarish kapitalistik
uslubining institusional baholashlarning qayta qurib chiqilishi belgisi
edi. Veblen izdoshi bo‗lgan ko‗zga tashlangan amerikalik institusionalist
Gardiner
Minz,
30-
yillarda
moddiy
daromad
olish,
yirik
korporatsiyalarning asosiy maqsadi ekanligi to‗g‗risidagi g‗oyani ilgari
surgan. Mazkur maqsad, uning fikricha ―korporatsiya egalarini
iqtisodiy
mexanizm buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan
qarorlarni qabul
qilishga majbur qilgan‖. 1962 yilda nashr etilib, G‗arbda katta
omalashishga ega bo‗lgan ―Amerikada korporativ inqilob‖ asarida Minz
yuqoridagi fikrlarga qarama-qarshi fikrlarni bildirgan. Xususan, u: ―Men
yirik biznes va uning jamiyatimizga keltira olishi mumkin bo‗lgan
foydalari
tarafdoriman‖.
Minzning
fikricha
kapitalizm
o‗z
xususiyatlarini o‗zgartirgan, va ―korporativ inqilob‖ natijasida
―jamoatchilik kapitalizmiga‖ aylangan. Jamoatchilik kapitalizmi
g‗oyasini Minz marksizm g‗oyasiga qarama-qarshi qo‗yadi. u iqtisodiy
tizimlarning to‗rt turini ko‗rib chiqadi: tabiiy xo‗jalik,
atomistik
iqtisodiyot,
xususiy
kapitalizm
va
jamoatchilik
kapitalizmi.
―Jamoatchilik kapitalizmi, - deb yozadi Minz, - XIX asr kapitalizmini
aks ettirgan Marks iqtisodiy modeli asosi bo‗lib xizmat qildi. O‗sha
davrlardan so‗ng korporativ inqilob yuz berib, bu holat kommunizm
asosi – marksistik nazariyani yaratib berdi‖.
Yirik aksionerlik korxonalarini Minz ―jamoatchilik ishlab chiqarish
mexanizmi elementlari sifatida qabul qiladi‖.
Kapitalizm rivojlanishi
ikki bosqichini u ikkita alohida ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tahlil
qiladi. U kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishi ikkala bosqichiga xos
bo‗lgan umumiy xususiyatlarni e'tiborga olmaydi.
Minz baholashida kapitalistik korporatsiyalar ―buyuk tadbirkorlik
jamoalari va ularning hukmronligi ostidagi tizim, bevosita ―jamoatchilik
kapitalizmi‖ deb atalishi mumkin‖. Kapitalizmning prinsipial ravishda
yangi tizimga o‗tganligining asosiy belgilari - aksionerlik kapital
71
diffuziyasi va korporatsiyalarga xos bo‗lgan
kapitalga nisbatan
jamoatchilik ishlab chiqarilishi ustidan nazorat va boshqaruv bo‗limidir.
―Korporativ inqilob‖ va ―boshqaruv inqilobi‖ ideologlaridan yana
biri ko‗zga ko‗ringan institusionalist Adol'f Ogastes Berli edi. Agar 30-
yillarda Minz bilan birgalikda nashr etilgan ―Zamonaviy korporatsiya va
xususiy
mulk‖ asarida Berli tanqidiy ravishda iqtisodiyotda
monopoliyalar hukmronligi haqida gapirgan bo‗lsa, 1955 yilda nashr
etilgan ―Yigirmanchi asr kapitalistik inqilobi‖ kitobida u yirik
korporatsiyalar tarafdori sifatida fikr bildirishni boshladi.
Yirik korporatsiyalar ―ishlab chiqarishni mukamallashtirish va
texnik progressni amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega‖
ekanligi sababli, Berli ularni ―zamonaviy jamiyat inqilobiy elementlari‖
deb e'lon qiladi. U amerika jamiyati erishgan darajasini bqori pog‗onaga
ko‗tarib, AQsh erishgan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni ―xalq kapitalizmi‖
deb atadi.
Berli tomonidan berilgan bahoga ko‗ra, ―amerika iqtisodiy
respublikasi‖ jamiyatga xizmat qiluvchi yirik korporatsiyalar va
―ma'naviy omil‖ va ―demokratik jarayonni‖ o‗z ichiga oladi. Oxirgi
jihat, ― xususiy nafaqa va homiylik fondlari ijtimoiy ta'minoti
ko‗rinishida moddiylashadi‖.
Davlatni Berli jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlarini
kafolatlovchi sinflar ustidagi kuchga qiyoslaydi. Uning fikricha,
korporatsiyalar ―jamoatchilik fikri va davlat‖ doimiy nazorati ostida
bo‗lishadi, mulkga ega bo‗lmasdan turib, katta vakolatlarga ega bo‗lgan
korporatsiyalarni
boshqaruvchilar esa, jamiyat manfaatlari bilan
hisoblashib, korporatsiya odob-axloq normalariga rioya qilishga majbur
bo‗lishadi.
Shu bilan birgalikda, Berli xususiy mulk huquqi va xususiy
tashabbus
orasidagi
farqni
belgilab,
ularni
korporatsiyalar
hukmronligidan ozod qilish zarurligini ham ko‗rsatib o‗tgan. U
zamonaviy hukumat roli kuchayishidan xavotirga tushgan holda, mazkur
holat ―shaxsning mulkiy va boshqa huquqlariga xavf tug‗dirayotganligi‖
to‗g‗risidagi fikrni ilgari suradi.
72
Shaxsiy erkinliklarni himoya qilish uslubi sifatida Berli
korparasion tuzilma doirasida ―adolat sudi‖ kabi amorf tushunchani
kiritishni
taklif etib, uning doirasida, Berli fikricha, o‗z huquqlari
poymol etilgan taqdirda jamiyatning barcha a'zolari ishtirok etishi zarur.
Kapitalizm
transformasiyasi
masalalari
bo‗yicha
institutsionalistlar qarashlarining boshqa burjua siyosiy iqtisodiyoti
qarashlari bir-biriga yaqinlashib bu holat ayniqsa keynsianlik va ishchi
harakatlar islohotlari qarashlari orasida yaqqol kuzatildi.
Ayniqsa bu
holat ―Umumjamiyat ravnaqiga ega davlat‖ konsepsiyasida kapitalizm
transformasiya konsepsiyasi turi doirasida namoyon bo‗ldi. Keyingi
davrlarda u propaganda tomonidan qator kapitalistik davlatlar
hukumatlar rasmiy doktrinasi elementiga aylantirildi (xususan, AQShda
Kennedi va Djonson hukumatlari tomonidan).