O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə22/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
«Jirafa» rasmi

Farzandingazga jirafa — yirik hayvon ekanligini, uning tanasi kalta va xolli yung bilan qoplanganligini, boshida kichkina quloqyaari va oxiri biroz g’urrali kichik shoxchalari, ancha uzun bo’ynida esa kalta yoli borligini, dumi uzun bo’lib, uchida popugi borligini, uzun oyoqlarining uchida esa tuyoqlari borligini gapirib bering. SHuningdek, jirafa dunyodagi eng novcha jonivor ekanligini va katga- katga daraxtlar barglari bilan osongina ovqatlanishini aytib bering.
Farzandingizga o’yinchoq jirafani ko’rsating. U esa jirafani bosh—butun tana—dum—oyoqlar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini jirafaning boshiga qo’yib, burni, labi, ko’zlari, shoxchalari va quloqlarini ko’rsating. So’ngra qo’lini uning bo’yni yurgizib, yolini, undan so’ng esa tanasi bo’ylab yurgizib, dumi, oyoqlari va tuyoqlarini kuzating.
Jirafani kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — jirafaning boshi, unda burun, lablar, ko’zlar, shoxchalar va quloqlar bor. Uzun bo’ynidan keyin, tanasi, dumi, oyoqlari va tuyoqlariga duch kelamiz. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz. Uchinchi qism turli narsa-buyumlar

  1. «Arra» rasmi

Farzandingizga arra — bu arralab kesish asbobi ekanligini, uning har ikkala tomonida yog’och dastaklari borligi, ular o’rtasida esa tishli metall bo’lagi bo’lishini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq arrani ko’rsating. U esa arrani o’rtasidan boshlab kuzatib chiqsin. Bunda uning qo’lini simmetrik tarzda chetlarigacha olib boring.
Arrani kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — asbobning o’rta qismi. Bu metall bo’lagining yuqori qismi tekis, pasti esa tishli. Uning har ikkala tomonida dastaklar joylashgan. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin