12.2. Mehnat taqsimoti va pul to`g`risidagi ta`limot.
Bevosita masalaga o`tishdan avval bir narsaga diqqatni jalb etish
kerakki, bu A.Smit yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga
katta ta`sir ko`rsatdi. Bu davr Angliyada manufaktura nihoyatda
rivojlangan va sanoat inqilobi arafasidagi yoki bu boradagi dastlabki
qadamlar qo`yilgan payt edi. SHu sababli A.Smit manufaktura davrining
umumlashtiruvchi iqtisodchi mafkurachisi bo`lib qoldi.
O`z davri uchun mos ravishda u manufakturani ishlab
chiqarishning eng progressiv, eng ilg`or shakli deb baholadi, uning
tarixan o`tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning ta`siridir.
A.Smit ishchilar, kapitalistlar va er egalarining turli sinf vakillari
ekanligini yaxshi tushungan va iqtisodiy rivojlanishning umuman yaxshi
oqibatlari hamma uchun tegishli, xalq boyligining ortishidan esa
jamiyatning hamma a`zolari bir xil manfaatdor deb o`ylagan edi. O`z
davrida tanqid qilingan bu g`oya hozirgi paytda haqiqatga ancha
yaqindir (yana tarix ko`rsatadi).
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki,
unga ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli
paydo bo`ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar
va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo`jaligidagina
samarali bo`ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat,
qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalari) boylikning asosi deb
bildi.
114
U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil
qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir,
degan xulosaga keldi va buni o`z tadqiqotlarining boshlang`ich punkti
deb
qabul
qildi.
A.Smit
o`z
tadqiqotida
ninatugnogich
manufakturasidagi ko`pchilikka ma`lum bo`lgan mehnat taqsimotini
misol qilib keltirdi, u erdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat
taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini ko`p marta
oshirish imkonini berdi.
Mehnat taqsimoti bo`lmagan holatda har bir ishchi o`rtacha 20 ta
to`g`nog`ich yasashi mumkin ekan. O`n kishi ishlaydigan ustaxonada
mehnat taqsimoti o`rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to`g`rilaydi, 3-si
kesadi, 4-si uchini o`tkirlaydi va hokazo. Bu kuniga 4800 ta to`g`nog`ich
yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan.
Mehnat taqsimotining ahamiyati to`g`risidagi bu misol klassik bo`lib
ketgan va hamma erda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan
amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va
mohirligi oshadi;
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o`tish uchun ketadigan vaqt
iqtisod qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi
ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi,
ya`ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo`llashga qulaylik yaratadi.
Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli
mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi,
raqobat quvvatini oshiradi. SHunday qilib, A.Smit manufakturada
mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish
tendentsiyasini to`g`ri yoritgan.
Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste`moli ikki omil:
aholining unumli mehnat bilan shug`ullanayotgan qismi va mehnat
unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil
muhimroq bo`lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog`liqdir.
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham
berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida
115
ishchi befarosat va nodon bo`lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy
mehnat o`rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko`rsatkichlari bilangina
aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidadir.
Faylasuf aravakashdan tug`ma xususiyatlari bilan emas, balki
boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti
qancha mukammal va bozor qancha keng bo`lsa, mehnat taqsimoti,
ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo`ladi, tor bozorda bu
imkoniyatlar cheklangan bo`ladi va mehnat unumdorligining o`sishi
ham qiyinlashadi.
A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan
jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o`rtasida
printsipial farq yo`q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik
manufaktura bo`lib, mehnat taqsimoti esa odamlar hamkorligining
umumiy shaklidir. SHu bilan birga obektiv sharoitni hisobga olib,
manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan
mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi.
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David
Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada
rivojlantirdi. Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda
kurortda A.Smitning ―Xalqlar boyligi...‖ asarini ko`rib qoladi va unda
bu fanga ishtiyoq paydo bo`ladi. Bu fan bilan mashg`ulot uning uchun
asosiy sohaga aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy
muammolarga javob berishga harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi
o`sishi uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday
sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga to`xtaladi.
D.Rikardo yagona iqtisodiy kontseptsiya asosida pul muammosi va
kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, er rentasi, xalqaro mehnat
taqsimoti to`g`risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Mill bilan
do`stona munosabatda bo`lgan. Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo
sanoat inqilobi natijalarini to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan
teran bo`lib, klassik iqtisodni nihoyasiga etkazdi; u sanoat davrining
iqtisodchisi edi.
Uning dastlabki "Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va
boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi.
116
Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy
iqtisod va soliq solishning boshlanishi" chop etildi. 1824 yilda yozilgan
"Milliy bank tuzishning rejasi" asari esa uning vafotidan keyin bosilib
chiqdi. Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a`zosi
sifatida o`zining iqtisodiy g`oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi.
Parlamentda "non qonunlari"ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish,
erkin savdo va erkin matbuot, yig`ilishlar erkinligini qo`llovchi nutqlar
bilan chiqqan. 1821 yilda u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil
etilgan.
Tadqiqot
predmeti ―daromadlar taqsimotini boshqaruvchi
qonunlarini aniqlash‖dan iboratidir. Ishlab chiqarish (moddiy ne`matlar)
sohasida yuzaga keladigan daromadlar taqsimlanishining obektiv
qonunlarini aniqlash bosh vazifadir.
U Smitning g`oyalarini qo`llash bilan birga uni to`ldirdi va qarshi
fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-
birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, ma`lumki Smitda bu
manfaatlar bir xil edi, Rikardo er egalarining manfaati ishchi va
kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi. Rikardodagi bu o`zgarishlarga
tarixiy, iqtisodiy va sotsial omillar sabab bo`ldi, ulardan eng muhimi
shuki, 18- asr oxiri va 19- asrning boshlarida Angliyada sanoat
to`ntarilishi ro`y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga etkazildi.
Oqibatda Angliya ko`p yillar davomida ―dunyo fabrikasi‖ nomini
oldi, sanoat ayniqsa tez o`sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko`paydi,
lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning
boyishi kuchaydi, ya`ni differensiatsiya yuz berdi.
Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi,
mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo`shimcha
qismiga aylandi, xalq ommasi kurashga otlandi, ludditlar (mashina
sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o`t qo`yildi. Ammo,
sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga
aylanmagan edi.
Kapitalizm esa rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-sohibkorlar
ham feodalizm qoldiqlariga qarshi chiqib, progressiv rol o`ynagan edi.
Demak, Rikardo Angliyada sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi
117
sifatida maydonga chiqdi (Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi
edi).
Rikardo shular tufayli iqtisodiy ta`limotni yuqoriroq pog`onaga
ko`tardi. Tadqiqot usuli sifatida tabiiy tartib kontseptsiyasi olinadi va
mamlakat boyligi sifatida ishlab chiqarishning fizik hajmlarini
ko`paytirish deb hisoblanadi. Buning uchun esa erkin raqobat va
iqtisodiy liberalizmning boshqa prinsiplarini qo`llash darkordir.
Masalan, mamlakatga erkin oziq-ovqat kiritish ("non qonunlari"ga
qarshi) daromad normasini kamaytirmay va er rentasini uncha
oshirmagan holda kapital jamg`arishni o`stirishga olib keladi deb
hisoblaydi. A.Smit kabi D.Rikardo ham mantiqiy abstraksiya usulini
ham keng qo`llagan.
Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va metodini
aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda
muhim rol o`ynadi. Uning fikricha, jamiyatning sinfiy tuzilishi uning
iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning
asosiy vazifasi uch asosiy sinf o`rtasidagi taqsimot qonunlarini
aniqlashdan iborat.
Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib
chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug`i edi, ammo uning xatosi
shuki, u taqsimot usulini moddiy ne`matlarni ishlab chiqarish usuli bilan
bog`liq qilib qo`ygan. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi,
ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng
qo`lladi.
U o`z kontseptsiyasi asosiga qiymat qonunini, ya`ni tovarlarning
qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo`ydi. Faqat bir omil –
―Mehnat‖ qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy
kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelishkelmasligini o`rgandi.
Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayuyagona tabiiy
va abadiy shakli deb o`ylagan.
Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning xulosalariga,
garchi ularni qisman rad etsada, suyandi va ularni rivojlantirdi. U
tovarning ikki xususiyatini: iste`mol va almashuv qiymatlarini yanada
aniqroq o`rgandi (masalan, nonni eyish va sotish mumkin).
118
Foydalilik (iste`mol qiymati) almashuv qiymatining zaruriy sharti,
ammo uning o`lchovi bo`la olmaydi. Barcha tovarlarning almashuv
qiymati (ba`zi hollar bundan mustasno, masalan ilgarigi rassomlarning
kartinalari, noyob vino) va ularni ishlab chiqarishga ketgan mehnat
sarflari va chiqimlari bilan aniqlanadi.
Almashuv qiymati har doim nisbiy bo`lib, boshqa tovar yoki
pulning ma`lum miqdorida o`z aksini topishi tufayli Rikardo absolyut
qiymat ham bo`lishi kerak, degan masalani qo`ydi. Bu qiymat
substansiyasi mehnatdagi mehnat miqdoridir. Almashuv qiymati absolut
qiymat ro`yobga chiqa oladigan zaruriy va yagona mumkin bo`lgan
shakldir. Lekin Rikardo bu g`oyani umrining oxirida tugallanmagan
asarining ―Absolut va nisbiy qiymat‖ bobida bergan, ya‘ni fikr mantiqan
oxiriga etkazilmagan.
Marksning fikricha, Rikardo qiymatni faqat miqdoriy tekshirdi,
ya`ni mehnatni qiymat bilan yaraluvchi mahsulotning tabiiy xususiyati
va bu jarayonni barcha ijtimoiy tuzumlarga xos deb o`yladi.
Rikardo Smitning g`oyalarini to`ldirdi. Agar Smitning g`oyasi
bo`yicha qiymat oddiy tovar ishlab chiqarishda sarflangan mehnat bilan
aniqlansa, kapitalistik ishlab chiqarishda bu qiymat realizatsiya
qilinadigan daromadlardan iborat edi. Rikardo qiymatni aniqlashda
sarflangan mehnatdan foydalandi. Rikardo ish haqining tovar qiymatiga
ta`sirini rad etdi.
Masalan, deydi u, agar mehnat unumdorligi oshmay turib ish haqi
ko`tarilsa, bundan tovar qiymati o`zgarmaydi. Boshqa sharoitlar
o`zgarmagan holda, bu holat tovar bahosiga ham ta`sir etmasligi kerak,
faqat ish haqi va tovar bahosidagi foyda o`rtasidagi nisbatni o`zgartirishi
mumkin. Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o`sishini bahoga
ko`chira olmaydi va foydaning bir qismidan mahrum bo`lishga majbur.
Bu qoida katta ijtimoiy-siyosiy xarakterga ega, chunki Smit
ishchilarning ish haqini oshirish uchun kurashi befoyda, negaki ish haqi
oshsa, baholar ham oshadi, degan fikrda bo`lgan (real daromad
o`zgarmaydi). Ish haqi oshganda baholar o`zgarmaydi, kapitalistlarning
foyda normasi kamayadi.
119
Rikardo Smit kabi qiymatning mehnat nazariyasini kapitalistik
ishlab chiqarish sharoitida qo`llashda katta qiyinchilikka uchradi.
Qiymatning ishlab chiqarish bahosiga aylanish muammosiga e`tibor
berdi va uni hal etishga urindi. Real hayotda kapitaldan olinadigan foyda
shu kapitalning miqdori bilan aniqlanadi yoki foyda normasi
mo`tadillashish tendensiyasiga ega.
Ammo tovarlar ularni ishlab chiqarishga sarf bo`lgan jonli mehnat
sarflariga mos ravishda bir-biriga almashsa, bunday bo`lishi mumkin
emas. Bu holda kapitalning organik tuzilishi past bo`lgan yoki kapitali
tez oborot bo`ladigan tarmoqlar boshqa organik tuzilishi yuqori bo`lgan
va kapitali sekinroq oborot bo`ladigan tarmoqlarga nisbatan ustunlikka
ega bo`ladilar.
Birinchilari ko`proq mehnat sarflaganlari uchun tovar bahosi
nisbatan yuqori bo`ladi va kattaroq foyda oladi. Ammo bunda kapital
shu tarmoqlarga oqib o`tar edi va ikkinchi tarmoqlarga oqib o`tmas edi,
natijada ikkinchi tarmoqlar rivojlanmasdi. Bu qarama-qarshilikni hal
etish uchun Rikardo Smitning qiymat nazariyasini modifikatsiyalashtirdi
(o`zgartirdi).
Ammo ishlab chiqarish bahosi va o`rtacha foydani oraliq
zvenolarni tahlil qilish va qiymat qonuni asosida hal etish o`rniga bu
kategoriyalarni qiymat qonuniga keltirishga urinadi. Bu bosqichda
Rikardo avvalgi, ish haqi tovar qiymatiga amalda ta`sir etmaydi, degan
tezisidan voz kechdi. U kapital tarkibi va oborotidagi farqlar mehnatga
turlicha haq to`lash tufayli qiymatga ham ta`sir etadi, degan fikrni berdi.
Ammo bu g`oya mantiqiy echimga ega emas edi.
Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarini echishga katta hissa
qo`shdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari
masalasiga e‘tibor berdi. U mehnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi
tovar) hisoblab, mehnatning bozor bahosi (ish haqi) tabiiy baho bo`ladi
va shu atrofda o`zgaradi; tabiiy baho deganda ishchi kuchining
qiymatini tushungan.
Rikardo masalaga tarixiy an`analar asosida yondashishga urinsa
ham mehnatning tabiiy bahosini jismoniy minimumga tenglashtiradi.
Masalan, nonning bahosi va ish haqining pul miqdori o`rtasida bevosita
120
bog`liqlik bor,- deydi u, - agar nonning bahosi oshganda ish haqi
o`zgarmasa, ishchilar och qoladi va o`limga mahkum etiladi.
Rikardo Maltus kabi ishchilarning haqlari ochlik darajasida ushlab
turilishi kapitalizmga xos qonun emas, barchaga tegishli tabiiy qonunlar
tufaylidir, deydi. Ma`lum qulay sharoitlardagina ishlab chiqarish
kuchlari aholi o`sishini ta‘minlay oladi va ishchilar kam haq
olganliklaridan norozi bo`lmasliklari kerak, degan fikr ilgari suriladi.
Rikardo qo`shimcha qiymatni uning konkret shakllari - foyda,
ssuda foizi, renta sifatida tahlil etadi. Ishchi o`z mehnati bilan ish haqi
sifatida oladigan miqdordan ko`proq qiymat yaratishi o`z-o`zidan
ravshan, deydi u. Ammo uni ish haqi va foyda nisbati, ya`ni ishchining
qancha olishi va kapitalistga qancha qolishi qiziqtiradi. U qiymat
strukturasi va tovar bahosini aniqlaganda ―Smit dogmasi‖dagi xatoga
yo`l qo`yadi, ya`ni doimiy kapital S ning yangi mahsulotdagi hissasini
inkor etadi.
Tovar qiymati ish haqi va foydadan iborat bo`lganligi sababli,
foyda ish haqiga teskari proporsional va unga bog`liq. Foyda amalda
qo`shimcha qiymat sifatida qaraladi. Rikardo foydaning er rentasini
to`lagandan keyingi holatni o`rganadi. Undan tashqari foyda avans
qilingan kapital miqdoriga proporsional deb hisoblaydi. U foyda
normasining pasayish tendensiyasiga alohida e`tibor berdi.
U buning bosh sababi kapitalizmga xos narsa bo`lmay, tabiiy
omildir, degan. Foyda normasining pasayishi oxir-oqibatda kapital
jamg`arilishining kamayishiga olib kelishi mumkinligi uni tashvishga
solgan. U kapital deb ishlab chiqarish vositalari va kapitalistning
ishchilarga ish haqi sifatidagi harajatlarni tushungan. U kapitalni natura
holda va tarixdan tashqari tushungan. Uningcha, ibtidoiy ovchi va
baliqchi kapital egasi bo`lgan (bu albatta xato fikr).
U xususiy mulkchilik sharoitida yomon erlar ham ma`lum renta
keltirishimumkinligini inkor etdi. Lekin shunday renta bor, u absolyut
renta bo`lib, uni Marks va boshqa olimlar atroflicha o`rganganlar.
Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e`tibor qildi.
U dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo`lgan tovar deb
qaragan. Pul qiymati unga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan.
121
Rikardo pulning xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning
qiymat o`lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi, deydi.
U qog`oz pullarning miqdorida muomalada bo`lgan tovar massasi
qiymatiga mos (ya`ni proporsional) bo`lishi kerak, ortiqchasi bank
tomonidan iste`moldan chiqarilishi zarur, deydi. Ammo, u o`zining bosh
asarida bu kontseptsiyadan chekinadi, avval pullarning ichki qiymati
bor, deb gapirgan bo`lsa, keyinroq u pulni texnik vosita deb izohladi va
pulning miqdoriy nazariyasini ishlab chiqa boshladi.
Uning fikricha, muomaladagi pulning miqdori turlicha va erkin
bo`lishi mumkin, pulning qiymati esa muomala sohasida belgilanadi va
uning miqdoriga bog`liq bo`ladi. Rikardo erkin savdo tarafdori bo`lgan,
u merkantilistlardan farqli ravishda tovar ishlab chiqarish tovar
kiritishdan ortiq, ya`ni eksport kam va import ko`p bo`lishidan,
mamlakatdan oltin chiqib ketishidan xavfsirashga hojat yo`q, deydi,
chunki erkin import avtomatik ravishda oltin muomalasi va baho
o`zgarishini tartibga soladi, shuning uchun iqtisodiy tanglik
ta`minlanishiga yordam berishiga Rikardoning ishonchi komil edi.
Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta rol
o`ynashini alohida o`rgandi. U birinchilardan bo`lib ayrim tovarlarni
ishlab chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o`rtasida ham xalqaro
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi.
Bunda nisbiy afzallik tamoyili mavjudligini ishlab chiqdi. Bu
tamoyil universalroq bo`lib, unga ko`ra ayrim mamlakatlar ma`lum
tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim qulayliklarga ega bo`ladi va kam
harajat sarf qiladi. Bunda tabiiy va iqlimiy omillar ham katta rol
o`ynaydi (mutlaq ustunlik).
Ma`lum tovarlarni ishlab chiqarish bu mamlakat uchun boshqa
mamlakatlardagiga nisbatan qulayroq bo`lishi mumkin. Mamlakatlari
tabiiy, texnologik va madaniy farqlari tufayli ishlab chiqarish xarajatlari
turlicha bo`ladi. Ixtisoslashuv hatto qoloq davlat uchun ham qulayroq
bo`ladi, masalan O`zbekiston uchun paxta, Braziliya uchun kofe kabi.
Erkin savdo avvalo ingliz sohibkorlari manfaatlariga mos tushsa
ham, u paytda bu g`oya prinsipial jihatdan ham progressiv edi. Bu savdo
siyosati ―fritrederlik‖(tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan siyosat
122
) bo`lib, ―proteksionizm‖(davlatning ichki bozorni chet el raqobatidan
himoya qilish va tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorga
chiqishini rag`batlantirishga qaratilgan siyosat )dan prinsipial farq qiladi.
Xalqaro savdoni belgilovchi omillar nimadan iborat? Nima uchun
ma`lum bir tovarlar eksport qilinadiyu, boshqalari import qilinadi?
Tashqi savdo ishlab chiqarish va iqtisodiy taraqqiyot uchun nimalar
beradi? degan savollarga javob beriladi. SHunday misol keltiriladi:
SHotlandiyada uzum vinosi qilish mumkin, ammo mehnat sarflari juda
yuqori bo`ladi, bu erda suli etishtirish qulay, uni esa Portugaliya
vinosiga almashgan ma‘qul, chunki vinoni qilishga u erda kam xarajat
sarflanadi.
Albatta, bu eng oddiy misol. Rikardo bu masalaga ancha prinsipial
yondashdi. Agar SHotlandiyada ham suli, ham vino kam chiqimlar bilan
ishlab chiqarilsa ham, bu mamlakatda suli bo`yicha vinoga qaraganda
ustunlik ko`proq, chunki chiqimlar nisbati va almashuv proporsiyalari
hisobga olinganda bu davlat uchun faqat suli etishtirish nisbatan qulay,
Portugaliya uchun esa vino chiqarish foydalidir. Bu nisbiy chiqimlar
yoki nisbiy ustunlik tamoyilidir.
U bu tamoyilini qiymatning mehnat nazariyasida ham isbotladi va
uni raqamlar yordamida ko`rsatib berdi. Xuddi shunga o`xshash misol
mato to`qish sohasida Angliya va Frantsiya misolida taqqoslangan.
AQSH va Braziliya solishtirilganda don va kofe ishlab chiqarish
afzalligi ko`rinadi.
Bu misollardan shu narsa ko`rinadiki, nisbiy ustunlik mavjud
bo`lsa, ixtisoslashuv va almashuv ikkala mamlakat uchun ham
foydalidir. Bundan mamlakatlar o`rtasida xalqaro mehnat taqsimoti va
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Rikardo bo`yicha ishlab chiqilgan tovarlarni realizatsiya qilish
kapitalistik xo`jalik uchun prinsipial muammo bo`la olmaydi. U ortiqcha
ishlab chiqarish inqirozga olib kelishi mumkin emas, kapitalistik sistema
uchun bu jiddiy xavf tug`dirmaydi, degan fikrda edi, chunki talab va
taklif doimo mos tushadi. Smit kabi Rikardo ham kapitalizm
sistemasining qarama-qarshiligini tushunib etmadi. CHunki bu davrda
123
hali inqirozlar yo`q edi, faqat 1825 yilda birinchi bor ana shunday
inqiroz ro`y berdi (asar ancha oldin yozilgan).
|