O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə23/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
«Ombur» rasmi

Farzandingizga ombur — bu mixni sug’urib olishda ishlatiladigan asbob ekanligini, unda kalta, uchlari qayrilgan chetlari bo’lib, ular mixni qisib olishini, quyiroqda esa asbobning ikkita qismini birlashtirib turadigan mixcha borligini, undan keyingi ikkita dastaklari ham metalldan yasalganligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq omburni ko’rsating. U esa omburni qayrilgan uchidan boshlab kuzatsin va dastagining yuqorisidan pastigacha qo’lini yurgizib chiqsin. Bunda uning qo’lini simmetrik tarzda o’rtasidan uchlarigacha olib boring.
Omburni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying, qo’lini simmetrik tarzda yuqorisidan pastigacha yurgizib chiqsin va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — omburning o’rta qismi. Uning yuqori qismidagi uchi qayrilgan, undan pastda esa bu uchlarni birlash- tiradigan mixcha bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz. «Bolg’a» rasmi
Farzandingizga bolg’a — bu mixni qoqishda ishlatiladigan asbob ekanligini, unda uzunligi 25 sm li yog’och dasta va mixni qoqadigan qelin, og’ir temir bo’lagi borligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy bolg’ani ko’rsating. U esa bolg’ani uchidagi temir bo’lagidan boshlab kuzatsin va dastagining yuqorisidan pastiga qo’lini yurgizib chiqsin. Bunda uning qo’lini simmetrik tarzda bolg’aning uchidan pastigacha olib boring.
Bolg’ani kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng qo’lini bo’rtma manzara ustiga qo’ying, chap qo’lini yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — bolg’aning boshi, undan pastdagi esa dastagi. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Belkurak» rasmi

Farzandingizga belkurak — bu er qazishda ishlatiladigan asbob ekanligini, unda uzunligi taxminan 120 sm li yog’och dasta va erga Kirgiziladigan pastki yoysimon, katta va keng temir parchasi borlig’ini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy belkurakni ko’rsating. U esa belkurakni ;idagi temir parchasidan boshlab kuzatsin va dastagining yuqori- pastigacha qo’lini yurgizib chiqsin. Bunda uning qo’lini simmetrik zda belkurakning uchidan pastigacha olib boring.
Belkurakni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini 'Ib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng qo’lini manzara ustiga qo’ying, chap qo’lini yurgizing va u butun yumni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan shzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu —kurakning temir uchi, undan pastdagi esa dastagi. endi esa rasmga .ftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb rasiz.

  1. «Panshaxa» rasmi

Farzandingizga panshaxa — bu katta pichan uyumini ko’tarib olib Tashish uchun ishlatiladigan asbob ekanligini, unda uzunligi taxminan 120 sm li yog’och dasta bedani olishga xizmat qilishi, to’rtga uchli ka gga temir shoxchasi borligini, odamlar uni pichangatiqib, uni kerakln srga ko’chirishini gapirib bering. Farzandingizga tabiiy panshaxani ko’rsating. U esa panshaxani uchidagi to’rtga temir uchidan boshlab kuzatsin va dastagining yuqorisidan pastigacha qo’lini yurgizib chiqsin. Bunda uning ko’lini simmetrik tarzda panshaxaning yuqorisidan pastki qismigacha olib boring.
Panshaxani kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng qo’lini bo’rtma manzaraning ustiga qo’yib, o’ngdan chapga qo’lini yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu to’rtta uchli panshaxaning temir boshi, undan pastdaga esa dastash. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Xaskash» rasmi

Farzandingizga xaskash — bu bog’dagi quruq barglarni yoki tomorqadagi ekinlar qoldiqlarini to’plash uchun ishlatiladigan asbob ekanligini, unda hovlidagi yirik chiqindi uyumini ham olib tashlash mumkinligini, uzunligi taxminan 120 sm li yog’och dastasi va katta, keng, bir nechta tishli temir tarog’i bo’lib, odamlar undan quruq o’tlar, barglar va boshqa chiqindilarni bir joyga to’plashda foydalanishlari haqida gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy xaskashni ko’rsating. U esa xaskashni uchidagi temir qismidan ehtiyot bo’lib kuzatsin va dastagining yuqorisidan pastigacha qo’lini yurgazib chiqsin. Bunda uning qo’lini simmetrik tarzda xaskashning uchidan pastigacha olib boring.
Xaskashni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng qo’lini bo’rtma manzaraning ustiga qo’ying, qo’lini o’ngdan chapga yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — temir taroq, uning tishlari ko’p, undan pastdagi esa dastagi. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Dazmol» rasmi

Farzandingizga dazmol — bu ko’ylak va boshqa kiyimlarni tekislash uchun ishlatiladigan asbob ekanligini, uning katta temir qismi va plastmassa dastagidan iboratligini hamda u elektr toki bilan ishlashini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy dazmolni ko’rsating. U esa dazmolii tsmir qismidan kuzatsin vatagi qanchalik silliqligini ko’rsin. So’ngra dastagini ko’rib chiqsin. Bunda uning qo’lini simmetrik tarzda dazmolning o’tkir uchidan oxirigacha olib boring. Unga dazmolning simi va uni tok manbaiga ulaydigan vilkasini ko’rsating.
Dazmolni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng qo’lini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va o’ngdan chapga qo’lini yurgizing, u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — dazmolning temir qismi, undan teparoqda dastagi. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. « CHelak» rasmi

Farzandingizga chelak — bu suvni saqpash ski tashish uchun ishlatiladigan idish ekanligini, u ruxlangan metalldal yoki plast- massadan yasalishini, uning dastagi bo’lib, u chelak quloqlariga birikgirilganligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy chelakni ko’rsating. U esa chelakni dasta- gvdan boshlab kuzatsin va har ikkala qo’lini chelakning tashqi yuzasidan simmetrik tarzda yurgizib, chelakning yuzasi pastga tomon qisqarib borishini ko’rsin. So’ngra uning qo’lini chelakning ichki yuzasidan ham yurgizing.
CHelakni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng qo’lini bo’rtma manzaraning ustiga qo’ying, yuqoridan pastga qo’lini yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unsh: «Mana bu — chelakning dastagi, u chelakdagi quloqchalarga ulangan. Bu esa chelakning tashqi tomoni. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Ko’ng’iroqli soat» rasmi

Farzandingizga qo’ng’iroqli soat — odamlarni o’z vaqtida uyg’o- tishi uchun xizmat qilishini, uning plastmassa yoki temir korpusi, uning ichida esa soat mexanizmlari borligini, bu mexanizm old tomondan plastina bilan qoplangan bo’lib, unda raqamlar tasvirlan- ganligini va unda ikkita mil borligi, plastina millarga zarar etmaslik uchun shaffof oyna bilan berkitilganligini, kornus orqasida millarni to’g’rilash va soatni yurgizishda ishlatilaligan murvatlar borligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy qo’ng’iroqli soatni ko’rsating. U qo’ng’i- roqli soatni simmetrik tarzda, bir vaqtning o’zida ikkita qo’li bilan kuzatsin. Uning har ikkala qo’lini soatning tashqi yuzasidan yurgazib, tugmachalarini qo’rsating. So’ngra oynasini ko’rsatib, uning tagida raqamlar va millar yozilgan tsiferblat borligini takrorlang. (Agar uyingizda buzilgan soat bo’lsa, millarning o’zini ko’rsating.) SHuningdek, soatning orqa qismidagi millarni yurgizadigan va aylantiradigan murvatini ham ko’rsating.
Qo’ng’iroqli soatni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzaraning ustiga qo’ying, yuqoridan pastga qo’lini yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — qo’ng’iroqli soat tugmachasi, uning atro- fvdagi — soatning korpusi. Doiranish' chetlarida chiziqchalar bor. Ba`zan tsiferblatda raqamlar o’rniga uzun chiziqchalar chiziladi. TSiferblat o’rtasidan millar chiqadi. Ulardoira bo’ylab harakatlanib, vaqtni ko’rsatib turadi. Pasgida esa soat korpusi turadigan oyoqchalari bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb gurasiz.

  1. «G’ildirak» rasmi

Farzandingizga tildirak — bu mashinalar, tirkama aravalar, velosipedlar va bolalar aravachasi uchun juda zarur qism ekanligini, har bir mexanizmning har xil o’lchamdagi va qalinlikdagi g’ildirak- lari bo’lishyni gapirib bering. SHuningdek, velosiped g’ildiragi aylanasi ichida ingichka metall kegaylar, yog’och aravada qalin kegaylar, mashinada esa disklar borligini hamda g’ildiraklarning aksariyati o’xshash bo’lishini aytib bering.
Farzandingizga velosiped g’ildiragini ko’rsating. U g’ildirakni simmetrik tarzda, bir vaqtning o’zida ikkita qo’li bilan kuzatsin va uning aylana shaklida ekanligiga ishonch hosil qilsin. Velosiped aylanasi ichidagi kichkina doiraga mustahkamlanadigan kegaylarni ham ushlab ko’rsin.
Velosiped g’ildiragini kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzaraning ustiga qo’ying, yuqoridan pastga qo’lini yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan g’ildirakni o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — aylana, bular esa kegaylar, ular aylana
ichidagi kichik doiraga mustahkamlangan. endi esarasmga kaftlarpsh va barmoqparing bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. « Oshxona jihozlari» rasmi

Farzandingizga oshxona jihozlari ovqatlanishimizni oson- lashtirish uchun xizmat qilishini gapirib bering.
Farzandingizga pichoq, qoshiq va sanchqini ko’rsating. U bu jihozlarni ehtiyotkorlik bilan, uchidan dastagigacha kuzatsin.
Bu jihozlarni kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma man- zarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzaraning ustiga qo’ying, har bir jihozning yuqorisidan pastiga tomon qo’lini yurgizing va u barcha rasmlarni to’lig’icha his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan jihozni o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — pichoq dastagi, bu esa uning tig’i, mana bular esa qoshiq va uning dastagi. Anovi esa sanchqining dastagi va o’tkir uchlari. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Qaychi» rasmi

Farzandingizga qaychi — bu mato, qog’oz, karton va boshqa yupqa narsalarni kesish uchun xizmat qiladigan asbob ekanligini, u metalddan yasalib, ikkita bir xil qismdan iboratligini va ular o’rtasidan kichik , murvatcha bilan birlashtirilganligini, qaychiningdastaklariyumaloq bo’lib, unga bosh va ko’rsatkich barmoqpar tiqilishini hamda «Ikki uchi, ikki uzugi, o’rtasida esa mixchasi bor. U nima?» degan topishmoq ham borlishni gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy qaychini ko’rsating. U qaychini ehtiyot- korlik bilan ikki uchidan boshlab, yuqoridan pastga qarab kuzatsin. Uning qo’lini simmetrik tarzda yuqoridan pastga qarab yurgizing. SHuningdek, qaychidan barmoqlar qanday o’tkazilishini va uni qanday ishlatishni ko’rsating.
Kdychini kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandinshzning o’ng kaftini bo’rtma manzaraning ustiga qo’ying, yuqoridan pastga qo’lini yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqyaari bilan manzarani o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bular — qaychining o’tkir temir tig’lari, ular bilan mato kesiladi. Mana bu esa qaychining ikkala yarmini birlashtirib turadigan murvatcha. Undan quyiroqtsa qaychi dastaklari bo’lib, ularning uchida bitta/1an g aylanasi bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bila»I yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin