O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Tarbiyalash va ta`lim berinshi tashkillashtirish shakllari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Tarbiyalash va ta`lim berinshi tashkillashtirish shakllari
Uy sharoitida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalash va ta`lim berish mashg’ulotlari turli tashkiliy shakllarda o’tkazilishi shart. Bunda tarbiyalash va ta`lim bsrish shakllari bola yoshiga ko’ra belgilanadi va bu ularni me`srda tarbiyalashning shaklidir. Bularga asosan o’yin, sayr, sayohat, turli mashg’ulotlar, erkin faoliyat, bayramlar va ko’ngilochar mashg’ulotlar, kundalik tadbirlarni tashkillashtirishlar kiradi. Uy sharoitida bunday ishlar boladagi nuqsonni tuzatish yo’nalishiga ham ega bo’lishi kerak bo’lib, ota-onalar ularni turli ish-harakatlar vaqtidagi zaruriyatga qarab yangi ishlar bilan to’ldirib borishadi. Masalan, eshitib idrok qilish va talaffuzni rivojlantirish mashqlari, nutq mashqlari shular jumlasidan bo’lib, ularni ota-onalarning o’zlari uy sharoitida uddalay oladilar.
Ilk va maktab yoshigacha bo’lgan bolalarni odatdagi tarbiyalash va ta`lim berish kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus muassasalarda muhim rivojlantirish hamda tuzatish vazifasini o’gaydi.
Oiladagi jismoniy tarbiya ham bola rivojlanishining muhim yo’nalishlaridan biri sifatida qaraladi va ularga asosiy harakatlar, narsa-buyumlar va ularsiz umumiy rivojlantirish mashqlarini bajarish, harakatning hududiy yo’nalishi va muvofiqlashtirishni rivojlantirish, to’g’ri qomatni shakllantirish kabilar kiradi. Ota- onalar sayrlarda, sport maydonchalaridagi mashg’ulotlarda turli o’yinlar bilan birgaliqda bu mashqlarni ham qo’shib olib borishlari mumkin.
Oilada maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish — bola rivojlanishining oldingi bosqichlarida boshlangan rasm, naqsh chizish, applikatsiyaga o’rgatishni davom ettirish bilan bog’liqdir. Rasm chizishga o’rgatish unda o’z tasavvurini aks ettirishga, narsa-buyumni, avvalo, kattalar yordamida, so’ngra mustaqil kuzatishga, ularning xususiyatlarini aks ettirishga hamda rasmlar va naqshlardan zavqlanishni o’rgatishga yo’naltirilgan. Rasm chizishning muhim jihatlari — u to’g’risida tasavvurning shakllanishi, syujetli rasm, naqsh chizish, loyihalash ko’nikmalarining rivojlanishi, ularni haqiqiy narsa-buyumlar, jismlar, kishilar va hodisalar bilan qiyoslashdir. Rasm chizish, applikatsiya, konstruktsiyalash jarayonida ijodkorlik qobiliyati rivojlanishiga katta e`tibor qaratish lozim. Ixtirochilik faoliyatining rivojlanishi esa so’z boyligi ortib, ulardan keng foydalanish bilan chambarchas bog’liq (shuningdek, aytib berishga o’rgatish bilan ham).
Bolaning barcha turdagi faoliyati rivojlanish xususiyatiga ega bo’lib, nutq shakllanishi (ya`ni so’z boyligi ortishi, so’zlar va gaplar ma`nolarini aniqroq bilib borish, ularni tushunish va mustaqil nutqni rivojlantirish)ga asos bo’lib xizmat qiladi. Bola narsa- buyumlar va hodisalar, o’yinlar va mashqlar, turli ixtirochilik va loyihalash faoliyatlarini kuzatib, ular yuzasidan kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotda barcha nutq materiallarini qo’llaydi.
Oilada kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar nugqini rivojlantirish ishlari ham og’zaki va yozma nutqni rivojlantirish bo’yicha rejali ishlar olib boriladigan maxsus mashg’ulotlarni talab qiladi.
Talaffuz qilishga o’rgatish fonetik ritmikadan tizimli foydalangan holda, rivojlanib kelayotgan eshitish-ko’rish idrokiga asoslanadi. Kun davomida fonetik ritmika bo’yicha 5—10 daqiqalik mashg’ulotlar o’tkazish tavsiya qilinib, ularda tovushlarni nomlash, ularni bo’g’inlab va asosiysi so’zlar, gaplarni talaffuz qilish ishlari olib boriladi. Bunday mashg’ulotlar jarayonida nutqo’rtasida nafas olish, ulab ketish, nutq sur`ati va ohangini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar qo’llaniladi.
O’qishga o’rgatish. Oilada maktab yoshigacha bo’lgan bola bilan ishlashda o’qishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun so’zma- so’z o’qish usuli qo’llanilib, u qirqiladigan alfavit, bolaning o’zi yozgan bosma harflari bilan mustahkamlanadi (E.I.Leongard, E.G.Samsonova, 1991, U.Fayzieva, 1994). O’qishni shakllantirish uchun, avvalo, turli ishlar jarayonida, uyda, O’yinlarda bosma harflardan tuzilgan so’zlar va gaplar yozilgan jadvallar qo’llanilib, ularni bola o’z navbatida yaxlitligicha idrok qiladi, so’ngra o’qishni o’rganib borgani sari bo’g’inlab o’qiy boshlaydi. Bunda o’qilgan so’z va gaplar ma`nolarini to’g’ri tushunganligini aniqlash muhim bo’lib, shu maqsadda bola ularni o’qib bo’lganidan so’ng, u ifodalagan narsani ko’rsatishi, MSH-harakatni bajarishi, tushunganlarini rasmlar, nakdshar va boshqa faoliyatlarda aks ettirishini undan so’rash kerak. Ongli o’qish Ko’nikmalari rivojlanishi uchun bola hayotadan lavhalarni aks ettirgan qo’lbola kitobchalar tayyorlash va bolaga o’qitgirish tavsiya qilinadi. Kitobchaga rasmlarni bolalar boshida kattalar ishtirokida, keyinroq o’alari chizishadi. Bunday mashg’ulotlar pirovardida bolada o’qishga qiziqish uyg’otadi. Suratlar tagidagi so’zlar, turli mashg’ulotlar Mvteriallari, qo’lbola kitoblarni muntazam o’qish odatiy va noodatiy Mvtnlarni o’qish, ularning mazmunini tushunish ko’nikmalarining Mvkllanishiga olib keladi.
Maktabgacha bo’lgan davrda bola rivojlanishining erta bosqichlarida boshlangan eshitib idrok qilish bosqichma-bosqich rivojlantirilib davom ettiriladi. Bolalar quloqqa tanish nutqiy materialni farqlash va tanishga, ya`ni uni eshitishi bilanoq, qaramasdan idrok qilishga o’rgatiladi. Bu esa ularda nutqni idrok qilish jarayonida o’zlashtirgan akustik qiyofalarni eshitib, uzoq vaqg yodda saqlashlariga yordam beradi.
SHu bilan bir vaqtda, bolaga og’zaki va yozma shakllarda tanish bo’lgan so’z, ibora va gaplarni farqdash bo’yicha ishlar ham olib boriladi. eshitib idrok qilishni rivojlantirish ishlari ketma-ketligiga mos ravishda bolalar asta-sekin eshitilishi notanish so’zlarni, keyinroq esa so’zlari ham, mazmuni ham notanish so’zlarni talaffuz qila boshlaydi. Maxsus mashg’ulotlarda, uyda, turli faoliyatlar jarayonida shakllangan so’zlar zaxirasi bu materialni to’liq o’zlashtirishga asos bo’lib, turli so’zlar va gaplarning ma`nolari hamda talaffuz jihatlarini o’zlashtirishni shakllantiradi. eshitib idrok qilish bo’yicha ishlar talaffuz qilish bilan chambarchas bog’liqtsir, zero, quloqqa eshitiladigan barcha materialni bola og’zaki talaffuz qiladi hamda akustik qiyofalarni aniqpashtirish jarayonida so’z va gaplarning tovush-bo’g’in va ritmik-intonatsion jihatlari farqlanib, aniqlashtiriladi. SHuningdek, bu jarayonda bola eshitish asbobi yordamida va usiz qabul qiladigan masofa ortib boradi. Bunda karlar va makgab yoshigacha bo’lgan bolalarga normal balandlikdagi tovushlarni, eshitishda nuqsoni bo’lganlarga esa shivirlab aytilgan tovushlarni ham eshita bilish o’rgatiladi. Kar va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda eshitib idrok qilish ishlari natijalari, albatga, eshitish darajasi, bu mashqlar mudtsatiga qarab har xil bo’ladi.
SHuningdek, eshitib idrok qilish nutqqa doir bo’lmagan tovushlar (masalan, turli musiqa asboblarini, hayvonlar va qushlar ovozlarini, ovozlar miqdorini, erkak va ayol ovozlarini, yakka va xor bo’lib aytilgan ijrolarni farqlash va h.k.)ni idrok qilishda ham rivojlanadi. Buning asosiy vositalaridan biri uydagi ovozlar, transport ulovlarining signallari, tabiatdagi ovozlarni idrok qilishdir. Oilada eshitmaydigan bolani tarbiyalash va ta`lim berish maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan ancha keng imkoniyatlar yaratadi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin