O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə24/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
«Qulf» rasmi

Farzandingizga qulf — bu binolar eshigini yopish uchun ish- latiladigan asbob ekanligini, ular turli o’lcham va shakllarda (kichkina va katta, kvadratsimon va aylana) bo’lishini, uning do’g’asi va korpusi bo’lib, korpusining o’rtasida kalit tirqishi borligini shpirib bering.
Farzandingizga tabiiy qulfni ko’rsating. U qulfni do’g’asidan boshlab kuzatsin va qo’lini korpus bo’ylab yuqoridan pastga yurgizsin. Bunda farzandingiz qo’lini qulf yuqorisidan simmetrik tarzda pastga qarab yurgizing hamda barmoqlari bilan tirqishni ushlab ko’rishiga yordamlashing (bunda u qulfni ochishi va yopishi mumkin).
Qulfni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying, qo’lini chapdan o’ngga qarab yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan qulfni o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — qulfning do’g’asi, undan quyiroqda qulf korpusi bor. Korpusning o’rtasida kalit tirqishi bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. « Soyabon rasmi

Farzandingizga soyabon — bu yomgir va issiq oftobdan asraydigan buyum ekanligini, undadastasi, metall ksgaylar biriktirilgan uzun o’qi va bu kegaylarda sun`iy tolali yupqa mato tortib qo’yilgai- ligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy soyabonni ko’rsating. U soyabonpi dasglab yopiqholidakuzatsin. Bunda uning qo’lini yuqoridan pastga yurgichib, matosi, kegaylari va dastagini ko’rsating. So’ngra soyabonni oching, polga qo’ying va farzandingiz qo’lini ustidan chetlarigacha yurgi chib, ochilganda qanchalik kattalashishini ko’rsating; soyabonni bolaning boshi ustida ko’tarib, ich tarafvdan kuzating va uni dastagidan ushlab turishiga yordamlashing.
Soyabonni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzaraustiga qo’ying, qo’lini yuqoridan pastga qarab yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan yuqoridan pastga qarab soyabonni o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — ochiqholdagi soyabon, bu — uning o’qi, mana bu esa dastagi. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Un» rasmi

Farzandingizga uyda yashashinshzni, u noqulay ob-havodan himoya- lanish va yashash uchun zarur qulayliklarga ega bo’lishini, uylar turli qurilish va kattalikda bo’lsa-da, ular ko’p jihatdan o’xshashligini, ya`ni ularninghammasada tomi, derazalari va eshigi bo’lishini gapirib bering.
Farzandingizga o’yinchoq uyni ko’rsating. U uyni tomidan boshlab kuzatsin. Bunda siz uning ko’lini simmetrik tarzda, yuqoridan pastga yurshzib, uyning to’rtburchak shakliga e`tiborini qarating, derazalari va eshiklarini ko’rsating.
O’yinchoquyni kuzatib bo’lgandan so’nguning bo’rtma manzarasinp ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtmamanzara ustigaqo’ying, qo’lini yuqoridan pastgaqarab yurgshing va u butun rasmni his qilsin.
«CHoynak» rasmi
Farzandingizga choynak — bu choy damlash uchun ishlatilishini, \ :ar chinni, ba`zan esa metalldan tayyorlanishini, unda dastagi va ourunchasi borligi, choynak dastagidan choynak ushlanishini, bu- rupchasidan esa choy qo’yilishini, choynakka ko’pincha chiroyli naqshlar chizilishini, O’zbekistonda eng chiroyli naqsh — bu paxta naqshi ekan- ligini gapirib bering.
Farzandingizga haqiqiy choynakni ko’rsating. U choynakni qop- qog’vdan boshlab kuzatsin. Bunda u har ikkala qo’lini choynakning tashqi yuzasi bo’ylab simmetrik tarzda yurgizib, uning yumaloq shaklga egaligini ko’rsin. So’ngra qo’lini dastasiga olib boring va uning choynakdan choy qo’yishiga yordam bering.
CHoynakni kuzatib bo’lshndan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying, qo’lini chapdan o’ngga qarab yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan yuqoridan pastga qarab choynakni o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — choynak qopqog’i, chapda dastagi, o’ngda esa burunchasi. CHoynaqda «paxta» naqshi aks etgirilgan. endi esarasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.
Sanab o’tilgan mashg’ulotlarning barchasi atrofdash narsa-buyum- lar to’g’risida bolada muayyan tushuncha va tasavvur shakllanishidagi muhim bosqichdir. Ko’rib turganingizdek, bola ko’ra olmasa ham, ushlab ko’rishi orqali uning ko’rish imkoniyatlari o’rnini qoplash mumkin. Oila sharoitida buning o’rnini qoplovchi imkoniyatlarni shakl- lantirish farzandingizga atrofidagi olam bilan yaqindan tanishishiga yordam beradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin