O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


SHunday qilib, alohida yordamga muhtoj ehtiyojli bolalar toifasiga quyidagilar kiradi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə10/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
SHunday qilib, alohida yordamga muhtoj ehtiyojli bolalar toifasiga quyidagilar kiradi:

  • nutqida nuqsoni bor bolalar;

  • eshitishda nuqsoni bor bolalar;

  • ko’rishda nuqsoni bor bolalar;

  • tayanch-harakatlanish a`zolarida nuqsoni bor bolalar;

  • psixik rivojlanishida zaif ifodalangan farqlar bo’lgan (psixik rivojlantirishda ortda qolgan) bolalar;

  • aqlan zaif bolalar;

  • hissiy-irodaviy sohada va xulqida nuqsoni bor bolalar;

  • rivojlanishda murakkab nuqsonlari bo’lgan bolalar.

O’z farzandimizning imkoniyatlarini hapday baholashimiz
va kerakli yunalishda rivojlantirishimiz mumkin?
Sog’lik — bu nafaqat kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlarning bo’lmasligi, balki to’liqjismoniy, psixik va ijtimoiy xotirjamlik \olatidir. Faqat psixika yordamidagina inson ongi ham jismoniy, ham ijtimoiy salomatlikdarajasini to’liqxotirjamlikkacha ko’tara olali. Zero, aynan inson ruhiyati va ongi uning barcha ichki, shuningdek, jnsmoniy va ijtimoiy moslashuv faoliyatini, demakki, o’z navbatvda salomatligini ham boshqaradi.
Xo’sh, qaysi ichki manbalar, aynan qaysi usullar va yondashuvlar srdamida alohida ehgiyojga ega bolaning ham ruhiy, ham jismoniy, ham ijtimoiy salomatligini yaxshilash mumkin?
Tasavvur qiling, siz tug’ma ko’rsiz. Dastavval, bu olam bilan to’qnash kelganda, uni o’zingizdagi mavjud taassurotlar orqali qabul qilastsz va bundan ajablanmaysiz, zero, atrofingizdagi kishilar ham olamni shunday qabul qiladi, deb o’ylaysiz. Siz paypaslash, eshitish, sezish va hid bilish hislari bilan qanoatlanasiz. His qilish, eshitish orqali tashqaridan axborot olasiz. O’zingizni to’laqonli hisoblab, bolalikdanoq boshqa sohalardan iloji boricha foydalangan holda, agrofingizdagi olamga moslashishga intilasiz. Atrofinshzdagi olamni vao’zingazni anglashdan quvonib, o’sa borasiz. Biroq... atrofingizdagi «yaxshi odamlar» sizga nuqsoningiz xdqida shpirib, ko’nglingizni vayron qilishadi. Ular sizning boshqalardek emasligingizni, zaif, sustligingizni aytishadi. SHu ham adolatdanmi? Bunga har bir kishi o’zicha javob beradi. Ko’rish nuqsoni o’rniga boshqa nuqsonlarni ham misol qilish mumkin. Umuman, bolalarning o’zlarini baxtsiz, deb hisoblashlariga kim majbur qiladi yoki sababchi bo’ladi? Bular avvalo, ‘ga-onalar, so’shra oilaning boshkd a`zolari va atrofdagilardir. Tabiat bizningyashashimiz, rivojlanishimiz va mukammallashishimizgaimkon beradigan ko’plab mexanizmlarni yaratib qo’yganidan bsxabarmiz. Buvday mexanizmlar kompensatsiyalovchi mexanizmlar deb nomlanedi. YA`ni mavjud bir nuqson boshqa axborot tarmoqlari ork^shi kompensatsiyalaiadi yoki insonning boshqa hissiy a`zolari ustunliklari bilan '1o’;1diriladi. Boshqa his qilish a`zolari yordamida ular atrofdagi olamning to’liq manzarasini hatto normal insonlarga nisbatan mukammalroqtasavvur qila oladilar. Atrofdagilarning vazifasi ularga xalaqit berish emas, balki atrof olamni idrok qilishning boshqa yo’llarini rivoj- lantirishga yordam berishdir. Bu jihatlar qancha erta ochilsa, tasavvur va idrok etish shuncha tez amalga oshadi.
Xo’sh, bu yo’ldagi to’siqva manbalar nimalardan iborat? To’siq — bu insonning biron-bir ehgiyojini qondirishga to’sqinlik qilayotgan govlardir. To’sikdar tabiiy yoki sun`iy bo’lishi mumkin. Tabiiy to’sikdar

  • tabiat qo’ygan to’siqlardir. Sun`iy to’siqlar esa jamiyat yaratadigan va muayyan bir imkoniyatlar, qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga to’skdnlik qiladigan govlardir. Mazkur to’siqlardan qanday xalos bo’lish mumkin? Insonning ehgiyojlari, xohish-istak va irodasidan foydalanib ulardan qutulish mumkin. Alohida ehgiyojsh ega bolada kuchli irodaviy sifatlar bo’lishi shart, ular yordamvda bola hayotdaga har kdnday gov va to’siqpardan oshib o’tib, o’z kuchiga ishonishi mumkin. Manbalar — bu individual ustunliklar bo’lib, ular yordamida bola u yoki bu muammoni hal qiladi va hayotda o’z yo’lini topadi. Masalan, Daun sindromi bilan og’rigan bola o’quv dasturini o’zlashtira olmaydi, yozishni o’rgana olmaydi, harflarni eslab qolmaydi va sonlarni qo’sha olmaydi. Biroqmusiqani yaxshi ko’radi, unga qiziqadi, judayaxshi chizadi, ranglarni his qiladi yoki unda aktyorlik qobiliyati yaxshi rivojlangan bo’ladi. Uning o’z yo’lidan ketishiga xalaqit bermang. Tabiat in`om etgan manbalarni rivojlantirishida unga yordam bering. Bunda ota-onaning vazifasi — o’z farzandidagi manbalar, ustunliklarni aniqlash va ularni sekin- asta rivojlantirib borishida unga yordam berishdan iborat.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin