O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə9/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Elektron ta’lim resurslari

  1. www.press-service.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.xs.uz

  4. www.nimfogo.uz

  5. www.xdp.uz/

  6. www.adolat.uz/

1-MAVZU: NOGIRONLAR BILAN ITIMOIY ISH OLIB BORISH TEXNOLOGIYASINING UMUMIY MASALALARI
Reja:

  1. Nogironlar bilan itimoiy ish olib borishning nazariy asoslari.

  2. Maxsus ehtiyojli bolalar: ular kimlar?

  3. O’z farzanjimizning imkoniyatlarini qanday baholashimiz va kerakli yo’nalishda rivojlantirishimiz mumkin?

Nogiron bolalar va yoshlarning ijtimoiy huquqlarini tiklash va ijtimoiy muhitga moslashtirish — hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Statistik ma`lumotlarga ko’ra nogiron bolalar soni yil sayin ortib borayotganligi kuzatilmoqda.
Tadqiqotchilarning ma`lumotlariga ko’ra, bolalarda nogironlik yuzaga kelishining asosiy sabablari ekologik vaziyatning yomonlashuvi, bolalar jarohatlanishining o’sishi hamda ayollar mehnat sharoitining nomaqbulligi hisoblanadi.
Hozirda voyaga etmagan nogironlar reabilitatsiyasi va ularni hayotga moslashtirish bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lib, bu alohida yordamga muhtoj nogiron bolalar va yoshlar reabilitatsiyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning yagona muassasalararo tarmog’ini shakllantirishning ilmiy asoslangan dasturi ishlab chiqishni taqozo etadi. Nogironlar reabilitatsiyasi bilan ta`lim muassasalari, sog’liqni saqlash hamda ijtimoiy himoya idoralari alohida-alohida shug’ullanadi. Imkoniyatlari cheklangan kishilar reabilitatsiyasi va ularni ijtimoiy moslashtirishga e`tibor ortgani sayin — bu toifadagi insonlar bilan samarali ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj ham ortmoqda. SHuningdek, imkoniyatlari cheklangan bolalar va yoshlarning ta`lim tizimini, kasbga yo’naltirish va mehnat tayyorgarligini takomillashtirishni talab qilmoqda.
XX asrning 90-yillarigacha nogironlarga nisbatan davlat siyosati, asosan, kompensatsiya ko’rinishi tarzida bo’lib, barcha diqqat-e`tibor pul to’lanmalariga qaratilgan edi. Biroq bugungi kunda ixtisoslashtirilgan jamoat tashkilotlari faolligining ortishi va reabilitatsion markazlar yaratilishi asosiy e`tiborni imkoniyatlari cheklangan bolalar va yoshlarni jamiyat hayotiga moslashtirishga qaratish lozimligini ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy reabilitatsiya tizimi imkoniyatlari cheklangan shaxsning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy mavqei tiklanishiga yanada sifatli yordam bergandagina to’la samara berishi mumkin. Bunda sarflanadigan moliyaviy xarajatlar nisbatan kamroq bo’lishi lozim, zero, ularning asosiy qismi alohida yordamga muhtoj bolalar yoki yoshlar haqida qayg’uradigan ota-onalar elkasiga tushadi.
Zamonaviy ijtimoiy reabilitatsiya tushunchasi quyidagi bir nechta eng muhim jihatlar bilan boyitilishi kerak:

  1. Maxsus yordamga muhtoj kishilarning nuqsonlariga munosabat.

Reabilitatsiya jarayonida nogiron kishining o’zida va uning atrofidagilarda mavjud nuqsonga munosabat o’zgaradi, bu nuqsonlar ularning ba`zi imkoniyatlarini cheklasa-da, rivojlanish va takomillashishni istismo qilmaydi. Bunda asosiy shior: «... Iloji yo’q» dsgan so’zni umumai esdan chiqarish...» (Elena YAvorova) bo’lishi ksrak.

  1. Oiladaga munosabat. Reabiligatsiyaning vazifasi — oilada o’zaro xayrixoh va sog’lom munosabatni, shuningdek, bola huquqpariga rioya qilgan holda ijobiy tarbiyalash andozalarini shakllantirishdir.

  2. O’z-o’ziga xizmat qilish ko’nikmalari. Ijtimoiy reabilitatsiya o’z-o’ziga xizmat qilish ko’nikmalarini rivojlantirish va yaxshilashni ko’zda tutadi. Bunda asosiy e`tibor kichik mayda harakatlar, harakatlarni muvofiqlashtirish va makonda yo’nalishni aniqlashga qaratiladi.

  3. Harakatlanish faolligi. Ushbu jihat barcha toifadagi imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun muhim bo’lsa-da, biroq u tserebral falajga yo’liqqan kishilar reabilitatsiyasida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, harakatlanishning faolligi tufayli nutq, ong, ko’rish, eshitish, imo-ishoraga oid ko’nikmalar, shuningdek, xulqning psixik rivojlanishida ham ijobiy samaraga erishiladi.

  4. Anglash faolligi. Bunda reabilitatsiyaning vazifasi — sezgirlik va harakatlarni kompleks rivojlantirish, nutq, diqqat, hissiy ta`sirlashish, fikrlash, tasavvur qilish va diqqatni jamlashni shakllantirishdan iborat.

  5. Ijtimoiy faollik. Reabilitatsiyaning bu jihati oilaviy- maishiy, muloqot va mehnat ko’nikmalarini rivojlantirish, shaxsni atrofdagi ijtimoiy muhit va tabiat bilan uyg’unlashtirishni o’z ichiga oladi.

Oila va oiladagi tarbiya bolaning umumiy rivojlanishi uchun eng maqbul muhitdir. Rivojlanishida nuqsonlari bor bo’lgan (eshitish yoki ko’rishdagi, harakatlanishdagi muammolar yoki aqlan rivojlanishdagi) farzandni tarbiyalayotgan har bir oila quyidagilarni bilishi shart: avvalo, o’z farzandining barcha kamchiliklari va ehtiyojlarini chuqurroq va batafsil tushuna olishi; ikkinchidan, nuqsonlarni to’g’rilash va etishmayotgan ko’nikmalarni tarbiyalashni go’daklik davridan boshlash lozim, zero, rivojlanishdagi ruhiy-jismoniy nuqsonlar bosh miya yoki markaziy asab tizimining organik shikastlanishi natijasi bo’lib, ularni vsosan davolash va tiklash imkoni bo’lmasa-da, biroq doimiy tibbiy tekshirish va oldini oluvchi davolashni talab qiladi.
Mazkur fikrlardan kelib chiqib, ota-onalarga farzandlari hzyotining birinchi yilidan boshlab o’z vaqtida tekshiruvdan o’tkazib, tibbiy tashxisni aniqdashtirib, tuzatish-tarbiya ishlarini boshlash tavsiya qilinadi. Ota-onalar rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan farzandlari tarbiyasi bilan qanchalik erta shug’ullanishni boshlasalar, bolaning reabilitatsiyasi va o’z sog’lom tengqurlari davrasiga moslashuvi shunchalik erta va samaraliroq kechadi.
Maxsus ehtiyojli bolalar: ular kimlar?
Keling, maxsus ehtiyojli kishilar kimlar ekanini aniqlashtirib olsak. Bunday odamlar shu paytgacha bo’lgan, hozirda ham bor va bundan keyin ham bo’ladi. Lekin o’zlarini to’laqonli his qilishlari uchun ularga qanday yordam berish kerak? Jamiyat bunga qanchalik intilmasin, nogironlar aksariyat holda chetda qolib ketadilar. Maxsus ehtiyojli kishilar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi: ular injiq, jizzaki, doimo o’zgalar yordamiga muhtoj bo’lishadi. Xo’sh, buning siri nimada?
Endi o’zimizga bir nazar solsak: biz maxsus ehtiyojli kishilarga qanday nazar bilan qaraymiz? Uzoq davrlardan buyon rivojlanishida nuqsoni bo’lgan kishilarga tibbiy model yusitasida1 qarashga odatlanib qolganmiz. Tibbiyot ilmi esa bunday insonlardagi nuqsonlarga va biror imkoniyati cheklanganligiga diqqatimizni qaratishga undaydi va buning oqibatida kishilar orasida «falonchi yura olmaydi, eshita olmaydi, ko’ra olmaydi yoki fahmlay olmaydi» degan tushunchalar SHakllanishi mumkin. Demak, maxsus ehtiyojga ega kishi doymo bemordir. U umum qabul qilingan mezonlarga mos kelmaydi va shu sababli o’z-o’ziga xizmat ko’rsata olmaydi, odatdagi bolalar bog’chasi, maktabiga bora olmaydi va hatto ishlay olmaydi. Maxsus ehtiyojga ega kishi — budahmaza, ortiqcha yuk, bir umrga boqimanda... buvday kiishlar o’elarini shunaqa deb hisoblashadi. Holbuki, tibbiy model’ bunday insonlarning imkoniyat doirasi chegaralanganini ko’rsatadi, xolos. SHifokorlar qo’yilgan tashxisni ota-onalarga batafsil tushuntirib beradilar va shu orqali ularning farzandlariga nisbatan munosabatini shakllantiradilar.
O’z farzandingizga tashxis orqali qarashni bas qiling, Siz bu bilan farzandingizning to’laqonli shaxs sifatida shakllanishiga imkon bermaysiz. Agarda rivojlanishdagi nuqsonlarga qaralsa, ularning ba`zilari umuman tiklanmaydi yoki juda nari borsa, qisman tiklanadi. SHu sababli, kamchiliklarga ko’p ham diqqatni qaratmaslik lozim, balki har bir boladagi o’ziga xoslik va betakrorlikni ko’ra bilish kerak. Keling, farzandlarimiz to’g’risida ijobiy fikrlaylik va ularga ijobiy xatti-harakatlarimiz, fikrlarimiz bilan madad bo’laylik. O’z farzandingiz ko’nglidagi umid, tayanch bo’ling.
Bola o’zining boshqalardek emasligini doimo his qilib turadi. U hali o’zidagi alohidalikka ijobiy yoki salbiy fikr bildirishga qodir emas. Faqat ota-onalargina farzandlarida o’z-o’ziga munosabatni uyg’ota olishlari mumkin.
Maxsus ehtiyojga ega kishilarni, avvalo, o’z oilalari va ota-onalari qo’llab-quvvatlashadi. Ularning yordamida va eng asosiysi o’z intilishlari tufayli ular muayyan natijalarga erishadi va nafaqat o’zlariga, balki boshqalarga ham yordam beradilar.
Oilada alohida yordamga muhtoj farzand tug’ilishi — hayotning barcha jabhalariga daxl qiladigan, ota-onalar va yaqin qarindoshlarning kuchli kechinmalarni boshdan kechirishlariga sabab bo’ladigan muammodir.
Alohida ehtiyojga ega farzand — jismoniy, hissiy, aqliy yoki o’qishida muammolari bo’lgai farzanddir. Hozirda mazkur atama «nuqsonga ega farzand», «rivojlanishida nuqsoni bor farzand», «rivojlanishida kamchiliklari bor farzand» kabi biror xislati kam, noraso odamni ifodalaydigan atamalarni iste`moldan siqib chiqarmoqda.
Har bir insonda o’ziga xoslik, betakrorlik bo’lishi, tabiiy. SHuni hisobga olgan hodtsa, jahonda nogiron kishilarga nisbatan yangicha qarashlar yuzaga kelgan.
Alohida ehtiyojga ega kishilarga ulardagi betakrorlik, o’ziga xoslik jihatlaridan yondashish kerak. Ularning tiklanishi va rivojlanishi uchun biz ulardagi qobiliyatlar, imkoniyatlar va manbalarga tayanishimiz lozim. Ijtimoiy model’ tibbiy modeldan farqli ravishda, e`tiborni imkoniyatlar va manbalarga qaratadi. SHu bilan bir vaqgda, tibbiy model’ bola nuqsonlari tufayli rivojlana olmasligini ta`kidlasa, ijtimoiy model’ alohida ehtiyojga ega bolalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan taqdirda, ularning tezda mustaqil bo’la olishlarini isbotlaydi. O’zingiz xulosa chiqaring, siz qay birini afzal ko’rasiz: nuqsonlari bo’lgan kishilarnimi, farzandingiz to’liq qaram bo’lishinimi yoki mustaqil, erkin va yaxshi natijalarga ega bo’lishinimi?
Mazkur yangi atama maxsus sharoitlarda va vositalar orqali nuqsonlari bo’lgan kishilar ehtiyojlarini aniqlashda me`yordan og’ishlarni tavsiflaydigan turli qarashlarni o’zida jamlaydi. U jamiyatning bu ehtiyojlarni aniqlash va ularni qondirishga javobgarligini ta`kidlaydi.
Inson hayoti, psixikasi va shaxsiyati tug’ma o’z-o’zini tiklash, hayot faoliyatidagi ehtiyojlarni idrok qila olishi tufayli davomiydir. Aynan shu talablarning inson ruhiyati va ongida aks etishi uning ehtiyojidir. ehtiyojlar — bu inson organizmining yashashi, rivojlanishi va faoliyati uchun zarur bo’lgan va inson organizmining biror funktsional yoki tarkibiy tizimi yaxlitligani tiklashni boshdan kechirishdir. Bunda inson psixikasi, tashqi tabiiy yoki ijtimoiy muhit shaxsning ajralmas qismidir.
Bu ehtiyojlarni qondirish alohida ehtiyojga ega bolalardagi jismoniy yoki psixik nuqson tufayli anchaqiyin kechadi. Bu jarayon o’ziga xos hayot yo’li, xatolar va muvaffaqiyatlar orqali kechadi hamda ota-onalar va jamoaning ko’magiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Boladagi bu ehgiyojlarni qondirmaslik esa psixik-somatik va ijtimoiyriyujlanishdan orqada qolishga olib kelib, rivojlanishdash ikkilamchi nuqsonga, ya`ni umumiy reaktivlikning susayishiga, kasallanishsh moyillikka va bola ahvolining yanada og’irlashishiga sabab bo’ladi.
Alohida ehgiyojga esh bolalar toifasiga turli biologik va ijtimoiy sabablar tufayli psixik, somatik va ijtimoiy moslashishda kiyinchiliklarni boshidan kechiradishn bolalar kiradi. Moslashish, ya`ni adaptatsiya (lotincha adaptio) — bu inson psixik va jismoniy tanasida hayotiy muhitta moslashgan yangi boshqaruv a`zolarining shakllanishi va ulardan ichki hamda tashqi muammolarni mustaqil va tashqi yordam bilan hdl qilishda foydalanishdir. Salomatlikning o’ziga xos ko’rsatkichi bo’lmish «moslashish» me`yorlari — bu inson organizmining o’z funktsional parametrlariga adekvat tarzda o’zgarishi va har xil, hatto favqulodtsa holatlarda ham ularning yuqori mahsuldorligi saqlab qolinishidir. Moslashuvchanlik esa moslashish sur`ati yoki sifatiningo’ziga xosligini yoki moslashish qobiliyatini anshatadi. Har qanday inson tugma moslashish mexanizmlariga ega va umri davomida bu qobiliyatlarni rivojlantirib boradi.
Moslashishning yuzaga kelish jarayoni faqatgina insonning yoshi, asab tizimining o’ziga xos jihatlari, ruhiyati va jismoniy tanasi bilan bog’liq moslashuvchanlik bilan aniklanmaydi. Bu jarayon tashqi, oilani, tabiiy va ijtimoiy muhit ta`sirida yuzaga kelgan muammolarga, shuningdek, ularni mustaqil hal qilishga yordam beradigai katgi yoshli yoki malakali kishilarning uning yonida bo’lishiga ham bog’liq. Ijtimoiy jihatdan ota-onalar, murabbiylar, shifokorlar, defektologlar va boshqalarning alohida ehtiyojga ega bolalarga yordamchi ekanliklari ularni birlashtiradi. Oila va zamonaviy jamiyatning asosiy vazifasi — alohida ehtiyojga ega bolani moslashtirishdan iborat. Ota-onalarning asosiy vazifasi esa bolaning oila, tabiat, jamiyatga moslashuvchanligini rivojlanti- rishdir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin