O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


XIV-BOB  O`ZBEKISTONNING IQTISODIY SIYOSATIDA



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

XIV-BOB 
O`ZBEKISTONNING IQTISODIY SIYOSATIDA 
INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR 
14.1. O`zbekistonda iqtisodiy o`zgarishlar davri 
O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning 
jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi XX asrning oxirgi o‗n yilligi 
insoniyat tarixiga buyuk o‗zgarishlar davri bo‗lib kirdi, chunki yer 
yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‗zgarib, bir-biriga qarama-qarshi 
bo‗lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum
ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi 
bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta‘sir etdi.
Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o`z taraqqiyot ko`lami 
bilan jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun harakat boshladi. 
Shular qatori O`zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o`rin 
olish maqsadida o`zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab 
chiqdi.
O‗zbekistonning o‗z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‗g‗rofiy-
siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, 
jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun imkon berdi. Xususan, 
O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`rni, bu hududda 
istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo`lib kelgani 
Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat 
hisoblanib kelinmoqda. O`zbekistonning bu borada amalga oshirgan 
ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini 
alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo`lda Prezident I. A. 
Karimovning o`rni beqiyosligini ham aytib o`tmoq lozim. 
Ma‘lumki, sobiq ittifoq davrida O`zbekiston tashqi siyosatda boshqa 
davlatlar bilan to`g‗ridan to`g‗ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo`lib, 
respublikaning o`rni faqat qog‗ozlarda federatsiya subyekti sifatida 
mustahkamlangan edi, xolos. O`zbekiston o`z imkoniyatlarini dunyo 
miqyosida ko`rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat 
markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi. 
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O`zbekistonda xalqaro 
tashkilotlarning faoliyatini o`rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, 


133 
turistik aloqalarni yo`lga qo`yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun 
yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni 
ta‘kidlash kerakki, O`zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. 
―Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a‘zosi bo`lgan O`zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq 
subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, 
qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog‗lardan xoli qilish, yadroviy 
qurolni va boshqa ommaviy qirg‗in qurollarini yo`qotish, suveren 
davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va 
tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat‖,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy 
Kengash VI sessiyasida qabul qilingan ―Mustaqillik haqidagi 
Bayonot‖da o`z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan 
O`zbekiston 
Respublikasi 
1992-yil 
8-dekabrda 
qabul 
qilingan 
Konstitusiyamizning 
17-moddasida 
bu 
yo`lni 
qonun 
bilan 
mustahkamladi. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 
ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o`zining 
asarlari, ma‘ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab 
berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: 

milliy-davlat manfaatlarini ustun qo`ygan holda tashqi siyosatda 
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; 

umumbashariy 
qadriyatlarni 
ustun 
qo`ygan 
holda 
nizoli 
mojorolarni tinch yo`l bilan hal etish; 

tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlikni 
o`rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 

barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o`rnatishga 
intilish; 

xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida 
xalqaro talablarga rioya qilish; 

tashqi siyosatda ko`p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro 
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi. 


134 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin