O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-MAVZU: Nogironlikni tushunish modellari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə13/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
2-MAVZU: Nogironlikni tushunish modellari
1.Oilaning asosiy vazifalari.
2. Alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda ota-onalar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolar
3. Eshitish qobiliyati nuqsoni bor bolalarni oilada tarbiyalash.
Inson o’z taqdirini qanday bo’lsa shundashigicha qabul qilishi, shubhasiz, muhimdir.A. Gumbol’dt
Sizga ma`lumki, oila — bu asosiy tabiiy, ijtimoiy ekologik tizim bo’lib, uning maqsadi barcha oila a`zolarining ehtiyojlarini har tomonlama qondirishdir.
Oilaning asosiy vazifalari quyidagilardir:

  1. Hurmat, e`tibor, tushunish va mehr-muhabbat. Bular farovon oilaning asosiy ko’rsatkichlarvdir.

  2. Oila a`zolari o’rtasvdagi yaxshi munosabatlar, doimiy ijobiy muloqotni o’z ichiga oluvchi ijobiy aloqalar.

3. Modtsiy-iqtisodiy, xo’jalik-maishiy ta`minoti.

  1. Ovqatlanish, uxlash va h.k.larni o’z ichiga oluvchi jismoniy va biologik ehtiyojlarni qondirish.

  2. Oila a`zolarining jismoniy-psixik va ijtimoiy rivoj- Mnishi uchun muhit yaratish, oilada, bolalar bog’chasida, maktabda o’qitish.

  3. Jismoniy-psixik gigiena va profilaktika.

  4. Generativ.

  5. Tarbiyaviy.

  6. Bemorlarga g’amxo’rlik qilish va davolashni o’z ichiga oluvchi terapevtik.

  7. Ma`naviy-hissiy.

Alohida ehtiyojga ega bolaning oilasi, bir tomondan, bunday farzand tug’ilishidan yuzaga kelgan iztiroblari tufayli ruhiy ko’makka Muhtoj oila sifatida o’rganilsa, boshqa tomondan, bunday oila alohida ehtiyojga ega bola o’sib rivojlanastgan hamda uning Moslashuvi va jamiyatga qo’shilishiga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qtsluvchi muhit sifatida o’rganiladi.
Biroq ma`lumki, psixologik jihatdan xotirjam oiladagina alohida ehtiyojga ega bola jamoaga kirishib ketishi va keyinchalik To’laqonli yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsani olishi mumkin.
Oila a`zolari — bitta tizim elementlaridir va ulardan birida o’zgarish bo’lsa, boshqa oila a`zolari ham unga teskari ta`sir ko’rsatgan qrlda bu o’zgarishni his qiladilar. Oilada biror nuqsonga ega farzand dunyoga kelsa, oila a`zolarining kundalik hayoti, ularning psixik holati, tashqi muhit bilan aloqasi va b. lar o’zgaradi. Ular endi oldingidek teng emas va mana shu vaziyatdan kelib chiqib, sog’lom bola tug’ilgandagiga nisbatan boshkdcha munosabatda bo’ladilar.
Ota-onalarga o’rgatish kerak emas — ularning o’zlari biz uchun o’qituvchilardir. Ular o’z farzandlarini yaxshi biladilar, tushunadilar, boshqa hech kim ularchalik tushuna olmaydi. Alohida ehgiyojga ega bola o’zini o’ta o’jar, yig’loqi, talabchan, odamovi va sirli tutishi mumkin. Volalarning o’zlari ham ortiqcha e`tiborga shunchalik odatlanib qolishadiki, ba`zan bu bemorlikka olib keladi. O’tkazilgan tadqiqotlar tahlilidan aniqlanishicha, kasalliknish Kvchishi ko’p jihatdan oiladagi psixik muhitga ham bog’liq: alohida ehtiyojga ega bolaga yaqinlarining o’zaro yordami va ko’magi qancha ko’p vulsa, kasallik shunchalik engil namoyon bo’ladi; uning tarbiigi nl rivojlanishi esa shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Alohida yordamga muhgoj farzandi bor onalarning hikoyasidan: «Alohida ehtiyojga ega farzandning ota-onasi bo’lish, oddiy ota-ona bo’lishdir. Menga haligacha: «Eh, bechora, senga qanchalik qiyin-a?», deb murojaat qilingan savollarni unchalik tushunmayman; bunday savollarni eshitganimda (bunaqa savollarni tez-tez eshitib turaman) men doimo o’zimni yo’qotib qo’yaman. Darhaqiqat, bu qanaqasi? O’z ishing bilan mashg’ul bo’lganingda, o’ylab o’tirmaysan, odatdagidek, qilib ketaverasan, axir, qayoqqa ham borarding? Bu ham kamlik qilgandek, mendan umidvorlik, ishonch tuyg’ularini qanday qilib yo’qotmaganligim haqida so’rashadi. Axir, men tirik, umidlari hali so’nmagan insonman-ku! Ular uchun nuqsonli bola eng qo’rqinchli narsadek tuyuladi. Lekin men negadir o’zimni bechoradek his qilmayman va o’z qizim haqvda qayg’urishim boshqa onalarnikidan farq qiladi, deb o’ylamayman. Menga bolalar uyida nuqsonli bolalar qancha ko’pligini aytishadi, men esa, qancha sog’lom bolalar ham bor, deya javob beraman. Menimcha, hayotimizning eng og’ir davri — aktseptatsiya (qabul qilish) davri bo’lib, u nuqsonli farzand mummosiga yuzma-yuz kelganingda, uning nafaqat «rivojlanishdan orqada qolishi»ni, balki doim shunday bo’lib qolishini tushunib etguningcha davom etadi; natijada, haqiqatdan qochishdan to’xtab, o’zingda bori bilan yashay boshlaysan...». Alohida yordamga muhtoj bolani qanday qilib rivojlantirish mumkin? Avvalo, bola uni yaxshi ko’rishingizni bilishi va his qilishi kerak. Buning uchun uni suyib erkalang, quchoqlang, boshini silab qo’ying, elkasiga urib qo’ying, o’shanda bola uni sevishingizga yana bir bor ishonch hosil qiladi. Sizning vazifangiz — bolani davolash uchun shifokorning barcha tavsiyalarini bajarish. Lekin bolaning o’z kasaliga o’ziga xos yondashuvini hisobga olsak, buni qanday amalga oshirish mumkin? Bolalar, odatda, to voyaga etmagunlaricha o’zlarining bemorlik holatlariga to’g’ri baho bera olmaydilar, o’z nuqsonlariga atrofdagilar qaragandek qaray olmaydilar. Bu ham yaxshi, ham yomon. YAxshi jihati — farzand o’zini odatdagidek, tabiiy tutadi, ishonuvchan va samimiy bo’ladi, atrofdagilar bilan muloqotga kirishishdan quvonadi. O’yin va muloqot davomida aqlan, ma`nan, hissiy va jismoniy jihatdan faol rivojlanadi, odamlar orasida yashashga o’rganadi va o’z yoshiga mos boy tajriba orttiradi. Farzandingizning ko’nikmalarni egallashida muvaffaqiyatlarga erishish yo’lini osonlashtirish uchun vazifani kichik bo’laklarm ajratib bering. Bola nimani bilishi, nimani o’rganayotgani, unp nima uchun maqtayotganliklarini bilishi kerak. Farzandingizning erishgan natijalaridan zavqlaning va unp maqtab qo’ying. O’shandagina u barcha vazifalarni (masalan, ishtonchasini kiyish va echishni) asta-sekin o’zlashtiradi. Bunda biroz sabrli, bag’rikeng bo’ling va shunda bolaning o’zi avval sizning kuzatuvingiz ostida, so’ngra mustaqil tarzda buyurilgan ishni qila boshlaydi. eng muhimi, eng oson topshirikdan boshlang va asta- sekin uni murakkablashtirib boring. Agar bola suratlarga qiziqsa, bolaga ularni yig’ishni o’rgating. Bola ularni o’zi tanlab qo’yib chiqsin va hosil bo’lgan manzaradan xursand bo’lsin. U rasmni o’zi tuzib chiqqani uchun maqtashni yoddan chiqarmang. YAna shuni unugmangki, o’rgatish boshida bolagatopshiriqni qanchalik engillatsangiz, u buni shunchalik katta qiziqish va ishtiyoq bilan o’rganadi. Agar farzandingiz biron-bir ishni birdan eplay olmasa, tashvishlanmang. Bir necha marta takrorlaganidan so’ngu, albatga, zarur ko’nikmalarni egallaydi. Ota-onalar o’z farzandlariga nisbatan bag’rikeng, sabr-toqatli, ularni yaxshi ko’radigan va ularga ishonadigan bo’lishlari lozim. Xotirjam bo’ling va farzandingizning xatgi- harakatini rag’batlantirib turing.

  • Va nihoyat, o’zingizning farzandingiz uchun qanchalik qadrli ekanligingizni unutmang va o’zingizni ham yoddan chiqarmang, ruhan va jismonan sog’lom bo’lishga intiling.

  • Agarda farzandingizni to’liq tuzatish imkoni bo’lmasa, u holda sizning maqsadingiz — umidsizlikka tushmasdan, balki uni shu holda hdm to’laqonli, faol va mustaqil hayot kechirishga hamda hayotdan zavqlanib yashashga o’rgatishdir, zero, sizdan boshqa hech kim buni uddalay olmaydi.

Bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri — alohida ehtiyojgl ega bolaning yakkalanib qolishidir. Umuman, to’rt devor ichiga qamalgan insonning ichki dunyosini «taraqqiy etgan» deyish qiyin. Bunday joy uy yoki internatmi, buning ahamiyati yo’q. Tashqi olam yaxshi qabul qilmaydi, degan o’yda ular tashqariga chiqishga intilmaydilar. SHu sababli, har qanday ish, sayohat, to’garak, ko’rgazmalar bolagatashqi olamni ko’rish imkonini berishda juda qo’l keladi. Bunday markazlarni tashkil qilishga tayer kishilar hamda bu ish uchun mablag’larini ayamavdishn kishilarning bori ham yaxshi. Jamiyatning alohida ehtiyojga ega bolaga e`tibori qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi. Jamiyat ham nogironlar bilan yonma-yon yashashni, ularni qabul qilishni o’rganishi kerak. Zero, jismonan nogiron kishilar bilan hatto kattalar ham muloqotga kirishishi qiyinligini hisobga olsak, bolalar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Alohida yordamga muhtoj farzandni tarbiyalash murakkab jismoniy sinovdir va bunda maqbul muloqot va o’zaro munosabat usulini tanlash kerak. Bunda siz, ota-onalar o’z farzandingiz uchun e`tiborli va etakchi shaxs bo’lishingiz lozim. Alohida ehtiyojga ega bolalarni tarbiyalashda ota-ona yo’l qo’ygan xatolar bolaning salomatligi, kayfiyati va rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda ota-onalar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolar eshigish qobiliyati nuqsoni bor bolalarni oilada tarbiyalash. Bunda nutqning rivojlanishiga alohida e`tibor qaratish lozim: so’zlarning ma`nolari va so’z boyligini oshirish ustida ishlash, gapirish va hikoya qilib berish, tasvirlash nutqini rivojlantirish, muloqot vositasi hamda aqlan va axloqan rivojlanishga yordam beradigan o’qishni ertaroq o’rganish vositasi bo’lmish dakgil nutqni o’rganish hamda og’zaki nutqni shakllantirish kerak. Ota-onalarga nutqni rivojlantirish ishlarida og’zaki va yozma nutqbilan bir kdtorda, daktilogiyadan keng foydalanish tavsiya qilinadi.
Rossiyada 1960—70-yillarda olimlar A.A.Venger, GL.Vigodskayava e.I.Leonard go’dak va maktab yoshigacha bo’lgan kar va yaxshi eshitmaydigan bolalarni oilada tarbiyalash imkoniyatlarini aniqlash bo’yicha izlanishlar olib borishdi. Bu imkoniyatlarni o’rganish umumiy rivojlantiruvchi va tuzatish ishlarini ertaroq boshlash, oilada nutq muhitini yaratish, eshitish asboblaridan foydalanish, nutqni ko’rish, eshitish orkeli tushunish ko’nikmalariga asos sifatida nutqiy eshitish va uning talaffuz qilish jihatlarini shakllantirish, yozma nutqni rivojlantirish bo’yicha maxsus mashgulotlar uchun kerak edi.
YUqorida nomlari keltirilgan mualliflar keyinchalik «Ota- onalar uchun topshiriqlar» uslubiy qo’llanmasini tayyorlashdi va maktabtacha yoshdagi davrgacha ularning umumiy va nutqiy rivojiga muvaffaq bo’lishdi. Mualliflar maktabgacha bo’lgan davrda bu toifadagi bolalar rivojlanishining yuqori darajasiga erishilsa, ommaviy maktablardagi sog’lom bolalar bilan kar hamda eshitishida bir oz nuqsoni bo’lgan bolani ham qo’shib o’qitish mumkinligini isbotlagtsdi.
Ularning materiallarida ilk yoshdanoq bolalar bilan ishlashni tashkil qilishto’g’risida, shuningdek, bir qator sabablarga ko’ra maxsus maktablarga farzandlarini yubora olmaydigan ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar keltirilgan. Bunda ota-onalarni o’z farzandlarini uyda tarbiyalashga undaydigan sabablarga: oila turar joyining maktabgacha ta`lim muassasasidan uzokda joylashganligi, farzandning jismonan zaifligi, unda boshqa nuqsonlar ham bo’lishi, ota-onalarning farzandlarini internat turidagi maktabgacha ta`lim muassasalariga berishni xohpamasligi, ba`zi ota-onalarning maxsus maktabgacha ta`lim muassasalaridagi o’qitish va rivojlantirish darajasidan qoniq- masligi, farzandlaridan uzoqlashishni xohlamasligi va boshqalar kiradi.
Bunda ota-onalarga surdokabinetlar va markazlar xodimlari, maxsus makgabgacha ta`lim muassasalarining pedago!'lari va ba`zi ilmiy muassasalar mutaxassislari yordam beradilar.
Ilk yosh
Ma`lumki, bola go’daklik va ilk yoshlarida, ya`ni 2—3 yoshigacha Oilada tarbiyalanadi va bu davrda ota-onalar uning rivojlanishi uchun ko’p ishlarni amalga oshirishlari mumkin.
Bunda ota-onalarning go’dak yoki ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashni tashkil etishlari uchun bir qator muhim tavsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Mutaxassislar karlik paydo bo’lishi bilan bog’liq xavf omillari bor oilada ota-onalar go’dakning eshitishini nazorat qizilishlari zarurligini ta`kidlaydilar. Bu xavf omillariga: oilada eshitmaydigan bola yoki oila a`zosi bo’lishi, bolaning eshitishini yomonlashtiradigan kasallikka chalinishi va antibiotiklardan noto’g’ri foydalanish kiradi. Bunday nazoratda ilk oylardanoqgo’dakning ovozga Munosabatiga e`tibor berish, nutqiy munosabatlar, g’uvillagan ovozlarga e`tiborni kdratish kerak. Go’daqda eshitish qobiliyatining yomonlashishi kuzatilsa, surdolog shifokorga murojaat qilish kerak.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ota-onalariga tuzatish ishlarini erta boshlashning ahamiyatini tushuntirish lozim. SHuni qayd etish lozimki, kar va yaxshi eshitmaydigan bolalarning Nuqronlari 2—3 yoshgacha tuzatilmasa, gapirmaydigan bo’lib qolishadi. Ular atrof olamdagi ovozlarni qabul qila olmaganidek, atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olmaydi va buning natijasida umumiy rivojlanishdan ancha ortda qoladi. SHu sababli, yaxshi eshitmaydigan bolalar bilan barvaqt tuzatish ishlari samaradorligini tasdiklaydigan misollar keltirish kerak. SHuningdek, ota-onalar go’dak va ilk yoshdagi bolalardagi umumiy va nutqiy rivojlanish qonuniyatlari bilan tanishishlari kerak. Bunda eshitadigan va eshitmaydigan bolalar rivojlanishi uchun ham dastlabki 2—3 yosh katta ahamiyat kasb etishini, zero, aynan shu davrda moddiy olamni idrok etishny rag’batlantiruvchi muhim muloqot shakllari nugqni tushunish, uning ritmik, intonatsion va ovoz jihatlari shakllanishini ota- onalarga ta`kidlash zarur. 3 yoshdan keyin esa rivojlanishning bu jihatlari shakllanishi ancha qiyin va uzoq vaqg kechadi.
Mutaxassislar 1 yoshgacha bo’lgan go’daklar bilan kuniga 10 daqiqadan ta, 2 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan kuniga 10 daqiqadan 2—3 ta va 2—3 yotlardagi bolalar bilan 15—20 daqiqalik mashg’ulotlar o’tkazishni tavsiya qiladilar. Bunda ularni, odatda, kunning birinchi yarmida va peshingi uyqudan so’ng o’tkazish kerak.
Xurli yo’nalishdagi boshqa mashg’ulotlar esa navbatma-navbat o’tkaziladi va bunda mashg’ulot o’tkazish joyi (gilam usti, stol atrofida va h.k.)ni oldindan aniqlash kerak, ularga hozirlikko’rish, ya`ni har bir mashg’ulot maqsadini puxta o’ylab chiqish, rejasini tuzib olish va turli didaktik materiallarni tanlash katta ahamiyatga ega.
Go’dak va ilk yoshdash bola bilan mashg’ulotlarda: harakatlanishni rivojlantirish mashqlari, buyumlar va o’yinchoqlardan foydalanish, idrok qilish (ko’rish, taktil harakat)ni rivojlantirish mashqlari, harakat tebranishini sezish, atrofidagi buyumlar va hodisalar bilan tanishish, rasm chizish, yasash va qurish mashqlari bo’lishi shart (bu yo’nalishlardan rasm chizish, yasash va qurishni bola 3 yoshga to’lganidan keyingina bajarish mumkin). SHuningdek, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolani musiqa asosida tarbiyalash ishlarini bola 1 yoshga to’lganda boshlash kerak. Bolani umumiy rivojlantirish bo’yicha ishlar, bir tomondan, uning idrok qilishini rivojlantirib, rag’batlantiradi; bolalarga xos xatti-harakatlarni rivojlantiradi va bularning barchasi nutqning rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Boshqa tomondan esa, bunday mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida ko’plab nugqni rivojlantirish materiallari qo’llaniladi va bola ularni asta-sekin o’zlashtirib boradi.
Umum rivojlantiruvchi o’yinlar va mashqlar nutqni eshitib idrok qilishni rivojlantirishda yanada muhim bo’lib, ular gapirmaslik va eshitib idrok qilishdagi nuqsonlarni bartaraf qilishga mo’ljallangan. Bunda ota-onalar tuzatish ishlari yuzasidan surdopedagoglar bilan maslahatlashishlari lozim.
Nutq va eshitishni rivojlantirish ishlarini olib borishda nutq- zshitish muhitini yaratish kerak; bunda bola bilan eshitish asbobi yordamida doimo nutqiy muloqot qilinadi.
Go’dak yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish ishlari: kattalarning yuzlarini kuzatish, ularning moddiy va nutqiy harakatlariga taqlid qilishga o’rgatish, gapirishga ehtiyoj sezishni shakllantirish, ba`zi chala va to’liq so’zlar ma`nolarini tushunishni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu mashqlar uzoqdavom etadigan, tizimli ishlar bo’lib, ular kun davomida bola bilan muloqotda,. shuningdek, mashg’ulotlar vaqtida o’tkaziladi.
Agar eshitishida nuqsoni bo’lgan bola nutqini rivojlantirish ishlari uning ilk yoshidanoq boshlansa, 2—3 yoshida bu ishlar sur`ati yakcha tezlashadi. Moddiy harakatlanish yoki o’yin jarayonida ota- oialarning bola bilan muloqotini to’g’ri tashkil qilish, kattalar nutqini tushunish va bolaning shaxsiy nutqini shakllantirish omili hisoblanadi. YUqorida ta`kidlanganidek, budavr ham normal eshitadigan, ham eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar nutqining rtsvojlanishi uchun o’ta muhim davrdir. Garchi bu davrda kar bolalar faol gapira olmasa-da (bundan ota-onalar qattiq kuyunishadi), bu davr nutq rivojlanishi uchun muhimdir. Zero, aynan shu davrdan boshlab bola turli buyumlar va hodisalarni farqlab, ularning nomlarini, ular bilan bog’liq harakatlarni bilib boradi. Doimo tuzailishiga ko’ra sodda gaplardan foydalanilsa, bola ulardan eng ko’p takrorlanadiganini tushunadi. Bunda bolani buyruq maylidagi fe’llarning (ber, ol, e, yugur va b.) ahamiyatini tushunishga o’rgatish Muhim, chunki bu jumlalarni tushunish ulardan foydalanishda juda keladi. Mashg’ulotlar mobaynidagi narsalar va o’yinchoqlar bilan UyNashda, rasmlarni tomosha qilishda, turli o’yinchoqlar yordamida Kichik hikoyalarni aytib, ko’rsatib berishda so’zlar va jumlada miqdori ko’paytirib boriladi. Bolalar bilan barvaqt tuzatish ishlari samaradorligini tasdiqpaydigan misollar keltirish kerak. SHuningdek, ota-onalar go’tsak va ilk yoshdagi bolalardagi umumiy va nutqiy rivojlanish qonuniyatlari bilan tanishishlari kerak. Bunda eshitadigan va eshitmaydigan bolalar rivojlanishi uchun ham dastlabki 2—3 yosh katta ahamiyat kasb etishini, zero, aynan shu davrda moddiy olamni idrok etishni rag’batlantiruvchi muhim muloqot shakllari nutqni tushunish, uning ritmik, intonatsion va ovoz jihatlari shakllanishini ota- onalarga ta`kidlash zarur. 3 yoshdan keyin esa rivojlanishning bu jihatlari shakllanishi ancha qiyin va uzoq vaqg kechadi.
Mutaxassislar 1 yoshgacha bo’lgan go’daklar bilan kuniga 10 daqiqadan

  1. ta, 2 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan kuniga 10 daqiqadan 2—3 ta va 2—3 yoshlardagi bolalar bilan 15—20 daqiqalik mashg’ulotlar o’tkazishni tavsiya qiladilar. Bunda ularni, odatda, kunning birinchi yarmida va peshingi uyqudan so’ng o’tkazish kerak.

Turli yo’nalishdagi boshqa mashg’ulotlar esa navbatma-navbat o’tkaziladi va bunda mashg’ulot o’tkazish joyi (gilam usti, stol atrofida va h.k.)ni oldindan aniqlash kerak, ularga hozirlik ko’rish, ya`ni har bir mashg’ulot maqsadini puxta o’ylab chiqish, rejasini tuzib olish va turli didaktik materiallarni tanlash katta ahamiyatga ega.
Go’dak va ilk yoshdagi bola bilan mashg’ulotlarda: harakatlanishni rivojlantirish mashqlari, buyumlar va o’yinchoqlardan foydalanish, idrok qilish (ko’rish, takgil harakat)ni rivojlantirish mashqlari, harakat tebranishini sezish, atrofidagi buyumlar va hodisalar bilan tanishish, rasm chizish, yasash va qurish mashqlari bo’lishi shart (bu yo’nalishlardan rasm chizish, yasash va qurishni bola 3 yoshga to’lganidan keyingina bajarish mumkin). SHuningdek, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolani musiqa asosida tarbiyalash ishlarini bola 1 yoshga to’lganda boshlash kerak. Bolani umumiy rivojlantirish bo’yicha ishlar, bir tomondan, uning idrok qilishini rivojlantirib, rag’bat- lantiradi; bolalarga xos xatti-harakatlarni rivojlantiradi va bularning barchasi nutkring rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Boshqa tomondan esa, bunday mashgulotlarni o’tkazish jarayonida ko’plab nutqni rivojlantirish materiallari ko’llaniladi va bola ularni asta-sekin o’zlashtirib boradi.
Umumrivojlantiruvchi o’yinlar va mashqlar nutqni eshitib idrok qilishni rivojlantirishda yanada muhim bo’lib, ular gapirmaslik va eshitib idrok qilishdagi nuqsonlarni bartaraf qilishga mo’ljallangan. Bunda ota-onalar tuzatish ishlari yuzasidan surdopedagoglar bilan maslahatlashishlari lozim.
Bolalar hayoti va faoliyatini tashkil qilish
Bola tarbiyasida kundalik tadbirlarni yo’lga ko’yish muhim bo’lib, ovqatlanish, gigienik muolajalar vaqtida bola madaniy-gigienik ko’nikmalar va odatlarga ega bo’ladi, jamoada o’zini tugish qoidalarini o’zlashtiradi hamda atrofidagi buyumlar, ularning xususiyatlari va ular qo’llaniladigan sohalar to’g’risidagi tasavvurlari shakllanadi. SHuningdek, faollik, mustaqillik, jamoada biron-bir ishni udtsalay olish, boshqa bolalar bilan aloqada bo’lish, o’z harakatlarini ularniki bilan muvofiqlashtirish kabi sifatlar shakllanadi.
Ota-onalar eshitishida nuqsoni bo’lgan farzandlari hayotining bu jihatlariga jiddiy e`tibor qaratishlari lozim, zero, maktabgacha tarbiya muassasasiga qatnaydigan bolalarning aksariyatida o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, ya`ni to’g’ri ovqatlanish, kiyinish, hojatxonadan foydalanish ko’nikmalari shakllanmagan bo’ladi. Kundaliktadbirlar o’tkazishda ota-onalar kuyvdaga bir kdtor shartlarni hisobga olishlari kerak:

  • Kundalik tadbirni o’tkazish uchun qulay sharoit yaratish (bola- larga qulay va bo’ylariga mos mebellar, stulchalar, kiyimlar uchun javonchalar yoki ilgaklar, sochiquchun ilgak va h.k. tanlash).

  • Bola o’zlashtirishi kerak bo’lgan harakatlar (kiyinish, yuvinish 6a boshq.)ni asta-sekin o’rgatib borish, ularni muayyan tartibga solish va operatsiyalarga ajratish.

  • Muayyan bir harakat doirasvda, uni amalga oshirish vositasini aniqiashtirgan holda, bolaga uni bajarishni mashq qildirish (masalan, yuvinish jarayonida sochikdan to’g’ri foydalanish).

  • Bolaning mayda harakatlari, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ko’nik- malari qay darajada shakllanganligini hisobga olib, u bilan har kuni individual ishlash.

  • Kattalar, jumladan, bolaning opa va akalari madaniy, gigi- enik talablarga to’liq rioya qilishlari.

Kundaliktadbirlarni tashkillashtirishda biron-bir ish-hara- katni qanday bajarish ko’rsatib berilib, ularga izoh beriladi. Maktabga chiqish arafasidagi va kichik maktab yoshigacha bo’lgan bolalar bilan ishlashda esa bunday ish-harakatlar bo’lib-bo’lib ko’rsatiladi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarga qoidalarni eslatib turish va ish-hdrakatlar ketma-ketligi yuzasidan suhbatlatsshsh kerak, shundagina bola madaniy-gigienik ko’nikmalarni to’g’ri shakllantirishning ahamiyatini anglaydi. SHuningdek, qulog’i og’ir bolalarga uydagi turli buyumlar (stol, kiyim ilgich)dan qanday foydalanishni, boshqalar bilan gaplashish odobini, uy ishlarini bajarishda oilaning kichik a`zolari ham yordamlashishi zarurligini uqgirib borish kerak. Ota- onalar farzandlarini sabr qilish, kutib turish, ish-harakatlarni navbat bilan bajarishga o’rgatish bilan birga, oilaning boshqa a`zosiga Joy berish, o’zidan kattalarga rahmat aytishlariga ham e`tibor qaratishlari lozim. Bolada mazkur odatlar shakllanishi uchun ota- ONalar uyda bunday ishlarni bajarib ko’rsatishlari kerak.
Ota-onalar kun tartibini tashkillashtirish jarayonida farzand- YA*riga turli buyumlar, ularning xususiyatlari va foydalanish OOXalarini ko’rsatib borishlari, uydagi ko’rinishi har xil, ammo tszifalari bir xil buyumlar (kichik va katta qoshiqyoki sochiq, mato yoxi qoyuz salfetka)ni qiyoslab tushuncha berishlari kerak.
Sayr vaqtida maydonchada jihozlar, turli o’yinchoqlar, sport anjomlari bo’lishi kerak.
Sayr qilish tartibini oldindan o’ylab qo’yish va bunda u avvalgisidan farq qilishi mumkin. Sayr vaqgida boshqa bolalar yoki oila a`zolari, qo’shni bolalar ishtirokida turli mashg’ulotlarni tashkillashtirish lozim. Odatda, sayr boshida ob-havo, atrof-muhitdagi holat kuzatiladi. Bunda bola osmon, quyoshning holatini, qor yoki yomg’ir yog’ayotganini kuzatadi. Ota-onalar yoki ularga hamrohlik qilayotgan kattalar ularning diqqatini havo haroratiga (iliq, sovuq, issiq), tabiatda yuz berayotgan o’zgarishlarga va h.k. qaratishlari kerak. SHuningdek, bolani kattalarga taqlidan amaliy ishlarga (masalan, maydonchani barglardan tozalash, yo’lakdagi qorni kurash, qushlarga don berish va h.k.) jalb qilish kerak. Undan keyin esa faslga mos harakatli o’yinlar (qor, qum bilan o’ynash)ni tashkillashtirish lozim. SHuningdek, sayr vaqtida bog’bon, haydovchining ishini yoki keyinroq atrof-muhit bilan tanishish, rasm chizish, o’ynash mashg’ulotlarida bolalar bilan tahlil qilinadigan joylarni kuzatish mumkin. YAngi so’zlarni kiritish, nutqni faolllashtirish nuqgai nazaridan sayrning barcha elementlarini oldindan o’ylab qo’yish kerak. Bunda nutqqa doir materiallarda oldindan rejalashtirilgan hamda bolani qiziqgirgan hodisalarni ifodalovchi so’zlar bo’lishi shart. Masalan, bola bul’dozerni ko’rib qoldi, deylik. (Bunaqa kutilmagan hodisalarga, masalan, chaqmoq chaqishi, kamalak chiqishi va h.k. kiradi.) Bunda ota-ona yoki kattalar uning qanday nomlanishini og’zaki yoki og’zaki- taktil tarzda aytib, kerak bo’lsa, ularni yon daftarchasiga yozib olib farzandi bilan birgaliqda o’qiydilar.
Murabbiy bola bilan o’yin yuzasidan gaplashayotganda o’yinchoqlar, o’yin harakatlari, o’yinga munosabatini bildiradigan so’zlarning ma`nolarini aniqlashtiradi va unga o’sha so’z, gaplarni ayttiradi. SHu bilan birga, bolaning erkin o’yinlari nutqiy materialni o’zlashtirish va mustahkamlash vaqtidan ortib ketmasligi kerak, aks qolda o’yinlar o’zlarining jozibadorligini yo’qotib, bolaning «qissietiga ta`sir etib, kayfiyatini buzadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin