139
urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy
manfaatini ko`zlaydi.
Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat
tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar
ravishda shunga olib keladiki, odam
jamiyat uchun ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tianlaydi va shu ish
bilan shug`ullanadi.
SHunday qilib, Smitning ta`rifi bo`yicha, foyda ketidan quvish va
raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi.
Hozirgi davrga barchaga yaxshi ma`lum bo`lgan ―ko`rinmas qo`l‖
iborasi bilan birga ―iqtisodiy odam‖ tushunchasi ham kiritildi. Unga
ko`ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashinuv jarayoni amalga
oshadi.
―Menga kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan
narsani beraman‖, qabilida, ya`ni shaxsiy
manfaatlarning talabini
qondirish yo`li tutiladi, ya`ni gap kimningdir saxiyligiga emas. Iqtisodiy
rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o`zaro
nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit ―tabiiy tartib‖ deb
atagan.
A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy
siyosatning tamoyili va maqsadi bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy
harakatni o`rganish uchun nazariy konstruktsiya yoki modeldir. Demak
jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik
kerak degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra
quyidagilar taklif
etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Savdoda (er savdosida ham) to`la erkinlik;
Sanoat va ishchi savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya
qilishga qat`iy qarshilik;
Erkin tashqi savdo (protektsionizmga qarshi).
Dostları ilə paylaş: