O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Konstruktsiyalar yaratish bo’yicha mashg’ulot namunasi (tayyorlov davri)



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə26/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Konstruktsiyalar yaratish bo’yicha mashg’ulot namunasi (tayyorlov davri)
Mavzu. Qizi uchun xona yasash.
Maqsad. 1. Bolalarda konstruktsiyalar yaratishga qiziqish uyg’otish.

  1. Figuralarni tanlash va ularning fazoda joylashuvini namunaga ko’ra tushuntirishga o’rgatish.

  2. Predmetlarning funktsional xususiyatlarini tushunishni shakllantirish.

  3. Konstruktsiyalar bilan o’ynashni o’rgatish.

Material. M. P. Agapovaning qurilish materiallari to’plami, kiyimdagi kichkina qo’g’irchoq, figuralar: qalin tayoqchalar, g’ishtchalar, arkalar, plastinalar (7 ta to’plam — kattalar va har bir bola uchun).
Mashg’ulotning bosqichlari. 1. Tashkiliy qism.

  1. Tayyorlov mashqlari («Figurani qanday joylapggirish kerak» o’yini).

  2. Bola bilan birga batafsil nutqli izohlash bilan karavotchani, divanchani (uxlash, yotish uchun), kreslo, stullarni (o’tirish uchun), shkafni (kiyim osish uchun) yasash.

  3. Konstruktsiyalar bilan birga o’ynash.

  4. YAkunlash.

Mashg’ulotning borishi.

  1. «Kubiklar bilan o’ynashni xohlaysanmi? Birga o’ynaymiz».

  2. Pedagog, ona bolaning va o’zining oldiga figuralar bo’lgan patnisni qo’yadi («Qara, men senga qanday figuralarni tayyorladim. SHunday figurani ko’rsat. U nima deyiladi? Birga aytamiz. Bu nima? Senda shunday figura bormi? Ko’rsat»). Juftli figuralarni bir- biriga yaqinlashtirib, ko’rsatish imo-ishoralari bilan birlashtirib, nomini aytadilar. SHundan keyin figuralarning joylashuvini takrorlashga o’tiladi («Endi boshqacha o’ynaymiz. Arkani ol. Uni mana shunday joylashtir (qo’y, yotqiz), endi mana shunday. Diqqat bilan qara. Sanjar, Nigoraga yordam ber. endi shunday ag’darish kerak...» va hokazo). Oldin bitga, keyin ikkinchi, uchinchi figura bilan o’ynaladi... SHundan keyin qurilish detallari qutiga taxlab, olib qo’yiladi (bu jarayonga oilaning boshqa a`zolarini ham kiritish mumkin).

Ona, pedagog stolga yog’och qurilish to’plamini va qo’g’irchoqni qo’yadi: «Bu bizning qizimiz. Undan ismini so’ra. Hammamiz so’raymiz:
O’yinlar va mashqlar, odatda, mashg’ulotning eng boshida o’tkaziladi va etti daqiqagacha davom etadi. O’yinlar va mashqlarni etkazish vaqtini cho’zib yuborish tavsiya etilmaydi, chunki mashg’ulotning asosiy qismi bolalarni konstruktor bilan ishlashni o’rgatishga bagishlangan bo’lishi kerak, bu esa idrok etish natijalaridan foydalanishni talab etadi. SHuning uchun o’yinlarga ajratilgan vaqtni samarali sarflash: ko’rgazmali materialni avvaldan tayyorlash, uni bolalarga kerakli miqtsorda berish va hokazolar muhim bo’ladi.
SHakl bilan tanishuv o’yinlari. SHakl muayyan predmetning individual ko’rinishini belgilab beruvchi eng muhim fazoviy xususiyatlarda! I biridir. Predmet va uningtarkibiy qismlarini tanib olishda shaklga tayaniladi, shuningdek, u har qanday tasvirni, shu jumladan, konstrukiiyaii yasash uchun eng muhim bo’lgan zaruriy xususiyati hisoblanadi.
Ushbu xususiyatlarga amalda e`tibor berish rivojlanadigan predmetli va o’yin harakatlarini egallashda ancha orqada qolganligi tufayli aqliy qoloqbolalar maktabgacha yoshiga kelib predmetlarning shakli va kattaligiga ko’ra munosabatlarini ko’rib idrok eta olmaydilar, shuningdek, xususiyatlarini hisobga olishni talab etuvchi amaliy harakatlarni bajara olmaydilar (masalan, turli shakldagi qugichalarni bo’lish, geometrik figuralarni tegishli teshiklarga tiqib kiritish, ichiga solinadigan kubiklarni taxlash va hokazo).
SHuninguchun bolalarning e`tibori, avvalo predmetlarning muhim xususiyati bo’lgan shakliga tortiladi. Bu amaliy harakatlar davomida eng samarali ravishda o’tadi. Predmetlarning shakli bunda bajariladigan harakatlar xarakteri va predmetning funktsional xususiyatlari bilan bog’liqtsir. Masalan, «Nima yumalaydi, nima yumalamaydi» didaktik o’yini davomida bolalar dumaloq va burchakli shakllar bilan tanishadilar. «Etalonlar» sifatida kubiklar va sharchalar olinadi. Bolalar predmetlarni paypaslab, kubiklarning burchaklarini ushlab ko’radilar, sharchalarning silliq dumaloq yuzasini sezadilar va «sharcha dumaloq», «kubik dumaloq emas, burchaklari bor» deydilar. Keyin sharchalar va kubiklar og’ma tarnovga solinadi, undan savatchaga faqat sharchalar dumalab tushadi, kubiklar esa stolda qoladi. Tarbiyachi doimo bolalarning e`tiborini «sharcha dumalaydi, chunki u dumaloq», «kubik dumalamaydi, chunki uning burchakpari bor» ga qaratib turadi.
Hatto bola darhol dumalashi-dumalamasligi va nima uchunligini aytganida ham u o’z so’zlarini amalda tekshirib, ularning to’g’riligi yosh xatoligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bunday amaliy tekshiruv nafaqat bolalarning diqqatini predmet shakliga qaratadi, balki shaklni idrok etishning o’zini ongliroq qiladi. Bunda shakl bola uchun predmetning muhim belgisi bo’lib qoladi.
SHakl bilan amalda tanishishdan keyin bolalarni shakllarni solishtirish va namunaga qarab tanlash kabi idrok etish harakatlariga o’rgatish boshlanadi. Bu o’yinlar bolalarni shakllarni bir-biridan ancha farq qilgan holda ajratish, shuningdek, 2—5 ta berilgan namunadan juft bo’lgan shaklni tanlashga o’rshtishga qaratilgan. Bunday harakatlar (ular identifikatsiya harakatlari deyiladi) faqat tanish bo’lgan materialdagina o’tkazilmaydi. Masalan, bolalar topshiriqiarning ma`nosini tushuna boshlaganda boshqa shakllarni hdm kirt ish mumkin: bola ularningnomini aytmasdan, idrok etish darajasida solishtiradi. «Juftini topish», o’yini bunga misol bo’ladi.
Har bir bolaning oldida doira, kvadrat va bsshburchak (yulduz) Tasviri bo’lgan uchta kartochka yotadi. Tasvirlar applikatsiya usulida bajarilgan, rangi va o’lchamiga ko’ra bir xil. Ularning faqat bitta (farqlanadigan xususiyati — shakli bor. Pedagog namuna kartochkasini ko’rsatadi, bolalar esa xuddi shunaqasini topib, uni ko’rsatadilar. Namuna sifatida, agar ko’rsatish yaqindan bo’lsa, xuddi bolalardagi kabi o’lchami bo’lgan kartochkalar ishlatiladi. Agar pedagog (tarbiyachi) devor yonida turib namunalarni ko’rsatsa, namunalar yirikroq bo’lishi kerak. Bolalar «juft bo’lgan» rasmni topib ko’rsatadilar, psdagog rbiyachi) esa yakun yasab ko’rsatadi: «To’g’ri, rasmlar bir xil. Bu erda ra chizilgan, bu erda ham doira bor».
SHuningdek, aqliy qoloq bolalarni hajmli va yassi figuralarni solishtirishga o’rgatish muhim. eng sodda etalon shakllardan boshlanadi. SHar va kub, doira va kvadrat. Darhol «shar» va «kub» (sharcha va kubik) nomlari kiritiladi. Bu bosqichda doira va kvadrat kabi yassi larni bolalar hajmli predmetlarning tasviri sifatida, shar va deb atashlari mumkin. Hajmli va yassi shakllarni solishtirish o’yinlari shakllarni farqlash, predmetni tasvirida tanib olish, solishtirish ishorasini ishlatish (bu —kubik, bunisi ham kubik), hajmli shakl yoniga yassi shaklni qo’yish, ichidan tanlash, shakllarning nomini aytish kabilarni o’rgatishga qaratilgan. Masalan: har bir bolaning oldida stolda bir rangdagi va kattaliqdagi sharcha va kubik shuningdek, (xuddi shu rangli va o’lchamli) kubiklar va sharchalar tasviri bo’lgan to’rtta rasm yotadi. Rasmlar tasviri pastga qilib qo’yilgan. Pedagog tarbiyachi) bolalarga bitta rasmni olib, uni tegishli predmet qo’yishni taklif qiladi («O’ylab ko’ring, bu rasmni qaerga qo’yish, kerak? Quying»). Qo’yishda xato bo’lganda pedagog bolaning diqqatini qismga tortadi: «Qara, nima chizilgan? To’g’ri, sharcha. Bu erda sharcha qani? Ko’rsat. To’g’ri. SHarchani qaerga qo’yish kerak? endi ko’rsat». Ksyingi kartochkani bola mustaqil ko’rsatishi kerak. Ishora bilan solishtiradi, qo’yadi, nomini aytadi.
Ushbu o’yinlarni o’tkazganda pedagog (tarbiyachi) bolaga yordam beradi, uning o’zini xatoni tuzatishga jalb etadi. Bu bolalarni nafaqat tanlov sharoitida shakllarni solishtirish vazifasini mustaqil hal etishga o’rgatishi, balki bu solishtirishning zarur usullarini egallashiga imkon beradi. Pedagog (tarbiyachi, ota-ona) faqat ularning harakatlarini yo’naltiradi.
Bu o’yin-mashqlarni o’tkazish davomida keng tarqalgan xatolardan biri quyidagicha: pedagog (tarbiyachi, ota-ona) boshidanoq topshiriqni echimi tayyor holda berilgan shaklda ifodalaydi: «Kubikni kubik yoniga, sharchani sharchaning yoniga qo’yib ko’rsat». Bu holda shaklni predmetlar solishtiriladigan belgi sifatida ajratish vazifasi yo’qoladi va pedagog (tarbiyachi, ota-ona) bevosita ko’rsatmaganda, bola ushbu predmetlarning shakliga e`tibor berish-bermasligi noaniqbo’lib qoladi. SHu bilan birga, konstruktsiya yasash uchun bola predmetda shaklni ajratishi, uni mustaqil kura olishi, boshqa xususiyatlardan ajratishi lozim.
«Bu erga nima mos keladi?», «Juftini topish» kabi identifi- katsiya o’yinlari ta`lim davomida turli-tuman bo’lishi mumkin. Ta`limning birinchi yilidayoqjuda ko’p boshqa shakllarni, masalan, uchburchak, avval, to’g’ri to’rt burchaklarni o’yinga kiritish mumkin. Bunda bolalar ushbu shakllarning nomlarini bilish-bilmasligiga e`tibor berish shart emas. Ulardan nomlarini talab kdttmaslik mumkin, lekin bolalar shu nomlarni eshitadigan qilib aytish lozim bo’ladi. Kerakli nomlarni eslab qolish uchun bola ularni eshitib turishi kerak, boshqa mashg’ulotlarda esa uning bunday imkoni bo’yamaydi. «Parallelepiped», «uchburchakli prizma», «ovoid» kabi nomlarni berish uchun esa shunday yo’l tutish mumkin — «bolalarga yaqinroq» nomlarni berish, masalan, «quticha», «qopqoqcha», «bodring», ya`ni moddiy etalonsimon namunalar nomlaridan foydalanish mumkin. Bu me`yoriy rivojlanayotgan bolalarning ma`lum davriga ham xos bo’ladi, lekin bu davr ta`lim hamda etalon shakllarning nomlarini eslab qolish orqali tez o’tib ketadi.
Real predmetlarni etalon shakllarga solipggirish o’yinlari va mashqlari alohida guruhni tashkil etadi. Avval namunalar sifatida qismli figuralar, keyin yassi (konturli) figuralar ishlatiladi. Bolalar berilgan namunaga qarab «shar, tuxum, quticha»ga o’xshash o’yinchoqlarni tanlaydilar. Namuna sifatvda asta-sekin «bodring» kabi shakllarini ham kiritib, bolalarning dikkatini dumaloq shakllarning ba`zi xususiyatlariga qaratish mumkin.
Bolalar namunaga qarab shaklini tanlashga o’rganganda ularni ikki namunaga qarab eng oddiy guruhlash bilan tanishtirish mumkin. Predmetlar yoki figuralarning eng elementar guruhlanishi ham bolalarning shaklga e`tibor berishini ancha takomillashtiradi, idrok etish va tafakkur rivojlanishiga yordam beradi.
Masalan, ta`limning birinchi yilidayoq bolalarni predmetlarni ikki namunaga qarab guruhlash bilan tanishtirish mumkin, ular farqlovchi belgini mustaqil ajratishlari va bu predmetlarning funktsional maqsadiga e`tibor bermasliklari kerak bo’ladi. Buni muayyan misolida ko’rib chiqamiz.
Mashg’ulotning maqsadi — bolalarni ikki namunaga qarab predmetlarning shakliga ko’ra guruhlash bilan predmetlarning emstsional maqsadidan qat’i nazar tanishtirish (dumaloq va burchakli) iborat.
Buning uchun ataylab predmetlarning ikkita guruhi tanlanadi: dumaloq, «sharga o’xshash» va burchakli, gugurt qutiga o’xshash predmetlar. Namunalar ham ataylab tayyorlanadi: ular ham hajmli, ham yassi turda berilishi mumkin. Bolalarga o’yin vazifasi qo’yiladi: ikkita stulga (usullarning har birida bitta namuna yotibdi) bir qutichaga taxlangan yoki stulda yotgan predmetlarni qo’yib chiqish. Pedagog (tarbiyachi, ota-ona) vazifani taxminan shunday ifodalaydi: «Keling, o’ynaymiz. endi sgulga mana bu rasmga mos keladigan o’yinchoqlarni qo’yish kerak». Bolalar navbati bilan o’yinchoqlar turgan stol yoki quti yoniga kelib, bir nechta o’yinchoqlarni oladilar, ularni tegishli joylarga qo’yib chiqadilar. Agar bolalardan birortasi predmetlar qaysi belgisiga kura guruhlanishini anglab etsa («Bularning hammasi dumaloq!»), uni mukofotlash kerak, lekin buni imkoni boricha sekin, boshqa boshqa bolalarga tayyor javobni bildirmagan holda amalga oshirish lozim, chunki ular o’ylab ko’rib, bu belgini mustaqil ajrata olishi zarur.
Ayni paytla konstruktsiyalar yaratish davomida muomala qilishlari kerak bo’lgan qurilish to’plamlarining elementlari bilan bolalarni tanishtirish boshlanadi. Avval bolalarga elementlar nomlari berirlmaydi pedagog (tarbiyachi, ota-ona) ularni aytib tursa ham, Bolalar namunaning shakli, kattaligiga qarab juftini tanlashni o’rganadilar. Ishlarni yassi shakllar bilan ishlagandek tashkil etish krak. Tanlash uchun berilgan figuralar miqdorini oshirib, figuralar to’plamini o’zgartirib turish mumkin. Masalan, uchburchakli prizmani chursatib, pedagog (tarbiyachi, ota-ona) bolalarga murojaat qiladi: «O’zingizda shunday figurani toping. To’g’ri, qarang, ular bir xil. Menda xuddi sizlardagidek figura bor. Ravshan, o’z figurangni ko’rsat. Bolalar, qarang, u to’g’ri tanladimi? Ular o’xshaydimi? Yo’q, o’xshamaydi, ular har xil. Xo’sh, ularni solishtirib, qara. Bir xilmi? Ha, endi to’g’ri».
Bolalarni qurilish to’plamlarining elementlarini tanib olish hamda ularni grafik tasviriga muvofiq tanlab olishga o’rgatish jarayontsda maxsus o’yinlardan foydalanish mumkin. Buning uchun ikkita tasvir turi tayyorlanadi; uchta va ikkita o’lchovda tayyorlangan, birinchi holatida bu hajmlar bo’lib, fazoning chuqurligi ko’rinadi, ikkinchisida yassi tasvirlar, u erda fazo chuqurligi yo’q (bolalar rasmi uchun xos bo’ladi). CHizma namunasi ko’rsatilganda bolalar boshqa belgilari — rangi va kattaligiga e`tibor bermagan holda kerakli figuralarni tanlaydilar.
Bolalar dasturda ko’rsatilgan figuralar nomlarini eslab qolishlari uchun figuralarning nomini atash o’yinlarini ham ko’zda tutish kerak. Bu o’yinlar davomida bolalar figuralarni nomiga ko’ra ko’rsatadilar, bir-birlariga ma`lum figurani berishni so’rab murojaat qilalilar (faol nomini aytishni mashq qilish uchun), ularni ushlab, tanib olib, nomini aytadilar va hokazo.
Kattaligi yuzasidan munosabatlar bilan tanishish o’yinlari, shakl bilan tanishish o’yinlari kabi nafaqat konstruktsiyalar yaratishda, balki elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarda ham o’tkaziladi, shuning uchun bu yo’nalishdagi barcha ishlarni munofiqlashtirish kerak. Bolalarda predmetning kattaligi kabi belgisi haqidagi tasavvurni shakllantirganda u shakl kabi doimiy xususiyagi emas, balki qaralayotgan sharoitlarga bog’liq holda o’zgaradigan bslgi bo’lib, nisbiy belgi ekanligini unutmaslik lozim. SHuning uchun bolalarni faqat kattaliklarni baholash emas, balki predmetlarni solishtirishga o’rgatish, ya’ni ularda kattalikning nisbiy ekanliga hakdtsagi tasavvurni shakllantirish kerak.
Predmetning kattaligiga bolaning e`tiborini tortish uchun shu belgi bo’yicha taqqoslash o’yinini kiritish lozim. Namunaga qarab ob`ekglarni kattaligiga qarab tanlash o’yinlari o’tkaziladi. Avval agaylab tanlangan bir xil predmetlarda, masalan, bir rangdagi sharlar, mashinalar, qo’g’irchoqlar va hokazolarda tanlash o’tkaziladi. Tanlashning asosiy sharti — yagona farqlovchi belgisi kattaligi bo’lgan predmetlarning bo’lishidir. Keyin bunday o’yinlar qurilish to’plamlarining elementlaridan foydalanib o’tkaziladi. Bolalarga, masalan, 3—4 ta bir xil rangli qalin tayoqchalardan uzunligi namunaga teng bo’lgan tayoqchani tanlash topshirig’i beriladi. Bunday turdagi mashqlar bolalarda shu belgiga e`tibor berishni rivojlantiradi hamda uzunlikni katgalikning bir turi sifatida idrok etishning aniqpigini hosil qiladi. Tanlash doimo namuna-tayoqchani bolaning qator ichida tanlab olgan tayoqchaga qo’yib solishtirish bilan tekshiriladi. Bola tayoqchalarni bir-birining yoniga (ustiga) qo’yib solishtiradi, ya`ni predmetlarni solishtirishning amaliy usullarini egallavdi. Tanishish o’yinlari davomida bolalarning e`tibori nafaqat predmet uzunligi, balki xdjmi, eni, balandligiga ham tortiladi. Barcha holatlarda albatta tanlashning to’g’ri bo’lganligi amalda tekshiriladi.
Predmetlarni kattaligiga ko’ra farqlash, solishtirish yuzasidan o’yinlar yassi materiallarda ham o’tkaziladi (yaxshisi konturli materiallarda). Namunaga ko’ra tanlash o’yinlari, shuningdsk, engsodtsa Guruhlashlar o’tkaziladi. Predmetlarni, qurilish to’plamlarining elementlarini, yassi tasvirlarni solishtirib, bolalar ayni paytda merakli nugq materiallari bilan ham tanishib boradilar. Ular qurilish To’plamlarining tarkibiga kiruvchi figuralarning nomlarini eslab, Mustahkamlaydilar, solishtirish, eng avvalo, amaliy solishtirish usullarini o’rganish esa katgaligiga ko’ra munosabatlarni aks etgiruvchi earuriy so’zlarni o’zlashtirish imkonini beradi: «uzunroq — qisqaroq», «balandroq — pastroq», «kattaroq — kichikroq».
Agar bolalarning e`tibori ularning nutqida predmetlarning kattaligiga ko’ra nisbatlarini aniq aks ettirishga tortilmaydigan bo’lsa, to maktabgacha tarbiya davri tugaguncha aqliy qolok, bolalar faqat «katta», «kichik» so’zlaridangina foydalanib kelishi qayd etilgan. Kattaliklarni aks ettiruvchi boshqa so’zlar, shuningdek, kattaligiga ko’ra nisbatini aks ettiruvchi so’zlar ular tomonidan deyarli qo’llanilmaydi.
Aqliy rivojlanishida muammolari bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni ob`ektlarning kattaligiga e`tibor berishga o’rgatish uchun ularga ushbu belgining nisbiy bo’lishini ko’rsatish juda muhimdir. SHuning uchun bolalarga katgaliklarning nisbiy bo’lishini namoyish etib, ularni shunga ishontiradigan maxsus mashqlarni o’gkazish kerak bo’ladi. Masalan, bola juft predmetlarning o’zgarishi, bitta juftdagi kattaroq bo’lgan predmet boshkd jufgda kichikroq predmetga aylanishini kuzatib turadi.
Intellekt buzilishlariga uchragan bolalarda katgalikning nisbiy ekanligi haqidagi tasavvur juda qiyinchilik bilan shakllantiriladi. Lekin uni shakllantirish juda zarur, chunki konstruktsiyalar yaratish jarayonida bolalar tomonidan proportsional munosabatlarga e`tibor bermaslik, ko’pincha, topshiriqlarni bajarmaslikka olib keladi. Aqliy qoloq bolalar go’yoki guruhdagi turli predmetlarga «yorliq yopishtirish»ini kuzatish mumkin. Ular, deylik, faqat jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida ishlatiladigan koptoklarni va ularda «katta» deb aytiladigan koptoklarni katga koptok deb hisoblaydilar. Ushbu koptoklardan biri bolalarga undan yirikroq koptok bilan birga juft qilib ko’rsatilganda, u, «ularning» koptogi baribir katta, deb ta`kidlashda davom etar edi (bolalarning bir qismi ikkala koptok katta ekanligiga rozi bo’lishadi, bir qismi esa o’lchami kattaroq bo’lgan koptok haqida hech narsa deya olmaydi). Tennis koptoklarini — katga tennis va stol tennisi uchun koptoklarni ular doim kichik, deb atashda davom etar edi va unga: «Koptoklardan qaysi biri katgaroq?» — deb bsrilgan savolni umuman tushunmadi. «Katta», «kichik» so’zlari bolalarda ma`lum predmetlarda, go’yoki mustahkamlangan belgi, ya`ni ushbu predmetlarning doimiy belgisining ifodalovchilariga xos belgisi tushuniladi.
SHunday qilib, ushbu yo’nalishda predmetlarning doimiy va nisbiy xususiyatlarini tegishlicha to’g’ri idrok etilishini ta`minlaydigan uslubiy metodik ishlar kerak bo’ladi.
Fazoviy munosabatlar bilan tanishish o’yinlari. Aqliy qoloq bolada predmetlarning fazoda joylashuvi, fazoviy munosabatlarning o’zgarunchanligi to’g’risidagi tasavvurning shakllanishi o’ziga xos buzilishlarni engib o’tish ishlari bilan, ularda, eng avvalo, o’zining fazodagi joylashuvini anglab etishni shakllantirish bilan bog’liq bo’ladi. Ma`lumki, bola avval butun fazoni o’zining tanasiga nisbatan, o’ziga nisbatan «tashkil etadi». SHuning uchun ta`limning birinchi bosqichida bolaning guruh xonasida, zinada, uchastkada ataylab harakatlanish bo’yicha maxsus mashqlarni o’tkazish foydali bo’ladi.
Bolalar predmetlarning joylashuviga e`tibor berish, ularga iisbatan «bu (chap) tomondan» va «boshqa (o’ng) tomondan joylashgan predmetlarni sanab o’tishga o’rganadilar. Mazkur bosqichda bolalardai o’ng va chap qo’l nomini aytib ko’rsatishni, faol nutqida «yuqorida» va «pastda» so’zlaridan foydalanishni talab etish hali zarur bo’lmasa-da, shunga qaramay, ular doimo katga yoshli kishidan atrof-olamning ushbu o’ziga xos, alohida bir jihatini aks ettiruvchi so’zlarii eshitib turishlari kerak.
Deyarli shu vaqtning o’zida bolalar ikki va undan ortiq predmetlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi (gorizont chizig’i bo’yicha joylashuvi) bilan tanishadilar. Ushbu maqsadda dasturda predmetsiz konstruktsiyalar yaratish kabi ishlar shakllari ko’zda chugilgan.
U aqliy qoloq bolalarning sensor tarbiyalanishi bo’yicha ishlarni kuchaytirish uchun dasturga kiritilgan bo’lib, ularni predmetlar o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni idrok etish — qayta ko’rsatish ikkalakasiga o’rgatishga qaratilgan. Predmetsiz konstruktsiyalar yaratish bu mashg’ulot mashqlari bo’lib, bolanshg e`tiborini predmetlarning fozoda joylashuvining o’zgaruvchanligi, nisbiyligiga tortish lozim. Ushbu mashqlar davomida bolalar fazoviy munosabatlarni qabul qilishga, predmetlarning fazodagi ko’chishi, harakatlanishini sezishga, shuningdek, o’zgarayotgan fazo munosabatlarini aniq takrorlashga o’rganadilar. Avval bolalar pedagog (tarbiyachi, ota-ona) ga taqlid qilib, keyin namunaga qarab harakat qiladi, bunda barcha ko’chishlar va harakatlar ekran ortida, ya`ni bolaning nigohi tushmagan paytda sodir bo’ladi, keyingi ta`lim yillari esa, so’zli yo’l-yo’riqlar asosida amalga oshiriladi.
Predmetsiz konstruktsiyalar yaratish bo’yicha bir nechta mashklarni ko’rib chiqamiz. Bunday mashqlar uchun avval bir nechta qurilish materiallari (3—4 ta element), masalan, yarim sfera, qalin tayoqcha, konus, kubik olinadi (1- rasm). Ushbu elementlar mutlaqo ixtiyoriy turlicha birikmalarni hosil qilishi mumkin. Har bir bolada xuddi shunday figuralardan iborat bo’lgan to’plam bo’ladi



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin