O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-mavzu. Harakatida nuqsoni bor insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
13-mavzu. Harakatida nuqsoni bor insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari
Xarakatida nuqsoni bor insonlarning psixologik xususiyatlari, turlari. To‘siqsiz muhit va uning xususiyatlari. Xarakatida nuqsoni bor insonlarga qaratilgan texnik vositalar, ularning turlari va qo‘yiladigan talablar. Xarakatida nuqsoni bor insonlar bilan muloqot qilish etikasi.
14-mavzu. Aqli zaif insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari
Aqli zaif nogironlar va ularning turlari. Aqli zaif tushunchasi va ularning turlari. Aqli zaif insonlarning ijtimoiylashuv muammolari. Aqli zaif insonlar bilan ijtimoiy ishning jahon tajribasi. Aqli zaif insonlar bilan ishlashda deinstitutsionallashuv jarayonlari.
IV.Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
“Nogironlar bilan ijtimoiy ish” fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seminar mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o‘rnatiladi, jonli suhbat olib boriladi, o‘zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadini amalga oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo‘l keladi. Bu usullar yordamida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o‘zini o‘zibaholash va boshqalarning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali amalga oshirilayotgan ijtimoiy ish amaliyotining empirik asoslari, usullari, texnologiya va mexanizmlari, xorijiy davlatlardagi modellari haqida amaliy bilimlarini mustahkamlaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin