O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Demak, avvalgi o’riida shifokoriiig qurqinchli tashxisi va sizning xavotiriigiz emas, balki farzandingizning qiziqishlari turishi kerak



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə12/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Demak, avvalgi o’riida shifokoriiig qurqinchli tashxisi va sizning xavotiriigiz emas, balki farzandingizning qiziqishlari turishi kerak.
Ota-onalar tova, qoshiq, sanchqi va kir qisqichlardan farqli ravishda yaxshi o’yinchoqlar bolalarda qiziqish uyg’otmasligini ko’p kuzatganlar. Buning hech ham qo’rqinchli joyi yo’q. Asosiysi, bolaga qiziq bo’lsa bo’ldi. Muvaffaqiyatlari uchun uni maqgash va taqtsirlashni unutmang. Zero, uni rag’batlantirish va taqtsirlash faoliyat natijalari hamda uni yana takrorlash xohishining mustahkamlanishiga olib keladi. Bola o’z muvaffaqiyatidan qoniqish hosil qilishiga erishish lozim.
Farzandingizning turli xatti-harakatlarga munosabatini hisobga oling... Alohida ehtiyojga ega bolalarning aksariyatida tozalik, ozodalik ko’nikmalari kech shakllanadi. CHunki ota-onalar bola jismoniy ehtiyojlarini sezmaydi, nazorat qila olmaydi va bu to’g’risida xabar bera olmaydi, deb hisoblashadi. Bunday ota-onalar uzoq vaqg davomida o’z farzandlariga taglik tutishadi, ularni o’zlari ovqatlantirishadi, o’zlari kiyintirishadi. Natijada bolada tanlash imkoniyati qolmaydi. Farzandlari uchun qaror qabul qiladigan ota- onalar ulardagi his-tuyg’ularning tabiiy rivojlanishini cheklab, to’xtatib qo’yadi. Atrofidagi muhit to’g’risida tug’ma axborotga ega farzand, masalan, och qolish — ovqatlanish — qoniqish o’rtasidagi sabab-oqibat aloqadorligini tushuna olmasligi mumkin. Farzandingiz bunday noqulayliklarning barini his qilib, ularga javob qaytara olishi kerak. Bunda ota-onaning vazifasi farzandining muayyan noqulaylikka munosabati haqidagi xabarni o’rganish hamda bolaga ehtiyojlarini qondirishning to’g’ri yo’llarini ko’rsatishdan iborat. SHu o’rinda pampers tagliklari xususida ham gapirib o’tsak: ularni ortiqcha qo’llamaslik lozim. Zero, keyinchalik bu teridagi namlikni sezish va noqulaylikka munosabat bildirishning kamayishi va kundalik ko’nikmalari shakllanishini yanada sekinlashtiradi. YUqoridagi holatni ko’p takrorlash esa peshob chiqarishdagi shartli refleksning etarlicha rivojlanmasligiga va buning natijasida bola rivojlanishidagi ikkilamchi susayishlarga sabab bo’ladi.
Farzandingiz biror narsaga qiziqsa, uni o’zlashtirishi va o’rganishi tezroq kechadi, shu sababli o’z qiziqishlaringizni farzandingiz qiziqishlari va xatti-harakatlari bilan qo’shib olib boring.
Farzandingiz uchun siz tanlamang, uning o’zi tanlashiga imkoniyat yarating. Bolalar tug’ilgandan so’ng, normal rivojlana borib, o’zlari mustaqil tanlay boshlaydilar, butun hayoti davomida uii davom ettiradilar. Tanlash imkoniyati bolada vaziyatni nazorat qilish va boshqarishni his qilish shakllanishining muhim jihatidir. Bolaning nuqsonlari qanchalik kuchli namoyon bo’lsa, unda tabiiy tanlash ehtimolligi shunchalik qisqaradi. Kattalar esa bolalarga boshqacha yo’lni taklif qilmasdan, o’zlari bola uchun yaxshi deb hisoblagan iarsani qilishadi. Natijada, bu bola sustlashib, muloqotga ehtiyoj va xohish sezmaydi. Bolaning nuqsonlari qay darajadaligidan qat’i nazar, kattalar uni kun davomida turli tanlov imkoniyatlari bilan ta`minlashga intilishlari va uning qarorlarini hurmat qilishlari lozim. Masalan, ovqatlanish vaqgida bir qo’lingizda stakanda sharbat, ikkinchisida esa qoshiqda yogurt ushlab turing va farzandingiz ulardan qay biriga talpinsa, o’shani bering. Garchi «haqiqiy» emas, tasodifiy tanlov bo’lsa-da, bu keyinchalik uning ongli tanloviga zamin yaratadi.
Bunda eng muhimi — tanlov vaziyati yaratilganidan so’nggina kattalarning qaror qabul qilishidir.
Har qanday tanlov — bu muvaffaqiyatdir. Kattalar hisobga oladigan xdr qanday kichik harakat muvaffaqiyatli tugashi juda ham muhimdir. Masalan, farzandingizga biron-bir buyumga, masalan, o’yinchoqqa qarab intilishni o’rgatmoqchi bo’lsangiz, bola qiyinchiliksiz ushlashi uchun uyinchoqni yaqinroq qo’ying. O’yinchoqni bir oz orqaroqqa sursaigiz, bola unga etishiga ishonib oldinga siljisin. Bolalar juda murakkab topshiriqdan qo’rqishadi, juda osoni esa ularni zeriktiradi.
Farzandingizni har kuni o’rgatib boring. Farzand o’z rivoj- lanishining har bir jabhasida har kuni ko’nikmalar hosil qila boradi. U har kuni yangi bilimlar olib, mustaqil o’rganadi. Uni o’rgatish uchun alohida vaqt ajratish shart emas. Uni kuzata turib, vaziyatdan kelib chiqib, unda qiziqish uyg’otish va yangi ko’nikmaga majburlamasdan o’rgatish kifoya. Ko’plab dalillarga ko’ra, ijtimoiy mashg’ulotlar jarayonida olingan bilimlardan ko’ra kundalik olingan tajriba ancha samarali.
Farzandingizshshg dam olishiga imkon bering. Xudtsi kaggalar kabi barcha bolalarga ham o’zlari uchun bo’sh vaqt kerak (ya`ni o’z-o’zlari bilan yoki kattalar bilan shunday o’ynash kerakki, kagtalar ularga hech qanday talab qo’ymasin). Siz unga mehr bilan, qiziqishlariga e`tibor berib, juda ko’p narsa o’rgatishingiz mumkin.
Hech qachon uni umid qilgan sovg’asini olishiga ishontirib, aldamang. Asosiysi — bola hamma narsa yaxshi bo’lib ketishini, sizning u bilan g’ururlaniishngizni va unga ishonishingizni his etsin. O’shanda u hamma narsani qanday qilish kerak bo’lsa, shunday qiladi. So’ngra uning sabr-toqati uchun uni o’yinchoqyoki shirinlik bilan siylang, unga xayrixoh bo’ling va maqtab qo’ying, erkalang, ilgarigi qo’rqinch va og’riqni unutishi uchun iloji boricha ko’proq ijobiy hislarni baxsh eting.
Sizning maqsadingiz — alohida ehtiyojga ega farzandingizning yakkalanib qolishini chuqurlashtirish emas, balki uni o’zining odamovi duyosidan olib chiqishdir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin